{"id":16499,"date":"2022-02-02T20:42:04","date_gmt":"2022-02-02T17:42:04","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16499"},"modified":"2022-02-02T20:42:06","modified_gmt":"2022-02-02T17:42:06","slug":"beshariq-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/beshariq-tumani\/","title":{"rendered":"BESHARIQ TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>BESHARIQ TUMANI \u2014 Farg&#8217;ona viloyatilagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Farg&#8217;ona viloyatining O&#8217;zbekiston va Furqat tumanlari, Tojikistonning Konibodom va Asht tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,77 ming kilometr kvadrat. Aholisi 149 ming kishi (2000). Beshariq tumanida 1 shahar (Bsshariq) va 8 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Aydarxon, Beshariq, Vatan, Rapqon, Tovul, Yakkatut, Qashqar, Qorajiyda) bor. Markazi\u2014 Beshariq shahri. Tabiati. Relyefi pasttekislik, qir, Toshloq va qumli chala cho&#8217;llardan iborat. Janubi g&#8217;arbida qum barxanlari, sharqida Markaziy Farg&#8217;onaning So&#8217;xIsfara massivi bor. Yer yuzasi shimolga Nishab. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -2\u00b0, iyulniki 28\u00b0. Yiliga 200 millimet yog\u2019in tushadi. Janub qismiga ko&#8217;proq yog&#8217;in yog&#8217;adi. Bahorda g&#8217;arbdan sharqqa kuchli (ba&#8217;zan sekundiga 30 metr tezlikda) shamol esadi. Vegetatsiya davri 205 kun. Tumanning shimolda Sirdaryo, Janubda Isfara daryosi oqadi, g&#8217;arbida Qayroqqum suv ombori bor. Beshariq tumani yerlari Katta Farg&#8217;ona kanalidan sug&#8217;oriladi. Tuman hududidan So&#8217;xIsfara kollektori o&#8217;tgan. Tuman qir qismining tuprog&#8217;i sershag&#8217;al, tekislik qismining tuprog&#8217;i esa sug&#8217;oriladigan bo&#8217;z tuproq. Shuvoq, sho&#8217;ra, yantok, qamish, ko&#8217;g&#8217;a, oq miya, qizil miya, yulg&#8217;un, saksovul o&#8217;sadi.Yumronqoziq, quyon, echkemar, bo&#8217;ri, tulki, har xil ilonlar yashaydi. Tuman yerlarida faqat sug&#8217;orib dehqonchilik qilish mumkin. Aholisi, asosan o&#8217;zbeklar; ruslar, tojiklar, qirg&#8217;izlar, tatarlar va boshqalar ham yashaydi. 1 kilometr kvadratga o&#8217;rtacha 193 kishi to&#8217;g&#8217;ri keladi. Shaharliklar 20 ming kishi, qishloq aholisi 129 ming kishi (2000). Xo&#8217;jaligi. Tumanda paxta tozalash zavodi, tibbiyot paxtasi tayyorlaydigan, yigiruv-to&#8217;quv va mebel fabrikalari, paxta chiqindisidan karton ishlaydigan va past nav paxtani qayta ishlab tozalaydigan mahalliy sanoat kombinati bor. Tumanda 138 kichik korxona va 2 kooperativ korxona mavjud. Bulardan eng muhimlari: metall qopqoqlar tayyorlovchi, xalq iste&#8217;moli mollari chiqaruvchi &#171;Navbahor&#187;, &#171;Bahor&#187; kichik korxonalaridir. Qishloq xo\u2019jaligida sug&#8217;oriladigan yerlar 21,6 ming gektar, shu jumladan 12,3 ming gektar yerga paxta, 0,09 ming gektar yerga sabzavot, 0,9 ming gektar yerga beda, 0,76 ming gektar yerga makkajo&#8217;xori, 0,04 ming gektar yerga sholi ekiladi. Beshariq tumanida 3 jamoa xo&#8217;jaligi, 4 shirkatlar uyushmasi, 1 xo&#8217;jaliklararo korxona, parrandachilik fabrikasi, 148 fermer xo&#8217;jaligi va Qo&#8217;qon o&#8217;rmonchilik xo&#8217;jaligining filiali bor. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 46,7 ming qoramol, 32,5 ming qo&#8217;y va echki. 54,4 ming parranda bor. Beshariq tumani g&#8217;arbidan Toshkent\u2014Qo&#8217;qon temir yo\u2019l o&#8217;tadi. Yaqin temir yo\u2019l stantsiyasi\u2014Rapqon tuman markazidan 2 kilometr. 1999\/2000 o&#8217;quv yilida 47 umumiy ta&#8217;lim maktabida 33,8 ming o&#8217;quvchi, 2 litseyda 236 o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. 9 kinoteatr, 46 ommaviy kutubxona, 24 klub, madaniyat uyi, muzey, 866 o&#8217;rinli 5 kasalxona, poliklinika va 54 tibbiy punkti bo&#8217;lib, ularda 165 vrach, 654 o&#8217;rta ma&#8217;lumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1932 yildan &#171;Beshariq tongi&#187; tuman gazetasi chiqadi (adadi 2500).<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BESHARIQ TUMANI \u2014 Farg&#8217;ona viloyatilagi tuman. 1926 yil 29 sentabrda tashkil etilgan. Farg&#8217;ona viloyatining O&#8217;zbekiston va Furqat tumanlari, Tojikistonning Konibodom va Asht tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,77 ming kilometr kvadrat. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/beshariq-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16499","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16499","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16499"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16499\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16500,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16499\/revisions\/16500"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16499"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16499"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16499"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}