{"id":15849,"date":"2022-01-26T20:11:09","date_gmt":"2022-01-26T17:11:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15849"},"modified":"2022-01-26T20:11:10","modified_gmt":"2022-01-26T17:11:10","slug":"bezak-sanati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bezak-sanati\/","title":{"rendered":"BEZAK SAN&#8217;ATI"},"content":{"rendered":"\n<p>BEZAK SAN&#8217;ATI \u2014 san&#8217;at turi; inson atrofidagi moddiy muhitni shakllantiradi, badiiy bezash uchun xizmat qiladi, unga estetik va g&#8217;oyaviy badiiy mazmun baxsh etadi. Bezak san&#8217;ati insonning xizmatidagi buyumlarga bezak bo&#8217;lib, shu bilan bir qatorda insonga estetik, g&#8217;oyaviy va badiiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi, inson moddiy muhitining kurki, nafosati sifatida namoyon bo&#8217;ladi. Asosiy sohalari: me&#8217;morlik bilan bevosita bog&#8217;liq bo&#8217;lgan monumental bezak san&#8217;ati, jamoatchilik va ayrim shaxslar ehtiyoji uchun badiiy buyumlar tayyorlash bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan amaliy san&#8217;at, bayram, tomosha manzaralarini, sayrgohlarni, ekspozitsiyalarni, ko&#8217;pchilik e&#8217;tiboriga havola qilinadigan stend, vitrinalarni bezash bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan bezash san&#8217;ati, badiiy loyihalashdan iborat bo&#8217;lgan dizayn. Bezak san&#8217;atining rivoji juda qadim zamonlardan boshlanib, xalq ijodining muhim sohasiga aylangan. U tasviriy san&#8217;at, badiiy hunarmandlik sohalari, badiiy sanoat, shuningdek xalq ustalari, rassomlar, haykaltaroshlar, dizayn ustalari faoliyati bilan uzviy bog&#8217;liq ravishda rivojlanadi. Inson juda qadim zamonlardan boshlab o&#8217;z moddiy muhitini bezatish ishtiyoqida nafosatga intilgan. Odamlar bo&#8217;yniga munchoq, barmog&#8217;iga uzuk, qo&#8217;liga bilaguzuk taqib o&#8217;zini bezatgan, keyinchalik kiyim-kechak, turar joylarini ko&#8217;rkamlashtirishga intilgan. Shu tarzda asrlar mobaynida Bezak san&#8217;ati. shakllangan (19-asrdan shu nom bilan atalgan). Bezak san&#8217;ati mahsulotlari, asarlari binolar, kishilar, ularning moddiy muhitini, turmushda ishlatiladigan narsalarni bezatishga, ko&#8217;rkamlashtirishga xizmat qiladi, kishilarning moddiy va ma&#8217;naviy qiziqishlarini o&#8217;zida mujassamlashtiradi, turli tarixiy davrlarda o&#8217;sha davrning badiiy yo&#8217;nalishlari, uslublari (roman uslubi, gotika, barokko, klassisizm, romantizm va boshqalar) unga o&#8217;z ta&#8217;sirini ko&#8217;rsatadi. Bezak san&#8217;ati namunalari, ayniqsa, monumental Bezak san&#8217;ati asarlari ko&#8217;pchilikning e&#8217;tiborida bo&#8217;ladi, u jamiyatniig didi shakllanishida ham muhim rol o&#8217;ynaydi. Jamoat, ma&#8217;muriy binolar, saroylar, tomosha zallari, restoran, choyxonalarda naqqoshlik, o&#8217;ymakorlikdan tashqari tasviriy san&#8217;at ko&#8217;rinishlari (devoriy rasm, mozaika, haykaltaroshlik asari, vitraj va boshqalar) bezak vazifasini o\u2019tash bilan bir qatorda ma&#8217;lum ijtimoiy g&#8217;oyalarni qam targ&#8217;ib qiladi, ifodalaydi. Jahonning eng yirik san&#8217;at arboblari monumental Bezak san&#8217;ati bilan ham shug&#8217;ullanganlar (Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelanjelo jamoat binolarida, saroylarda o&#8217;lmas asarlar qoldirganlar). O&#8217;zbekiston hududida qadimdan yirik binolar (saroy va ibodatxonalar, keyinchalik masjid va madrasalar) ga bezak berish san&#8217;ati rivojlangan. Xalq ustalari (naqqosh, o&#8217;ymakor va boshqalar) Bezak san&#8217;ati bilan shug&#8217;ullangan. Tuproq qal&#8217;a, Varaxsha, Afrosiyob, Bolaliktepa va boshqa yodgorliklar, turli xildagi kulollik, kandakorlik, to&#8217;qimachilik kabi amaliy san&#8217;at turlarida ana shu san&#8217;atning nodir namunalari saqlangan. Amir Temur va Temuriylar davri, undan keyingi davrlarda ham Bezak san&#8217;atiga oid nodir yodgorliklar yaratilgan. 20-asrda O&#8217;zbekistonda Bezak san&#8217;ati yanada rivojlandi: Navoiy va Muqimiy teatrlari binolarining foye va zallari, Toshkent metropoliteni, Xalqlar do&#8217;stligi saroyi va boshqa inshootlar bezaklari va boshqalar. Ayniqsa mustaqillikdan so&#8217;ng bu san&#8217;atning yangi taraqqiyot davri boshlandi. Yangi qurilayotgan me&#8217;moriy binolar, madaniy inshootlar (ichki va tashqi tomonlari). Bezak san&#8217;atining yutuqlari bilan bunyod etilmoqda, bezak xususiyatlari bo&#8217;rttirilgan turli haykal va releflar yaratilmoqda. Ne&#8217;mat Abdullayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BEZAK SAN&#8217;ATI \u2014 san&#8217;at turi; inson atrofidagi moddiy muhitni shakllantiradi, badiiy bezash uchun xizmat qiladi, unga estetik va g&#8217;oyaviy badiiy mazmun baxsh etadi. Bezak san&#8217;ati insonning xizmatidagi buyumlarga bezak bo&#8217;lib, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bezak-sanati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15849","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15849","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15849"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15849\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15852,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15849\/revisions\/15852"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15849"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15849"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15849"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}