{"id":15804,"date":"2022-01-26T14:48:11","date_gmt":"2022-01-26T11:48:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15804"},"modified":"2022-01-26T14:48:13","modified_gmt":"2022-01-26T11:48:13","slug":"begona-otlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/begona-otlar\/","title":{"rendered":"BEGONA O&#8217;TLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BEGONA O&#8217;TLAR, begona o&#8217;simliklar \u2014 odamlar ekmaydigan, ammo ekinlar orasida o&#8217;sib, ularga zarar yetkazadigan, ma&#8217;lum bir maydonda o&#8217;sishi maqsadga muvofiq bo&#8217;lmagan o&#8217;simliklar. Begona o&#8217;tlar madaniy o&#8217;simliklar hosilini kamaytirib, qishloq xo\u2019jaligiga katta zarar yetkazadi. Jahon miqyosida Begona o&#8217;tlar tufayli hosil nobudgarchiligi 20 milliard dollarni yoki umumiy hosilning 14,5% ni, O&#8217;zbekistonda paxta va boshqa ekinlar hosilining 15 \u2014 20% ni tashkil etadi. Begona o&#8217;tlar kuchli rivojlangan ildiz sistemasi bilan madaniy o&#8217;simliklarga nisbatan tuproqdagi oziq modda va namlikdan ko&#8217;proq foydalanadi, ularning rivojlanishi hamda yuqori hosil to&#8217;plashiga to&#8217;sqinlik qiladi. Masalan, yaxshi rivojlangan bir tup g&#8217;umay tuproqda 3 \u2014 4 metr kvadrat maydonni egallashi mumkin. Parazit Begona o&#8217;tlar (zarpechak, shumg&#8217;iya) o&#8217;ta xavfli bo&#8217;lib, oziq moddalarni bevosita madaniy o&#8217;simlikning o&#8217;zidan so&#8217;radi va ularni nobud qiladi. Begona o&#8217;tlarning bir necha ming turi ma&#8217;lum. O&#8217;zbekistonda sug&#8217;oriladigan dehqonchilik hududida 269 ga yaqin turi uchraydi, jumladan, bir yillik Begona o&#8217;tlardan qorakurmak, itqo&#8217;noq, sho&#8217;ra, olabuta, ituzum, semizo&#8217;t, eshaksho&#8217;ra hamda ko&#8217;p yilliklardan g&#8217;umay, ajriq, qo&#8217;ypechak, salomalaykum va boshqa ekinlarga zarar yetkazadi. Hayot tarzi va yer osti vegetativ organlarining tuzilishiga ko&#8217;ra bir, ikki va ko&#8217;p yillik Begona o&#8217;tlarga bo&#8217;linadi. Bir yillik Begona o&#8217;tlar hayotida bir martagina meva, urug&#8217; berib, ularning rivojlanishi bir yoki ikki vegetatsion mavsum davom etadi, xolos. Ularning ildizi yerning yuza qatlamlaridagina rivojlanadi. Ko&#8217;pchiligi urug&#8217; yordamida ko&#8217;payadi (faqat zarpechak bundan mustasno). Bu guruhga 3 tipdagi Begona o&#8217;tlar kiradi. Efemerlar \u2014 umri yozgi qurg&#8217;oqchilik boshlanishi bilan tugaydigan, tez va qisqa rivojlanish tsikliga ega bo&#8217;lgan bir yillik Begona o&#8217;tlar. Bularning kuzgi va bahorgi formalari (yovvoyi bug&#8217;doyiq. yaltirbosh va boshqalar) mavjud. Efemerlar, asosan lalmikor ekinzorlarda tarqalgan. Uzoq o&#8217;sish tsikliga ega bir yillik Begona o&#8217;tlar efemerlardan farq qilib, rivojlanish tsikli uzoqroq davom etadi va odatda, kuzda tugaydi. Ba&#8217;zi turlari (bahorgi formalar) rivojlanishi erta bahorda, kunlar isishi bilan boshlanadi (masalan, zarpechak, tuyaqorin va boshqalar). Biroq ko&#8217;pchilik turlari kuzgi formaga mansub. Ikki yillik Begona o&#8217;tlar hayotining birinchi yilida to&#8217;pbarg hosil qilib, shu holda qishlaydi. Ikkinchi yili esa poyasi rivojlanadi, meva tugadi va nobud bo&#8217;ladi (masalan, ko&#8217;ztikan, shaytonkelmas, moxobel va boshqalar). Ularni yo&#8217;qotish uchui ko&#8217;p kuch va mablag&#8217; sarflanadi. Ko&#8217;p yillik Begona o&#8217;tlar hayotida bir necha marta gullab, urug&#8217;laydi. Ular yer osti organlari bilan ham ko&#8217;paya oladi. Yer osti organlarining tuzilishi va ko&#8217;rinishiga qarab ko&#8217;p yillik Begona o&#8217;tlarni bir necha tiplarga bo&#8217;lish mumkin. O&#8217;q ildizli Begona o&#8217;tlar asosiy ildiz va undan chiqadigan ko&#8217;plab mayda ildizchalar hamda ildiz tukchalariga ega (masalan, zubturum, sachratqi va boshqalar). Bu o&#8217;simliklar vegetativ yo&#8217;l bilan ko&#8217;paymaydi. Popuk ildizli Begona o&#8217;tlarning mayda ildizlari kuchli rivojlangan bo&#8217;ladi (zubturum). Ildiz bachkililarning ildizi juda rivojlangan bo&#8217;lib, yerga chuqur o&#8217;sib kiradi, ularning ildiz kurtaklaridan rivojlanadigan bachkilari bor. Bachkilar ba&#8217;zi o&#8217;simliklarning asosiy ildizida, ayrimlarining butun ildiz tizimi bo&#8217;ylab (bo&#8217;ztikan) yoki maxsus ko&#8217;payish ildizlarida (yantoq, oqbosh, jinchak va boshqalar) hosil