{"id":16619,"date":"2022-02-04T13:53:46","date_gmt":"2022-02-04T10:53:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16619"},"modified":"2022-02-04T13:54:02","modified_gmt":"2022-02-04T10:54:02","slug":"bibixonim-madrasasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bibixonim-madrasasi\/","title":{"rendered":"BIBIXONIM MADRASASI"},"content":{"rendered":"\n<p>BIBIXONIM MADRASASI \u2013 Amir Temurning katta xotini Bibixonim (Saroymulk xonim) &#171;O&#8217;z onasi sharafi&#187;ga (Klavixo) 14-asr oxirida Samarqandda qurdirgan madrasa. Sayyoh, olim A. Vamberi ta&#8217;kidlashicha, bu madrasada 1000 ga yaqin talaba o&#8217;qigan. Bibixonim madrasasi Bibixonim jome masjidining kirish peshtog&#8217;i qarshisida joylashgan. Lekin jome masjididan oldin qurilgan. Saroy tarixchisi G&#8217;iyosiddin Alining &#171;Amir Temur 1399 yil 10 mayda madrasada to&#8217;xtab o&#8217;tganligi&#187; haqidagi ma&#8217;lumoti shundan dalolat beradi. Tarixnavis Fasih Havofiy (1375\u2014 1442) ta&#8217;kidlashicha, Amir Temur jome masjidi qurilishini kelib ko&#8217;rarkan, me&#8217;moriy majmuada mutanosiblik buzilganligi\u2014madrasa peshtog&#8217;i va ayvoni jome masjidga nisbatan balandroq va qiyaroq bo&#8217;lib qolganligi uchun darg&#8217;azab bo&#8217;ladi va me&#8217;morlar (Xoja Mahmud Dovud va Muhammad Jald)ni jazoladi. Arxeologik qazishlar ham shu nomutanosiblikni tasdiqlaydi. Bino peshtog&#8217;i qanchalik mahobatli bo&#8217;lmasin, uning qarshisidagi binoga monand emasligi ko&#8217;zga tashlanib qolgan. Me&#8217;moriy uslub talabiga ko&#8217;ra, nomaqbul tushgan madrasa peshtog&#8217;i buzib tashlashga mahkum bo&#8217;ldi. Shuning uchun ham keyingi asrlarda madrasa qoldiqlari buzib tashlandi. Bibixonim madrasasi yonida unga &#171;qo&#8217;sh&#187; uslubda Tuman ogo xonaqohi qurilgan. Tarixiy manbalar bu xonaqoh ham 1399 yildan oldin bunyod etilganligi haqida ma&#8217;lumot beradi. Chortoqli keng xonaqoh, tepasi baland gumbaz bilan bog&#8217;langan. Devorlariga manzara naqshin gullar, serhasham bezaklar ishlangan. 4 tarafidagi keng derazalar\u2014tobadonlar va eshiklar orqali xonaqoh juda yaxshi yoritilgan. Ostidagi tagxona\u2014Sardoba esa kichikroq bo&#8217;lib, devorlari yirik kulrang toshtaxtalar bilan bezatilgan. Tagxonada bir necha tosh tobutlar saqlangan. 1875 yil zilzilasi natijasida tagxona gumbazchasi o&#8217;pirilib, pastda toshtobutlar borligi ma&#8217;lum bo&#8217;ldi. Shu vaqgdan boshlab aholi orasida bu tobutlardan biri Bibixonimga tegishli degan ovoza tarkaldi. 1941 yilda o&#8217;tkazilgan arxeologik tadqiqotlar go&#8217;yo bu rivoyatni tasdiklagandek bo&#8217;ldi. Shu sababli yaqingacha ushbu xonaqoh Bibixonim maqbarasi deb yuritilgan. Keyingi tadqiqotlar bu muammoga aniklik kiritdi. Bibixonim (Saroymulk xonim) Amir Temur vafotidan keyingi bo&#8217;hron yillarida zaharlab o&#8217;ldirilgan. Bu binodagi ayol jasadi esa mo&#8217;miyolangan (demak, uzoq joydan keltirilgan) va antropolog aniqlashicha, o&#8217;rta yoshlardagi, sochlari qora va jingalak qandaydir boshqa ayol ekan. Tuman og&#8217;o xonaqohi Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan 1996 yilda ta&#8217;mir etilgan. Ad.: Zohidov P., Temur davrining me&#8217;moriy qahkashoni. T., 1996. Po&#8217;lat Zohidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BIBIXONIM MADRASASI \u2013 Amir Temurning katta xotini Bibixonim (Saroymulk xonim) &#171;O&#8217;z onasi sharafi&#187;ga (Klavixo) 14-asr oxirida Samarqandda qurdirgan madrasa. Sayyoh, olim A. Vamberi ta&#8217;kidlashicha, bu madrasada 1000 ga yaqin talaba &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bibixonim-madrasasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16619","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16619","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16619"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16619\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16621,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16619\/revisions\/16621"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16619"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16619"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16619"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}