{"id":16362,"date":"2022-01-30T14:08:27","date_gmt":"2022-01-30T11:08:27","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16362"},"modified":"2022-01-30T14:08:28","modified_gmt":"2022-01-30T11:08:28","slug":"beruniy-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/beruniy-tumani\/","title":{"rendered":"BERUNIY TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>BERUNIY TUMANI \u2014 Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasiydagi tuman. 1927 yil 3 iyulda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda To&#8217;rtko&#8217;l tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan, 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzilgan). Beruniy tumani O&#8217;zbekiston Respublikasining shimoli g&#8217;arbida, Amudaryoning o&#8217;ng sohilida, Beruniy tumani shimoli Sharqda Ellikqal&#8217;a tumani, g&#8217;arbda Amudaryo tumani, shimoli g&#8217;arbda Qorao&#8217;zak va Taxtako&#8217;pir tumanlari va Janubda Xorazm viloyati va Janubi Sharqda Buxoro viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 3,94 ming kilometr kvadrat. Aholisi 94,7 ming kishi (2000). Beruniy tumanida 1 shahar (Beruniy) va 11 ovul fuqarolari yig\u2019ini (Beruniy, Biybozor, Do&#8217;stlik, Navoiy, Ozod, Oltinsoy, Sarkop, Tinchlik, Shabboz, Shimom, Qizilqal&#8217;a) bor. Markazi\u2014Beruniy shahri. Tabiati. Beruniy tumanining shimolida qizilqum cho&#8217;li, g&#8217;arbida Baday to&#8217;qayzori va Sulton Uvays tog&#8217;i bor. Yanv.ning o&#8217;rtacha temperaturasi -15\u00b0, -20\u00b0, iyulniki 28\u00b0. Yiliga 100-200 millimetr yog&#8217;in tushadi. Vegetatsiya davri 200-220 kun. Tuman Janubdan Amudaryo oqib o&#8217;tadi. Tumanda Oqchako&#8217;l, Amirobod ko&#8217;llari bor. Paxtaarna kanalining davomi bo&#8217;lgan Bo&#8217;zyop kanali mavjud. Amudaryodan Qozoqyop, Beshtom, Nayman kanallari chiqarilgan. Nayman kanalidan Qattiqoqar, Sovqumyorgan ariqlari suv oladi. Tumanda Nayman\u2014 Beshtom nasos stansiyasi ishlab turibdi. Tuproqlari sho&#8217;rxok, qumloq, bo&#8217;z tuproq. Chiyabo&#8217;ri, bo&#8217;rsiq, qobon, quyon, toshbaqa, parrandalardan qirg&#8217;ovul va boshqalar yashaydi. Tuman hududida Badayto&#8217;qay davlat qo&#8217;riqxonasi joylashgan. Aholisi, asosan. o&#8217;zbeklar; qoraqalpoq, qozoq, turkman, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 kilometr kvadratga 27,5 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Shaharliklar 50,9 ming kishi, qishloq aholisi 43,8 ming kishi (2000). Xo&#8217;jaligi. Beruniy tumani iqtisodiyoti negizini paxtachilik tashkil qiladi, shu sababli tuman sanoati ham paxta xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, yog\u2019 zavodlari, temirbeton, g&#8217;isht va asfalt zavodlari bor. Chorvachilik, ipakchilik, bog&#8217;dorchilik, polizchilik ham rivojlangan. Tumanda 54 kichik korxona va 27 kooperativ korxona, 15 aktsiyadorlik jamiyati, 47 firma, 33 xususiy korxona mavjud (2000). Bulardan eng muhimlari: paxta tozalash zavodi, &#171;Temur&#187; xususiy korxonasi, 28-avtokorxona, &#171;Yog\u2019gar&#187; aktsiyadorlik jamiyati va boshqalar. Qishloq xo\u2019jaligida sug&#8217;oriladigan yerlar 31,5 ming gektar, shu jumladan 15,2 ming gektar yerga paxta, 0,8 ming gektar yerga sabzavot, 3,0 ming gektar yerga beda, 0,8 ming gektar yerga makkajo&#8217;xori, 1,0 ming gektar yerga sholi ekiladi. Beruniy tumanida 2 jamoa xo&#8217;jaligi, 11 dehqon fermer xo&#8217;jaligi uyushmasi, 27 kooperativ xo&#8217;jaligi, 200 gektar yaqin fermer xo&#8217;jaligi, 2 ijara xo&#8217;jaligi, 1 xo&#8217;jalik hisobidagi uchastka bor. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 46,3 ming qoramol, 41,3 ming qo&#8217;y va echki, 163,7 ming parranda, 0,5 ming ot boqiladi (2000). Tuman transportida To&#8217;rtko&#8217;l\u2014 Nukus avtomobil yo&#8217;li asosiy rol o&#8217;ynaydi. Amudaryoda kemada yuk tashish ham salmoqli o&#8217;rin tutadi. 1999\/2000 o&#8217;quv yilida 57 umumiy ta&#8217;lim maktabida 23393 o&#8217;quvchi, 2 litseyda 1330 o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. 36 ommaviy kutubxona, 5 madaniyat uyi, muzey, 850 o&#8217;rinli 9 kasalxona va dispanser, 57 tibbiyot punkti bo&#8217;lib, ularda 354 vrach, 1607 o&#8217;rta ma&#8217;lumotli tibbiy xodim ishladi (2000). 1946 yildan &#171;Xalq minbari&#187; tuman gazetasi chikadi (adadi 3100).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BERUNIY TUMANI \u2014 Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasiydagi tuman. 1927 yil 3 iyulda tashkil etilgan (1962 yil 24 dekabrda To&#8217;rtko&#8217;l tumaniga qo&#8217;shib yuborilgan, 1964 yil 31 dekabrda qayta tuzilgan). Beruniy tumani O&#8217;zbekiston Respublikasining &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/beruniy-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16362","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16362","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16362"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16362\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16364,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16362\/revisions\/16364"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16362"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16362"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16362"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}