{"id":16834,"date":"2022-02-05T18:59:49","date_gmt":"2022-02-05T15:59:49","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16834"},"modified":"2022-02-05T18:59:51","modified_gmt":"2022-02-05T15:59:51","slug":"bioindikatorlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bioindikatorlar\/","title":{"rendered":"BIOINDIKATORLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BIOINDIKATORLAR (bio&#8230; va lotincha indico\u2014ko&#8217;rsataman, aniqlayman)\u2014 soni yoki rivojlanish xususiyatlarining o&#8217;zgarishi orqali yashash muhitida sodir bo&#8217;layotgan tabiiy jarayonlar, sharoit yoki antropogen o&#8217;zgarishlardan darak beruvchi tirik organizmlar. Ko&#8217;pchilik organizmlar yashash muhiti omillari (tuproq, suv va atmosferaning kimyoviy tarkibi, ikdim va ob-havo sharoiti, boshqa organizmlarning bo&#8217;lishi va boshqalar) ga juda sezgir bo&#8217;lib, bu omillar muayyan, ko&#8217;pincha cheklangan chegarada o&#8217;zgargandagina hayot kechira oladi. Masalan, dengizda Baliqchi qushlarning to&#8217;planishi baliqlar to&#8217;dasi kelayotganligini ko&#8217;rsatadi. Maxsus plankton va bentos organizmlari esa suv massasi va oqimining paydo bo&#8217;lishi yoki suv havzasining sho&#8217;rlanganlik darajasi, harorati va boshqa xususiyatlarining ko&#8217;rsatkichi hisoblanadi. Lishayniklar va ayrim ninabarglilar atmosfera havosi, buloqchilar va bahorikorlar lichinkalari suv havzalari tozaligining Bioindikatorlar hisoblanadi. Tuproqda yashaydigan bir qancha mikroorganizmlar va o&#8217;simliklardan foydali qazilma boyliklarni qidirib topishda Bioindikatorlar sifatida foydalaniladi. Tuproq hayvonlari kompleksiga binoan tuproq tiplari va ularni odamning xo&#8217;jalik faoliyati ta&#8217;sirida o&#8217;zgarishini aniqlash mumkin. Bioindikatorlar yordamida substratda vitaminlar, antibiotiklar, gormonlar va boshqa biologik faol moddalar bo&#8217;lishini, har xil kimyoviy moddalar (rayon, tuzlar tarkibi va boshqalar) hamda fizik omillar (radioaktivlik va boshqalar) intensivligini baholash, shuningdek uzoq tarixiy jarayonlarni ta&#8217;riflab berish mumkin. Masalan, Qizilqum quduqlarida chig&#8217;anoqli bir xujayralilarning topilishi hoz. qumlik cho&#8217;l o&#8217;rnida qadimda dengiz bo&#8217;lganligidan darak beradi. Tabiiy muhitning ifloslanishi darajasini nazorat qilib borish (monitoring) Bioindikatorlardan foydalanishning eng muhim tomonlaridan biri hisoblanadi. Masalan, suvlar florasi va faunasi tarkibi, ulardagi ayrim turlarning miqdoriy ko&#8217;rsatkichlariga binoan suvlarning ifloslanish darajasi va xususiyatlari, ularni ichishga yoki xo&#8217;jalik maqsadlarida foydalanishga yaroqligi hamda tozalash inshootlarining samaradorligiga baho berish mumkin. Kosmonavtikada Bioindikatorlar yordamida kosmik fazoda tirik organizmning normal hayot kechirishiga yordam beradigan sistemalar sinab ko&#8217;riladi. Masalan, 1966 yil &#171;Kosmos 110&#8243;da itlarni uchirish orqali Kosmosda uzoq uchish paytida organizmda sodir bo&#8217;ladigan o&#8217;zgarishlar va kosmik kema biologik sistemasi tekshirib ko&#8217;riddi. Bioindikatorlar orqali olingan ma&#8217;lumotlar kosmik uchish apparatlaridagi avtomatik sistemalarni insonning hayoti uchun qulayligini aniqlash va xavfli vaziyat paydo bo&#8217;lganida tegishli tadbirlarni ishlab chiqish imkonini beradi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BIOINDIKATORLAR (bio&#8230; va lotincha indico\u2014ko&#8217;rsataman, aniqlayman)\u2014 soni yoki rivojlanish xususiyatlarining o&#8217;zgarishi orqali yashash muhitida sodir bo&#8217;layotgan tabiiy jarayonlar, sharoit yoki antropogen o&#8217;zgarishlardan darak beruvchi tirik organizmlar. Ko&#8217;pchilik organizmlar yashash muhiti &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bioindikatorlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16834","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16834","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16834"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16834\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16839,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16834\/revisions\/16839"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16834"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16834"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16834"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}