{"id":16955,"date":"2022-02-07T10:05:40","date_gmt":"2022-02-07T07:05:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=16955"},"modified":"2022-02-07T10:05:41","modified_gmt":"2022-02-07T07:05:41","slug":"bioelektr-potentsiallar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bioelektr-potentsiallar\/","title":{"rendered":"BIOELEKTR POTENTSIALLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BIOELEKTR POTENTSIALLAR \u2014 tirik organizmlar va ularning ayrim hujayralarida paydo bo&#8217;ladigan elektr potentsiallar, qo&#8217;zg&#8217;alish va tormozlanish jarayonlarining eng muhim tarkibiy qismi. Bioelektrik potensiallar \u2014 &#171;hayvon elektri&#187; to&#8217;g&#8217;risidagi dastlabki ma&#8217;lumot 18-asrning o&#8217;rtalarida elektr baliqlarining &#171;zarba&#187;larini o&#8217;rganish tufayli paydo bo&#8217;ldi. Bioelektrik potensiallar to&#8217;g&#8217;risidagi ta&#8217;limotning asoschisi italiyalik olim L. Galvani hisoblanadi. L. Galvani bilan A. Volta &#171;hayvonlar elektri&#187;ni o&#8217;rganib, elektr toki hosil qilishning yangi Volta usulini kashf etishdi va galvanik elementlar yaratildi (1791-97). Italiyalik K. Matteuchchi ilk bor (1837) galvanik elementlar yordamida Bioelektrik potensiallarni o&#8217;lchab ko\u2019rgan. Nemis olimi E. Dyubua Raymon muskul va nerv hujayrasi Bioelektrik potensiallarni o&#8217;rganib, tinchlik holatida hujayraning ichki va tashqi muhiti o&#8217;rtasida statsionar potentsiallar farqi (tinchlik potentsiali) mavjudligi, bu farq qo&#8217;zg&#8217;alish holatida qonuniy o&#8217;zgarishini ko&#8217;rsatib berdi. 1868 yil Yu. Bernshteyn nerv tolalari bo&#8217;ylab qo&#8217;zg&#8217;alishning tarqalishida sekundning bir necha mingdan bir qismida davom etadigan alohida potentsial tebranishlarni o&#8217;lchash metodini ishlab chiqdi. A. E. Vvedenskiy nerv va muskullarda ritmik potentsiallarni telefon yordamida eshitib ko&#8217;rdi (1883). Bioelektrik potensiallarni o&#8217;rganish sohasidagi asosiy yutuqlar electron kuchaytirgich texnikasining fiziologik tekshirishlarga tatbiq etilishi bilan bog&#8217;liq. Hujayra ichiga mikroelektrodlar kiritish usulining ishlab chiqilishi alohida tola yoki hujayra Bioelektrik potensiallarni o&#8217;rganishga imkon beradi. Kalmarlarning gigant nerv tolalaridan foydalanish orqali Bioelektrik potensiallar generasiyasi mexanizmi o&#8217;rganib chiqildi. Bu tolalarning K+ va Na+ ionlariga nisbatan o&#8217;tkazuvchanligini tekshirish asosida A. Xojkin, A. Xaksli va B. Kas 1947-52 yillarda harakat potentsiali ion mexanizmini ochib berishdi va Bioelektrik potensiallarning membrana ta&#8217;limotini yaratishdi. Hayvonlar Bioelektrik potensiallarni o&#8217;rganish tirik sistemalardagi fizik-kimyoviy jarayonlarni tushunib olishda hamda diagnostikada (elektrokardiografiya, elektroen tsefalografiya, elektromiografiya va boshqalar) katta ahamiyatga ega. O&#8217;simliklar Bioelektrik potensiallar tabiatan hayvonlarnikiga o&#8217;xshash bo&#8217;ladi (E. Dyubua Raymon, 1882). D. Ch. Bos qo&#8217;zg&#8217;atuvchiga nisbatan Bioelektrik potensiallar va elektr javob qilish barcha o&#8217;simliklarga xos ekanligini ko&#8217;rsatadi (1926). Bos tomonidan kashf etilgan juda sezgir o&#8217;zi yozadigan galvanometrlar o&#8217;simliklarning &#171;dastxati&#187;ni, ya&#8217;ni qo&#8217;zg&#8217;atuvchiga nisbatan hosil qilinadigan maxsus elektr javoblarini olishga, fizik va kimyoviy ta&#8217;sirotga o&#8217;simliklarning elektr reaksiyasini o&#8217;rganishga imkon berdi. Yirik xarasimon suv o&#8217;tlari Bioelektrik potensiallarning ion tabiatini o&#8217;rganishda klassik ob&#8217;yekt hisoblanadi. Mahmud Qosimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BIOELEKTR POTENTSIALLAR \u2014 tirik organizmlar va ularning ayrim hujayralarida paydo bo&#8217;ladigan elektr potentsiallar, qo&#8217;zg&#8217;alish va tormozlanish jarayonlarining eng muhim tarkibiy qismi. Bioelektrik potensiallar \u2014 &#171;hayvon elektri&#187; to&#8217;g&#8217;risidagi dastlabki ma&#8217;lumot 18-asrning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bioelektr-potentsiallar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-16955","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16955","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=16955"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16955\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":16958,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/16955\/revisions\/16958"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=16955"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=16955"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=16955"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}