{"id":16830,"date":"2022-02-05T18:56:40","date_gmt":"2022-02-05T15:56:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16830"},"modified":"2022-02-05T18:56:43","modified_gmt":"2022-02-05T15:56:43","slug":"biogeosenoz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/biogeosenoz\/","title":{"rendered":"BIOGEOSENOZ"},"content":{"rendered":"\n<p>BIOGEOSENOZ (bio&#8230;, Geo&#8230; va Yunoncha koinos \u2014 umumiy), ekosistema \u2014 yer yuzining muayyan bir qismi doirasida shakllangan tabiat sistemalarining o&#8217;zaro boglangan va bir-birini taqozo etadigan murakkab majmui. Jami Biogeosenozning organik moddalari va energiya potentsialini yaratuvchi yashil o&#8217;simliklar Biogeosenozning asosiy komponenti hisoblanadi. Biogeosenoz tabiatdagi eng murakkab sistemalardan biri. Avtotrof organizmlar (fotosintezlovchi yashil o&#8217;simliklar va xemosintezlovchi mikroorganizmlar) hamda geterotrof organizmlar (hayvonlar, zamburug&#8217;lar, ko&#8217;pgina bakteriyalar, viruslar) Biogeosenozning tirik komponentlariga, atmosferaning Yerga yaqin qatlami, undagi gaz hamda issiqlik resurslari, Quyosh energiyasi, tuproq va uning suvmineral resurslari esa jonsiz komponentlariga kiradi. Biogeosenoz taraqqiy etib va o&#8217;zgarib turadi. Yerning jami Biogeosenozlari majmui biosferami tashkil etadi. Biogeosenoz o&#8217;z tarkibining nisbatan turg\u2019unligi, bir xilligi bilan ajralib turadi, shu bilan birga ularning inson faoliyati bilan yaratiladiganlari juda o&#8217;zgaruvchan. Har bir Biogeosenoz yagona murakkab organizmni tashkil etadi. Shuning uchun unga ta&#8217;sir etishda Biogeosenozning hamma komponentlari o&#8217;rtasida vujudga kelgan aloqadorlik va o&#8217;zaro ta&#8217;sirini hisobga olish zarur. Biogeosenozdagi bir yoki bir qancha komponentlarning o&#8217;zgarishi biogeosenozaro bog\u2019lanishning barcha majmui butunligini buzilishga olib keladi. Masalan, dunyo bo&#8217;yicha qishloq xo\u2019jalik ekinlari hosilining o&#8217;rtacha 25% zararkunanda va kasalliklardan nobud bo&#8217;ladi. Ularga qarshi kimyoviy preparatlar qo&#8217;llash bevosita ijobiy natijalar berish bilan birga jiddiy salbiy oqibatlarga ham olib keladi va pirovardida inson tomonidan yaratilgan sun&#8217;iy Biogeosenoz, ya&#8217;ni agrosenoz mahsuldorligiga salbiy ta&#8217;sir ko&#8217;rsatadi. O&#8217;rta Osiyoning qurg&#8217;oqchil yerlarida sun&#8217;iy Biogeosenozning shakllanishi (masalan, Mirzacho&#8217;lning o&#8217;zlashtirilishi) katta ahamiyatga ega bo&#8217;lib, insonning tabiatga rejali ravishda ta&#8217;sir ko&#8217;rsatishiga misol bo&#8217;la oladi. Har yili sug\u2019oriladigan yerlar agrosenozlaridan olinayotgan millionlab tonna paxtani aytib o&#8217;tishning o&#8217;zi kifoya. Agrosenoz, xususan paxta agrosenozi, ayniqsa, monokultura sharoitida sodda, past darajada rivojlangan va shu sababli noturgun sistemaga aylanadi. Shuning uchun agrosenozlarda turlar bo&#8217;yicha xilma-xillikka intilish zarur. Bu yo&#8217;nalishda dala ihota o&#8217;rmon mintaqalari barpo etish, ilmiy asoslangan almashlab ekishni o&#8217;zlashtirish, qishloq xo\u2019jalik zararkunandalariga qarshi kurashning biologik usullarini qo&#8217;llash, ya&#8217;ni agrosenozlarga foydali hayvonlarni, masalan, entomofaglarni jalb etish va boshqa ma&#8217;lum ahamiyatga ega. Biogeosenoz haqidagi bilimlar, texnika imkoniyatlari, xo&#8217;jalik yuritish iqtisodiyoti va madaniyati rivojlangan sari Biogeosenoz tarkibidagi agrosenozlar ekinlar mahsuldorligini oshirishda yanada samarador bo&#8217;ladi. Abdukarim Zikiryoyev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BIOGEOSENOZ (bio&#8230;, Geo&#8230; va Yunoncha koinos \u2014 umumiy), ekosistema \u2014 yer yuzining muayyan bir qismi doirasida shakllangan tabiat sistemalarining o&#8217;zaro boglangan va bir-birini taqozo etadigan murakkab majmui. Jami Biogeosenozning organik &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/biogeosenoz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16830","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16830","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16830"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16830\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16835,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16830\/revisions\/16835"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16830"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16830"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16830"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}