{"id":15856,"date":"2022-01-26T20:33:46","date_gmt":"2022-01-26T17:33:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15856"},"modified":"2022-01-26T20:33:47","modified_gmt":"2022-01-26T17:33:47","slug":"bezash-sanati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bezash-sanati\/","title":{"rendered":"BEZASH SAN&#8217;ATI"},"content":{"rendered":"\n<p>BEZASH SAN&#8217;ATI \u2014 bezak san&#8217;ati sohasi. Ko&#8217;cha, maydon, korxonalar hududini, jamoat binolari, parklarni bayramlarda yoki biror munosabat bilan vaqtincha, ma&#8217;lum muddatga mo&#8217;ljallab bezatish, namoyishlarga, sayillarga, turli xalq tantanalariga badiiy ruh berish; shuningdek ekspozisiya, vitrina, stend va shu kabilarni bezatish. Bezash san&#8217;atida me&#8217;morlik, tasviriy san&#8217;at, teatr san&#8217;ati, fotografiya, yorug&#8217;lik texnikasi vositalaridan foydalanib, san&#8217;atlar uyg&#8217;unligining eng ommaviy namunalari yaratiladi. Mahobatli san&#8217;atda bezak mustahkam xom ashyolar (tosh, metall, keramika, temir-beton)dan doimiy qilib ishlansa, Bezash san&#8217;atida vaqtinchalik, lekin estetik ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadigan darajada imkon boricha jozibali, bejirim qilib tayyorlanadi. Bezash san&#8217;atida xar bir asar, har bir ko&#8217;rinish o&#8217;ziga xos takrorlanmas bo&#8217;lishi kerak. Yevropa mamlakatlarida, Sharqning ayrim mamlakatlari (ayniqsa, Xitoy, Yaponiya)da Bezash san&#8217;ati san&#8217;at sohasi sifatida xalq sayillari, diniy marosimlar, turli tantanalar va namoyishlar tarixi bilan bog&#8217;liq ravishda shakllandi, rivoj topdi. Yevropada Uyg&#8217;onish davridan bezatuvchilarning roli ortdi (Leonardo da Vinchi, P. Rubens kabi atoqli rassomlar Bezash san&#8217;ati sohasida ham samarali ijod qilganlar). Rossiyada Pyotr I davridan saroy tantanalariga maxsus bezatuvchi rassomlar jalb qilindi. Frantsuz inqilobi va Parij kommunasi tantanalarida Bezash san&#8217;ati siyosiy tashviqot vositasiga aylandi. 20-asrda Bezash san&#8217;atida texnikaning roli ortdi, ayniqsa, Elektrotexnikadan keng foydalaniladigan bo&#8217;lindi, muzey va ko&#8217;rgazma ekspozitsiyalarida bezash usullarini takomillashtirishga alohida e&#8217;tibor qilindi. Bezash san&#8217;atidan ko&#8217;proq tijorat maqsadlarida foydalaniladi, u tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot va demokratiya uchun kurash vositasi sifatida xizmat qilmoqda. O&#8217;zbekistonda Bezash san&#8217;ati qadimdan mavjud. Tarixiy manbalar, qo&#8217;lyozma kitoblardagi ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra, katta saroylar devorlari mahobatli rasmlar bilan bezatilgan bo&#8217;lib, bu rasmlar ham bezak, ham targ\u2019ibot vazifasini bajargan. O&#8217;rta asrlarda ham O&#8217;zbekiston hududida Bezash san&#8217;ati yuksak taraqqiy etgan. Samarqand, Buxoro, Xiva va boshqa me&#8217;morlik yodgorliklarida shu san&#8217;at ruhi saqpangan. O&#8217;zbekiston Bezash san&#8217;ati ustalari milliy an&#8217;analarni rivojlantirib, zamonaviy bezash uslublaridan samarali foydalanmoqda (masalan, O&#8217;zbekiston mustaqilligi kuni, Navro&#8217;z bayrami va boshqalar). Ne&#8217;mat Abdullayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BEZASH SAN&#8217;ATI \u2014 bezak san&#8217;ati sohasi. Ko&#8217;cha, maydon, korxonalar hududini, jamoat binolari, parklarni bayramlarda yoki biror munosabat bilan vaqtincha, ma&#8217;lum muddatga mo&#8217;ljallab bezatish, namoyishlarga, sayillarga, turli xalq tantanalariga badiiy ruh &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bezash-sanati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15856","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15856","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15856"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15856\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15860,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15856\/revisions\/15860"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15856"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15856"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15856"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}