{"id":15813,"date":"2022-01-26T15:59:29","date_gmt":"2022-01-26T12:59:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15813"},"modified":"2022-01-26T15:59:31","modified_gmt":"2022-01-26T12:59:31","slug":"beda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/beda\/","title":{"rendered":"BEDA"},"content":{"rendered":"\n<p>BEDA (Medicago) \u2014 dukkakdoshlarga mansub bir va ko&#8217;p yillik o&#8217;tsimon o&#8217;simlik, asosiy yem-xashak ekini. 100 ga yaqin turi bor. O&#8217;rta Osiyoda ko&#8217;k Beda Sh. sativa L.) turi eng ko&#8217;p tarqalgan. O&#8217;rta Osiyoda 5 \u2014 7 mingyil avval ekib kelingan. Vatani Eron, taxminan 2 \u2014 2,5 ming yil ilgari Yunoniston, qadimgi Rim va shimoliy Afrikaga olib kelingan. Keyinchalik Beda madaniy ekin sifatida Yevropa, Shimol va Janubiy Amerika, Avstraliyaga tarqalgan. O&#8217;rta Osiyoda va Zakavkazyeda Beda asosiy almashlab ekish ekini hisoblanadi. Botanikta&#8217;rifi.Poyasiser-shox,bo&#8217;yi 70 \u2014 150 santimetr, tup hosil qiladi. Barglari uch bargli, murakkab, barg bandi asosida unchalik yirik bo&#8217;lmagan yon bargchalari bor, rangi och yashildan to&#8217;q yashilgacha. Barg plastinkasi ellipssimon, nashtarsimon yoki deyarli dumaloq. To&#8217;pguli 12-16 tagacha guldan iborat shingil (siyrak tsilindrik yoki kallaksimon). Ko&#8217;k Bedaning guli zangori, sariq Bedaning guli sariq, duragay Beda piki ko&#8217;k-sariq tusda. Mevasi urug&#8217;li, o&#8217;roqsimon yoki spiralsimon 2 -3 buralgan dukkak. Urug&#8217;i sariq yoki sariq-qo&#8217;ng&#8217;ir oval-buyraksimon, mayda; dukkagida 5 \u2014 7 urug&#8217; bor; 1000 dona urug&#8217;i vazni 1,8 \u2014 2,7 gramm. Ildiz tizimi o&#8217;q ildiz, kuchli rivojlanadi, tarmoqlangan, yerga chuqur (7 \u2014 10 metr va undan ham ko&#8217;proq) kirib boradi. 4 \u2014 5 tartibli ingichka ildizlaridagi o&#8217;simtalarida havodan erkin azotni o&#8217;zlashtiradigan shuganak bakteriyalar rivojlanadi. Bedaning ko&#8217;p yillik turlarida ildizning ustki qismi (ildiz bo&#8217;g&#8217;zi) dagi kurtaklardan har yili yangi poyalar o&#8217;sib chiqadi. Bedaning yaxshi rivojlangan ildiz tizimi ikki\u2014uch yilda tuproqning 1 gektar haydalma qatlamida 30 \u2014 40 tonna go&#8217;ngga teng keladigan 80 \u2014 120 tsentner ildiz massa hosil qiladi. Biologik xususiyatlari. Beda uzun kunli, yorug&#8217;sevar o&#8217;simlik, ammo ildiz tizimi tuproqqa chuqur kirib borishi tufayli qurg&#8217;oqchilikka yaxshi bardosh beradi. Sariq va duragay Bedalar ko&#8217;k Bedaga qaraganda sovuqqa ancha chidamli. Beda namsevar o&#8217;simlik. Issiq iqlimli rayonlarda sug&#8217;orish bilan yuqori hosil olish mumkin. Beda suv va havoni yaxshi o\u2019tkazadigan qumoq va qumloq g&#8217;ovak tuproqlarda yaxshi o\u2019sadi. Nordon va kuchli sho&#8217;rlangan tuproqlarda yaxshi o&#8217;smaydi, lekin kuchsiz sho&#8217;rlanishga bardoshli va tuproq sho&#8217;rini kamaytirishga yordam beradi. Beda uzoq yashaydigan o&#8217;simlik, 15 \u2014 20 yilgacha o\u2019sadi, lekin almashlab ekishda 3 yilgacha, yem-xashak uchun esa 5 yilgacha o\u2019stiriladi. Beda yakka o&#8217;zi yoki arpa, bug&#8217;doy kabi ekinlar bilan birga bahorda yalpi qatorlab ekiladi. Gektariga 12 \u2014 22 kilogramm urug&#8217; sarflanadi. Urug&#8217;i 15 \u2014 20 kunda unib chiqadi. Beda urug&#8217;i unib chiqish qobiliyatini 5 \u2014 7, ba&#8217;zan 10 yilgacha saqlaydi. Bahorda alohida ekin sifatida eqilganda ko&#8217;pay sharoitda tez o\u2019sadi, birinchi yili sershox, serbarg poyalar hosil qilib gullaydi va urug&#8217; beradi. Sug&#8217;oriladigan rayonlarda