{"id":15982,"date":"2022-01-27T16:20:16","date_gmt":"2022-01-27T13:20:16","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=15982"},"modified":"2022-01-27T16:20:18","modified_gmt":"2022-01-27T13:20:18","slug":"belgrad","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/belgrad\/","title":{"rendered":"BELGRAD"},"content":{"rendered":"\n<p>BELGRAD (Serbcha beograd) \u2014 Yugoslaviya va Serbiya poytaxti. Sava daryosi Dunayga quyiladigan yerdagi yirik port, dengiz satxidan 110 metr balandlikda. Belgrad G&#8217;arbiy Yevropadan Yaqin va O&#8217;rta Sharq mamlakatlariga boriladigan yo&#8217;llar ustida. Iqlimi mo&#187;tadil kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi 0&#8242; dan 2\u00b0 gacha, iyulniki 22,2\u00b0. Yiliga 634 millimetr yog&#8217;in tushadi. Aholisi 1,8 million kishi (1995). Maydoni 600 kilometr kvadrat. Belgrad to&#8217;g&#8217;risidagi dastlabki tarixiy ma&#8217;lumot miloddan avvalgi 4 \u2014 3-asrlarga tegishli, uni keltlar Singidunum deb atashgan. Shahar qulay geografik o&#8217;ringa ega bo&#8217;lganligi sababli u o&#8217;tmishda juda kup marta qo&#8217;ldan-qo&#8217;lga o&#8217;tib kelgan. Miloddan avvalgi 33 yildan boshlab u deyarli yetti asr davomida Rim imperiyasi tasarrufida bo&#8217;lib kelgan. 9-asrdan Belgrad Serbcha beograd (&#171;Oq shahar&#187;) nomi bilan ma&#8217;lum; 11-asrdan Makedoniya Podshohligi, so&#8217;ngra Vizantiya imperiyasi tarkibida. 12 \u2014 14-asrlardan Belgrad goh Vengriya, goh Vizantiya tasarrufida, 15-asrdan u yana serblarga o&#8217;tib turdi. 1521 yildan shahar turklar \u2014 Usmonlilar saltanati qo&#8217;l ostida bo&#8217;lgan va &#171;Dorul Al-shahad&#187;, ya&#8217;ni &#171;Qutlug&#8217; urush shahri&#187; deb atalgan. 1806 yil Serbiya knyazligining poytaxtiga aylandi. 1813 \u2014 67 yillarda yana Turkiya tarkibida, 1-jahon urushi yillarida Avstriya qo&#8217;li ostida bo&#8217;ldi. Urushdan so&#8217;ng (1918 y.dan) Serb, xorvat va slovenlar qirolligi (1929 yildan Yugoslaviya) ning poytaxti, 2-jahon urushi arafasida Yevropaning yirik sanoat va madaniyat markazlaridan biri. Belgrad 1944 yil 20 oktabrda nemis fashistlaridan ozod qilingan. 1945 yildan YUXFR, 1963-92 yillarda YuSFR poytaxti. Belgrad Serbiyaning eng yirik iqtisodiy markazi, muhim transport yo&#8217;llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Belgrad va uning atrofida ko&#8217;plab sanoat korxonasi, jumladan metallsozlik, mashinasozlik (transport va qishloq xo\u2019jalik mashinasozligi, elektrotexnika va motorsozlik), kimyo, to&#8217;qimachilik (asosan jun gazlama), oynasozlik va yog&#8217;ochsozlik, oziq-ovqat (un tortish, go&#8217;sht konserva, shakarkdnr), poligrafiya sanoati va boshqalar bor. An&#8217;anaviy hunarmandchilik va kosibchilik rivojlangan. Belgrad sanoat korxonalari asosan Dunay daryosining o&#8217;ng sohilida va shahar atrofida joylashgan. Belgradning tarixiy qismida qadimgi yodgorliklardan o&#8217;rta asr Kalemagdan qal&#8217;asi qoldiqlari, bayroqli Jomiya masjidi va Shayx Mustafo maqbarasi (1690), Dositey Obradovich liseyi (18-asr o&#8217;rtalari), Knyaz Lyubitsi uyi (1829 \u2014 36) va boshqalar saqlangan. 1892 yilda Serbiya Fanlar akademiyasi, 1905 yilda universitet tashkil etilgan. Belgradning Markaziy qismida 19-asr 2-yarmi va 20-asr boshlarida qurilgan binolardan Xalq teatri, eski saroy, Terazie maydoni ansambli va boshqalar mavjud. Belgradda Xalq muzeyi (tarix, arxeologiya, etnografiya yodgorliklari, Yugoslaviya va chet mamlakatlar san&#8217;ati namunalari), zamonaviy san&#8217;at muzeyi, Shaxar muzeyi, amaliy san&#8217;at muzeyi, Etnografiya muzeyi, Belgrad shahri rasmlar galereyasi, hayvonot bog&#8217;i bor. 1950 \u2014 80-yillarda ko&#8217;plab zamonaviy uy-joylar (Yangi Belgrad rayoni) qurilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BELGRAD (Serbcha beograd) \u2014 Yugoslaviya va Serbiya poytaxti. Sava daryosi Dunayga quyiladigan yerdagi yirik port, dengiz satxidan 110 metr balandlikda. Belgrad G&#8217;arbiy Yevropadan Yaqin va O&#8217;rta Sharq mamlakatlariga boriladigan yo&#8217;llar &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/belgrad\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-15982","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15982","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15982"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15982\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15983,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15982\/revisions\/15983"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15982"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15982"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15982"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}