{"id":17060,"date":"2022-02-09T10:39:22","date_gmt":"2022-02-09T07:39:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17060"},"modified":"2022-02-09T10:39:22","modified_gmt":"2022-02-09T07:39:22","slug":"ozbekiston-tasviriy-sanat-galereyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-tasviriy-sanat-galereyasi\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON TASVIRIY SAN&#8217;AT GALEREYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON TASVIRIY SAN&#8217;AT GALEREYASI \u2014 o&#8217;zbek xalqining boy badiiy merosini saqlash, tasviriy san&#8217;at asarlarini to&#8217;plash va yutuqlarini targ&#8217;ib qilishga qaratilgan madaniy-ma&#8217;rifiy muassasa. O&#8217;zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tasarrufida. O&#8217;zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 12 oktyabr &#171;Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki galereyasini tashkil qilish to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qaroriga binoan asos solingan. 2004 yildan O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrida maxsus qurilgan binoga joylashtirilgan (bosh me&#8217;mori V.N.Breusenko; bosh muhandisi G.V.Kostina). To&#8217;rtburchak tarhli bino me&#8217;morlikning eng so&#8217;nggi yutuqlarini qo&#8217;llagan holda bunyod etilgan, poydevori, zinalari marmar bilan qoplangan, ichki bezaklarida ganch o&#8217;ymakorligidan foydalanilgan. Galereyada 15 ta ko&#8217;rgazma xonasi (umumiy ekspozitsiya maydoni 3,5 ming kvadrat metr), zarur texnika uskunalari bilan jihozlangan majlislar zali hamda xazina, ma&#8217;ruza va kino zallari, kutubxona, mohir usta studiyasi, ustaxonalar, badiiy salon, kafeteriy bor. Galereya xazinasida 20-asr boshidan hozirgi kungacha yaratilgan O&#8217;zbekiston tasviriy san&#8217;atining 1000 dan ziyod rang-tasvir va grafika asarlari hamda nodir numizmatika namunalari saqlanadi. O&#8217;zbekiston tasviriy san&#8217;atining 20-asr boshlarida ijod qilgan P.Benkov, L.Bure, A.Volkov, Usto Mo&#8217;min, M.Kurzin, N.Kashina, keyinroq N.Karaxan, A.Abdullayev, O&#8217;.Tansiqboyev, N.Ko&#8217;ziboyev, Ch.Axmarov va boshqalarning asarlari bilan bir qatorda zamonaviy tasviriy san&#8217;at namoyandalari \u2014 O&#8217;zbekiston BA akademiklari B.Jalolov, J.Umarbekov, A.Mirzaev, S.Rahmetov, S.Abdullaev kabi rassomlarning asarlari ham ekspozitsiyadan o&#8217;rin olgan. Gale- Reyaning numizmatika bo&#8217;limidagi O&#8217;rta Osiyoda turli tarixiy davrlarda zarb qilingan tangalar O&#8217;zbekiston tarixini o&#8217;zida aks ettiradi hamda katta madaniy-tarixiy va ilmiy ahamiyatga egadir. Galereya O&#8217;zbekiston rang-tasvir asarlarini to&#8217;plash, saqlash, respublika boy madaniyatini o&#8217;rganish hamda tasviriy san&#8217;at asarlari ko&#8217;rgazmalarini uyushtirish orqali keng ko&#8217;lamda targ&#8217;ib qilish ishlarini amalga oshiradi, jahon badiiy madaniyati yutuqlarini o&#8217;rganadi va hoz. davr estetikasi va ijtimoiy muammolariga bag&#8217;ishlangan ilmiy anjumanlar, ma&#8217;ruzalar, seminarlar tashkil qiladi, axborotlar tayyorlaydi hamda kitob, jurnal, almanax, kataloglar nashr etadi. Ko&#8217;rgazmalar va tajribalar almashish yo&#8217;li bilan, festival, yarmarka, tanlovlar uyushtirish vositasida ilmiy, madaniy xalqaro aloqalarni yo&#8217;lga qo&#8217;yadi. Xalqaro miqyosdagi tadbirlarda qatnashadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON TASVIRIY SAN&#8217;AT GALEREYASI \u2014 o&#8217;zbek xalqining boy badiiy merosini saqlash, tasviriy san&#8217;at asarlarini to&#8217;plash va yutuqlarini targ&#8217;ib qilishga qaratilgan madaniy-ma&#8217;rifiy muassasa. O&#8217;zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tasarrufida. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-tasviriy-sanat-galereyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-17060","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17060","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17060"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17060\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17061,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17060\/revisions\/17061"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17060"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17060"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17060"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}