bo&#8217;ladi. Bunday Begona o&#8217;tlar o&#8217;ta yashovchanligi bilan boshqalaridan farqqiladi. Ildizpoyali Begona o&#8217;tlarning gorizontal sudralib o&#8217;suvchi, erga uncha chuqur kirmagan yer osti poya \u2014 ildizpoyasi bor: bular ba&#8217;zilarida kalta (g&#8217;umay), ayrimlarida esa uzun (ajriq, bug&#8217;doyiq). Namlangan tuproqqa tushgan ildizpoya bo&#8217;laklari tez va oson o&#8217;sish xususiyatigaega. Ildizmevali Begona o&#8217;tlarning yer osti piyozi yoki tuganaklari bo&#8217;ladi (yovvoyi piyoz, lola va boshqalar). Asosan, urug&#8217; bilan, shuningdek tuganak yoki piyoz yordamida ko&#8217;payadi. Chimsimon ildizli Begona o&#8217;tlar popuk ildizli bo&#8217;lib, bularning yer ustki organlari yil sayin o&#8217;sib, chim hosil qiladi. Bunday Begona o&#8217;tlar vegetativ ko&#8217;payish xususiyatiga ega emas (savag&#8217;ich va boshqalar). Begona o&#8217;tlar O&#8217;zbekistonda sug&#8217;oriladigan dehqonchilik hududlarida ko&#8217;p uchraydigan begona o&#8217;tlar ularning yana boshqa tasniflari ham mavjud. Begona o&#8217;tlarga qarshi kurashda mexanik, agrotexnik va kimyoviy usullaridan foydalaniladi. Samarali kurash olib borish uchun ularning hayot tarzi, ayniqsa, ko&#8217;pgina Begona o&#8217;tlar qo&#8217;shimcha ko&#8217;payish organi bo&#8217;lgan ildiz tuzilishini bilish muhim ahamiyatga ega. Qarshi kurashda qo&#8217;llaniladigan barcha chora-tadbirlar ma&#8217;lum daladagi Begona o&#8217;tlar biologiyasini tahlil qilishdan kelib chiqishi kerak. Har bir dala uchun unda o&#8217;sayotgan Begona o&#8217;tlarga xos qarshi kurash choralari tizimi ishlab chiqiladi. Tanlangan usulda agrotexnik va kimyoviy choralar, shuningdek urug&#8217;lik materiallarning tozaligi hamda karantin tadbirlar e&#8217;tiborga olinadi. Muhim agrotexnik tadbirlardan biri yerni 30 \u2014 40 santimetr chuqurlikda ko&#8217;sh yarusli pluglar bilan haydashdir. Yerni chuqur ag&#8217;darish Begona o&#8217;tlar urug&#8217;i va ildizpoya bo&#8217;laklarini chuqurga ko&#8217;mib, unib chiqishiga yo&#8217;l ko&#8217;ymaydi. Daladagi Begona o&#8217;tlarni kamaytirish uchun tuproqni ag&#8217;dargichsiz osma va tirkama pluglar yordamida yumshatiladi, ildizpoyalar (qamish, g&#8217;umay, ajriq va boshqalar) esa chizel yoki kultivatorlar, shuningdek tishli boronalar bilan taroqlanadi va yig&#8217;ishtirib olinib, yo&#8217;qotiladi. Erta bahorda Begona o&#8217;tlar maysani boronalash bilan yo&#8217;qotiladi. Ekinlar vegetatsiyasi davrida esa Begona o&#8217;tlar o&#8217;toq qilinadi. Bir, ikki va ko&#8217;p yillik Begona o&#8217;tlarga qarshi kimyoviy kurash usulida tanlab ta&#8217;sir qiluvchi gerbitsidlarlan foydalaniladi. Paxta dalalaridagi bir yillik Begona o&#8217;tlarga va ko&#8217;p yillik Begona o&#8217;tlarning maysasiga qarshi bahorda go&#8217;za maysalari paydo bo&#8217;lgunga qadar treflan va prometrin preparatlari tavsiya qilinadi. Sho&#8217;rlangan va yengil qumli tuproqqa esa kotoforagm foydalansa bo&#8217;ladi (ba&#8217;zi Begona o&#8217;tlarga qarshi kurash choralari haqida begona o&#8217;t to&#8217;g&#8217;risidagi alohida maqolalarga q.). Ad:. Hamidov A., O&#8217;zbekistondagi begona o&#8217;tlar, T, 1973; Qobulov J. S. Sulaymonov E., Begona o&#8217;tlar va ularga qarshi kurash, T., 1976. Sulton Alimuhamedov, Otaxon Abdullayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BEGONA O&#8217;TLAR, begona o&#8217;simliklar \u2014 odamlar ekmaydigan, ammo ekinlar orasida o&#8217;sib, ularga zarar yetkazadigan, ma&#8217;lum bir maydonda o&#8217;sishi maqsadga muvofiq bo&#8217;lmagan o&#8217;simliklar. Begona o&#8217;tlar madaniy o&#8217;simliklar hosilini kamaytirib, qishloq xo\u2019jaligiga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/begona-otlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15804","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15804","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15804"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15804\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15806,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15804\/revisions\/15806"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15804"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15804"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15804"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}