{"id":16764,"date":"2022-02-05T15:06:09","date_gmt":"2022-02-05T12:06:09","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16764"},"modified":"2022-02-05T15:06:10","modified_gmt":"2022-02-05T12:06:10","slug":"bilqis","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bilqis\/","title":{"rendered":"BILQIS"},"content":{"rendered":"\n<p>BILQIS \u2014 Qur&#8217;onda tilga olingan Sabo yurtining podshohi (malikasi). Injilda Savro podshosi sifatida bayon etiladi. Qur&#8217;onda Sulaymon payg&#8217;ambarning ulug&#8217;vorligini ta&#8217;riflovchi hikoyalardan birida keltirilishicha, Hudhud qushi podshoga Sabo mamlakatiga borganligini va u yerda &#171;hamma narsa ato etilgan&#187; xotin hukmronlik qilayotganligini, ammo butun xalqi bilan shaytonga aldanib, Allohga emas, Quyoshga sig&#8217;inayotganligini aytadi. Sulaymon shu qush orqali malikaga maktub yo&#8217;llab, unga bo&#8217;ysunishni buyuradi. Bilqis o&#8217;z yaqinlari bilan maslahatlashib, Sulaymonga katta hadyalar yuboradi. Ammo Sulaymon malikaning elchilari oldida bu hadyalardan jirkanishini aytib, Sabo yurtiga qo&#8217;shin tortishini e&#8217;lon qiladi. So&#8217;ngra Malika Sulaymon huzuriga o&#8217;zi keladi. Sulaymon xizmatida bo&#8217;lgan sehrgar va jinlar ko&#8217;z ochib yumguncha, malikaning taxtini uni oldiga olib kelishadi. Malikani saroyga kiritishganida, saroy sathini &#171;suv to&#8217;lqinlari sifatida ko&#8217;radi va oyoqlarini to&#8217;pig&#8217;igacha ochadi&#187;. Saroyning qadam bosiladigan qismi shaffof billurlardan iboratligini ko&#8217;radi. Alloh hamma ishda yorlaqagan Sulaymonning bundam ulug&#8217;vorligi dalillariga shohid bo&#8217;lgan Malika o&#8217;zining gumrohligini tan oladi va Allohga imon keltiradi (Qur&#8217;on, &#171;Naml&#187; surasi, 22 \u2014 45-oyatlar). Bilqis haqidagi rivoyat Habashiston podsholigi dostonlari jumlasiga kirgan &#171;Kabra nagast&#187; afsonasiga juda o&#8217;xshashdir. Undagi malikaning ismi Makeda bo&#8217;lib, u bilan Sulaymon o&#8217;rtasidagi nikohdan tug&#8217;ilgan farzanddan Habashiston podsholigi sulolasi boshlanadi. Garchi Arabiston yarim orolidagi Sabo davlatining tarixiy afsonasi to&#8217;g&#8217;risida gap ketayotgan bo&#8217;lsa ham, rivoyatda Yaman voqeligini aks ettiruvchi deyarli hech narsa yo&#8217;q. Bu afsona Arabistonda emas, ehtimol Eronda vujudga kelganga o&#8217;xshaydi. O&#8217;rta asrlarda Yamanda Bilqis haqidagi qissa juda keng yoyilgan edi, 12-asrda hukmronlik qilgan sulayxidlar sulolasidan bo&#8217;lgan assayyidani tarixchilar jajji Bilqis deb atashdi. Muhammadjon Qodirov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BILQIS \u2014 Qur&#8217;onda tilga olingan Sabo yurtining podshohi (malikasi). Injilda Savro podshosi sifatida bayon etiladi. Qur&#8217;onda Sulaymon payg&#8217;ambarning ulug&#8217;vorligini ta&#8217;riflovchi hikoyalardan birida keltirilishicha, Hudhud qushi podshoga Sabo mamlakatiga borganligini va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bilqis\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16764","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16764","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16764"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16764\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16766,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16764\/revisions\/16766"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16764"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16764"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16764"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}