{"id":16822,"date":"2022-02-05T17:59:26","date_gmt":"2022-02-05T14:59:26","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16822"},"modified":"2022-02-05T17:59:28","modified_gmt":"2022-02-05T14:59:28","slug":"biogenetik-qonun","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/biogenetik-qonun\/","title":{"rendered":"BIOGENETIK QONUN"},"content":{"rendered":"\n<p>BIOGENETIK QONUN \u2014 organizmlarning individual taraqqiyoti (ontogenezi) va tarixiy taraqqiyoti (filogenezi) o&#8217;rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi tushunchalar majmui. Birinchi marta F. Myuller (1864) ochgan, E. Gekkel (1866) tomonidan tavsiflab berilgan. Biogenetik qonunga muvofiq tuxum hujayra urug&#8217;lanishdan boshlab undan yetuk organizm rivojlanishiga qadar mazkur organizm o&#8217;z turi tarixiy taraqqiyotining asosiy bosqichlarini qisqa takrorlaydi, ya&#8217;ni ontogenez filogenezning qisqacha takrorlanishi (rekapitulyatsiyasi)dan iborat. Filogenez Gekkel fikricha, ontogenez so&#8217;ngida yangi davrlarning paydo bo&#8217;lishi orqali amalga oshadi. Pekin ontogenez cheksiz uzayishi mumkin emas, shuning uchun ontogenezda takrorlanadigan filogenetik davrlar asta-sekin qisqara boradi. Bundan tashqari, ontogenezning hamma davrlarida yashash muhiti sharoitiga moslashish tufayli yangi belgilar paydo bo&#8217;ladi. Rekapitulyatsiyani buzadigan bu belgilarni Gekkel tsenogenez, o&#8217;zgarmas (kontservativ) belgilar va jarayonlarni palingenez deb atagan. Biogenetik qonun embriologik dalillardan filogenez jarayonini tushuntirishda foydalanishga imkon beradi. Gekkel filogenetik tadqiqotlar uchun uchlik parallelizmi metodini, ya&#8217;ni paleontologiya, solishtirma anatomiya va embriologiya dalillarini solishtirishni taklif etadi. Gekkel fikricha, ontogenezda filogenetik davrlar bir butunligicha takrorlanadi. Keyingi tadqiqotlar har bir organizm tsenogenezi juda ko&#8217;p bo&#8217;lishini va bir butun filogenetik davrlarning rekapitulyatsiyasi mumkin emasligini ko&#8217;rsatdi. Faqat ayrim belgilar va jarayonlar rekapitulyatsiya bo&#8217;ladi. A. N. Seversov filembriogenez kontseptsiyasini ishlab chiqdi. Unga binoan organizmlar evolyutsiyasi ontogenezning har qanday davridagi irsiy o&#8217;zgarishlar asosida boradi; filogenez ontogenezning genetik qatoridan iborat, Biogenetik qonun esa faqat onto va filogenez nisbatlarining ayrim tomonlarini aks ettiradi, shuning uchun muayyan tur ontogenezi evolyutsiyada ontogenez so&#8217;nggi davrlarining qo&#8217;shilishi orqali amal qiladi. Biogenetik qonun butun organik dunyoga tegishli bo&#8217;lib, Darvinning evolyutsion nazariyasini isbotlash va rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BIOGENETIK QONUN \u2014 organizmlarning individual taraqqiyoti (ontogenezi) va tarixiy taraqqiyoti (filogenezi) o&#8217;rtasidagi munosabatlarni ifodalovchi tushunchalar majmui. Birinchi marta F. Myuller (1864) ochgan, E. Gekkel (1866) tomonidan tavsiflab berilgan. Biogenetik qonunga &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/biogenetik-qonun\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16822","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16822","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16822"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16822\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16823,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16822\/revisions\/16823"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16822"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16822"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16822"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}