Beda birinchi yili 40 -50% gullaganda 2-3 marta, 2 va 3 yillarda esa 40 \u2014 45 kun oralatib 5\u2014 6 marta va undan ham ko&#8217;proq o&#8217;riladi. Har o\u2019rim oralig&#8217;ida 1 \u2014 2 marta sug\u2019oriladi. O&#8217;rimdan keyin tez ko&#8217;klashi bilan boshqa ko&#8217;p yillik o&#8217;tlardan ustun turadi. Xo&#8217;jalik ahamiyati. Beda vitamin, oqsilga boy yem-xashak ekinidir. Uning 100 kilogramm ko&#8217;k massasi tarkibida 21,7 ozuqa birligi va 4,1 kilogramm hazm bo&#8217;ladigan protein; 100 kilogramm pichanda 45,3 ozuqa birligi va 10,3 kilogramm hazm bo&#8217;ladigan protein bor. Beda pichani tarkibida 0,35 \u2014 0,40% fosfor, 0,25 \u2014 0,3% kaltsiy va boshqa mikroelementlar bo&#8217;ladi. Beda ozuqasining hazm bo&#8217;lishi 70 \u2014 80% ga yetadi. Sug&#8217;oriladigan dehqonchilik sharoitida almashlab ekishda beda eng universal va eng yaxshi samara beradigan ekin. Beda 2 \u2014 3 yil ichida tuproqda gektariga 300\u2014 400 kilogramm va undan ko&#8217;proq azot to&#8217;playdi, tuproqni organik moddalar bilan boyitadi, biologik drenaj vazifasini o&#8217;taydi, tuproq strukturasini tiklaydi, suv, havo tartibotini yaxshilaydi va ekin hosilini oshirishga imkoniyat yaratadi. Beda bir mavsumdagi o&#8217;suv davrida yer ostki va yer ustki massasini hosil qilish uchun o&#8217;zidan gektariga 12-15 ming metr kubgacha suv bug&#8217;latadi. Bedaning bu xususiyati yer ostki suvlari yuza joylashgan maydonlarda dehqonchilik samaradorligini ko&#8217;tarishga yordam beradi va tuproq sho&#8217;rlanishini ancha kamaytiradi. Beda tuproqni vilt qo&#8217;zg&#8217;atuvchidan tozalovchi ekin hamdir. Beda muttasil uch yil ekilgan dalalarda uning ildiz tizimi rizosferasida saprofit mikroorganizmlar (zamburug&#8217;lar, bakteriyalar, sodda hayvonlar) uchun xavfli zamburug&#8217;larni nobud qiladigan antogonistlar to&#8217;planadi. O&#8217;zbekistondagi xo&#8217;jaliklarda har gektardan 150 -200 tsentner Beda pichani yetishtiriladi. Urug&#8217;likka mo&#8217;ljallangan bedazordan 5 -7 tsentner\/gektar urug&#8217; olinadi. Navlari. Bedaning Toshkent 3192, Toshkent 721, Toshkent 1, Vaxsh 233, Yettisuv, Xiva, O&#8217;zgan va boshqa navlari ko&#8217;p tarqalgan. Beda zararkunandalari: beda to&#8217;plami, beda barg filchasi, beda biti va boshqalar. Kasalliklari: zang kasali, unshudring, barg dog&#8217;lanishi va boshqalar Ad.: Yo&#8217;ldoshev X. S., O&#8217;zbekistonda beda o&#8217;stirish, T., 1969; Tursunxo&#8217;jayev Z., Sorokin M., G&#8217;o&#8217;za beda almashlab ekish va ularning samaradorligini oshirish yo\u2019llari, T., 1978. Zikruma Tursunxo&#8217;jayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BEDA (Medicago) \u2014 dukkakdoshlarga mansub bir va ko&#8217;p yillik o&#8217;tsimon o&#8217;simlik, asosiy yem-xashak ekini. 100 ga yaqin turi bor. O&#8217;rta Osiyoda ko&#8217;k Beda Sh. sativa L.) turi eng ko&#8217;p tarqalgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/beda\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15813","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15813","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15813"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15813\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15815,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15813\/revisions\/15815"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15813"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15813"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15813"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}