{"id":16782,"date":"2022-02-05T16:16:28","date_gmt":"2022-02-05T13:16:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16782"},"modified":"2022-02-05T16:16:29","modified_gmt":"2022-02-05T13:16:29","slug":"binkat","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/binkat\/","title":{"rendered":"BINKAT"},"content":{"rendered":"\n<p>BINKAT \u2014 Shosh (Choch) tarixiy viloyatining Markaziy shahri (9 \u2014 12-asrlar). Xarobasi hozirgi Toshkentning eski shahar qismidagi binolar ostida saqlangan. 10-asr tarixiy ma&#8217;lumotlariga ko&#8217;ra, Binkatning uzunligi ham, kengligi ham 1 farsaxdan bo&#8217;lib, ko&#8217;handiz (Ark), Shahriston (Madina), ichki (rabodi doxil) va tashqi (rabodi xorij) rabodlardan tashkil topgan. Arkning mudofaa devori, 2 darvozasi bo&#8217;lib, ulardan biri shahristonga, ikkinchisi ichki rabodga olib chiqqan. Arkda O&#8217;rda, zindon va jome masjidi joylashgan. Shahristonning ham alohida devori va 3 darvozasi bo&#8217;lgan. Bu yerda hunarmandlar ustaxonalari va savdo do&#8217;konlari joylashgan. Ichki rabodning ayrim ma&#8217;lumotlarga ko&#8217;ra 8 ta, yana boshqa ma&#8217;lumotlarga qaraganda, 10 ta darvozasi bo&#8217;lib, unda asosan bozorlar joylashgan. Tashqi rabodda 7 ta darvoza bo&#8217;lib, paxsa, guvala va xom g&#8217;ishtdan qurilgan uy-joylar joylashgan. Binkat obodonligi va bahavoligi bilan sharqda shuxrat qozongan. Shahardan ko&#8217;plab suv tarmoqlari o&#8217;tgan, ko&#8217;chalariga tosh yotqizilgan. Tashqi rabodda bog&#8217;va tokzorlar ko&#8217;p bo&#8217;lgan. Binkat Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi (V. A. Bulatova, L. L. Rtveladze, D. P. Varxotova, M. I. Filanovich) tomonidan o&#8217;rganilgan; shaharning taxminan plansxemasi ishlab chiqilgan. Tadqiq etilgan madaniy qatlamlar asosida shahar chegarasi belgilandi. Shahriston va Ark taxminan hozirgi Zarqaynar, Navoiy ko&#8217;chalari, Chorsu va eski Juva maydonlari hamda shu yerdagi bozor bilan chegaradosh Gulbozor tepaligini egallagan. Ark Registon va Jangob (Janggoh) ariqlari oralig&#8217;ida joylashgan. Topilgan turli uy-ro&#8217;zg&#8217;or buyumlari, ayniqsa nozik did bilan ishlangan bejirim sirlangan sopol idishlar Binkat kulollarining yuksak mahoratga ega bo&#8217;lganliklarini ko&#8217;rsatadi. Tarixiy manbalar (Makdisiy va boshqalarning asarlari)da ham Binkat kulolchilik mahsulotlarining &#171;tengi yo&#8217;q&#187;ligi haqida qayd etilgan. Shahriston hududidan 11 \u2014 12-asrlarga oid bir necha kulolchilik xumdonlarining qoldiqlari topildi. Rabodlar hududida kulolchilik, temirchilik, shishasozlik ustaxonalari va g&#8217;isht xumdonlari bo&#8217;lganligi aniklandi. Binkat Shosh viloyatining madaniy, savdo-hunarmandchilik markazi bo&#8217;lganligini qadimda shahar atrofida joylashgan qishloqlar hududida olib borilgan arxeologik qazishlar ham tasdiqladi. Topilmalar har bir qishloq aholisi alohida kasb bilan shug&#8217;ullanganligini ko&#8217;rsatdi. Binkat 10 \u2014 11-asrlardan Toshkent nomini olgan. L. D..Mukminova R. G., O&#8217;zbekistonning o&#8217;rta asr shaharlari tarixidan lavhalar, T., 1973; Buryakov Yu. F., Toshkent vohasining qadimiy karvon yo&#8217;llari, T., 1978; Muhammadjonov A., Qadimgi Toshkent, T., 1988. Abdulahad Muhammadjanov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BINKAT \u2014 Shosh (Choch) tarixiy viloyatining Markaziy shahri (9 \u2014 12-asrlar). Xarobasi hozirgi Toshkentning eski shahar qismidagi binolar ostida saqlangan. 10-asr tarixiy ma&#8217;lumotlariga ko&#8217;ra, Binkatning uzunligi ham, kengligi ham 1 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/binkat\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16782","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16782","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16782"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16782\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16787,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16782\/revisions\/16787"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16782"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16782"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16782"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}