{"id":16482,"date":"2022-02-02T20:18:26","date_gmt":"2022-02-02T17:18:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16482"},"modified":"2022-02-02T20:18:27","modified_gmt":"2022-02-02T17:18:27","slug":"betxoven","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/betxoven\/","title":{"rendered":"BETXOVEN"},"content":{"rendered":"\n<p>BETXOVEN (Beethoven) Lyudvig Van [1770.16 (?).12, Bonn 1827.26.3, Vena] \u2014 nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor. Vena klassik maktabining vakili. 1792 yilda Venaga ko&#8217;chgan va tez orada o&#8217;zining erkin va ta&#8217;sirchan, yangi ijro uslubi bilan iste&#8217;dodli pianinochi, badihachi improvizator sifatida tanilgan. Venada (1795-1800) yaratgan fortepiano kontsertlari, 8 &#171;Patetik&#187; fortepiano sonatasi, kvartetlari, 1 simfoniyasi, &#171;Prometeyning yaratmalari&#187; baletidayoq Betxovenga xos, Buyuk Frantsuz inqilobi g&#8217;oyalari ta&#8217;siri ostida shakllangan ijodiy uslubi ko&#8217;zga tashlandi. 27 yoshidan qulog&#8217;i og&#8217;irlashib, keyinchalik butunlay kar bo\u2019lib qolsada, ichki uquv, his-tuyg&#8217;u bilan birtalay asarlar yaratdi, dirijyorlik qildi. Betxoven ijodi, ayniqsa 1801-12 yillarda kamol topdi. Qahramonlik va demokratizm ruxi bilan yug\u2019rilgan 3 (&#171;Qaxramonnoma&#187;), 5-simfoniyalari, &#171;Fidelio&#187; operasi, I. Gyotening &#171;Egmont&#187; fojiasiga yozgan musiqasi, &#171;Appasionata&#187; fortepiano sonatasi, skripka va fortepiano uchun &#171;Kreytserov&#187; sonatasi va boshqa asarlari mashhur. Chuqur fojiaviylik va adolat tantanasiga ishonch ruhi bilan sug&#8217;orilgan 9 simfoniyasi Betxoven ijodining cho&#8217;qqisidir. So&#8217;nggi asarlari (28-32 fortepiano sonatalari, 12\u2014 16 kvartetlari, bagatellar va boshqalar) da kompozitorning yangi ifoda vositalari topishga intilishi seziladi. Musiqiy qahramonlik uslubini yaratgan Betxoven simfonik musiqa tafakkuri ko\u2019lamini nihoyatda kengaytirgan, kamercholg&#8217;u va vokal musiqasi, kontsert janrlarining g&#8217;oyaviy mazmunini teranlashtirgan, mavjud musiqa shakllari va janrlarini isloh etgan. Ijodida turli (ingliz, Venger, italyan, nemis, polyak, rus, ukrain va boshqalar) xalq kuylarini qayta ishlagan, Sharq mavzulariga murojaat qilgan (Sa&#8217;diy she&#8217;rlariga 2 Kanon va boshqa asarlar). Betxovenning 5, 7, 8, 9-simfoniyalari, fortepiano va skripka kontsertlari, birtalay fortepiano va skripka sonatalari, kamer ansambl va boshqa asarlari O&#8217;zbekiston Respublikasida ijro etiladi. Ad.: Rollan R., Jizn Betxovena, M., 1964; Alshvang A., Betxoven. Ocherk jizni i tvorchestva, 5-izd., M., 1977; Karintsev N , Betxoven (T. Mirzaev tarjimasi), T., 1939.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BETXOVEN (Beethoven) Lyudvig Van [1770.16 (?).12, Bonn 1827.26.3, Vena] \u2014 nemis kompozitori, pianinochi va dirijyor. Vena klassik maktabining vakili. 1792 yilda Venaga ko&#8217;chgan va tez orada o&#8217;zining erkin va ta&#8217;sirchan, &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/betxoven\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16482","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16482","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16482"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16482\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16485,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16482\/revisions\/16485"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16482"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16482"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16482"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}