{"id":17115,"date":"2022-02-09T17:17:39","date_gmt":"2022-02-09T14:17:39","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17115"},"modified":"2022-02-09T17:17:39","modified_gmt":"2022-02-09T14:17:39","slug":"oqituvchi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oqituvchi\/","title":{"rendered":"O&#8217;QITUVCHI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;QITUVCHI, muallim \u2014 turli yo&#8217;nalishdagi o&#8217;rta umumiy ta&#8217;lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o&#8217;quvchilar bilan ta&#8217;lim- tarbiya ishlarini amalga oshiradigan mutaxassis. Oliy maktab O&#8217;qituvchilari &#171;domla&#187; deb yuritiladi, ular &#171;o&#8217;qituvchi-professor\u00bb tarzida umumlashma nom bilan ham ataladi. Shuningdek, O&#8217;qituvchilarga nisbatan &#171;muallim&#187; yoki &#171;pedagog&#187; atamasi ham qo&#8217;llaniladi. O&#8217;qituvchilik kasbi juda qadim zamonlardan buyon inson faoliyatining alohida turi sifatida mavjud. Chunki inson faqat ta&#8217;limtarbiya tufayligini hayotini davom ettira va rivojlantira oladi. Tamaddunning Ossuriya, Bobil, Misr, Turkiston, Hindiston, Xitoy singari qadimiy o&#8217;choqlarida topilgan tarixiy-madaniy obidalar bu o&#8217;lkalarda O&#8217;qituvchilik kasbi juda qadim zamonlarda shakllanganligini ko&#8217;rsatadi. Bu davrlarda eng oqil, tajribali kishilar O&#8217;qituvchilik bilan shug&#8217;ullanishgan va ular boshqalarga qaraganda katta imtiyozlarga ega bo&#8217;lishgan. Yunonistonda faqat ozod kishilargina O&#8217;qituvchilik qilishga haqli hisoblangan. Ular mamlakatning turli xil shaharlarida grammatistlar, pedanomlar, didaskallar, pedotriblar shaklida nomlanganlar va ko&#8217;pincha o&#8217;z shaxsiy maktablariga ega bo&#8217;lganlar. Boy oilalarda esa, ta&#8217;lim-tarbiya ishi bilimli va savodli qullarga topshirilib, ular paydagoglar (&#171;pedagog&#187; so&#8217;zi shundan kelib chiqqan), ya&#8217;ni &#171;bola yetaklovchilar&#187; deb atalgan. Rim imperiyasida O&#8217;qituvchi imperator nomidan tayinlanadigan davlat amaldori sanalgan. O&#8217;rta asrlarga kelib, G&#8217;arb mamlakatlarida O&#8217;qituvchilik bilan, asosan, cherkov xizmatchilari shug&#8217;ullanishgan. Shaharlarda dunyoviy maktablar tashkil topgach, hunarmandchilik tsexlari va savdogarlar gildiyalari tomonidan taklif etilgan yollanma O&#8217;qituvchilar paydo bo&#8217;ldi. Texnika taraqqiy etib, fkazdlar ko&#8217;payishi bilan O&#8217;qituvchilik eng ommaviy kasblardan biriga aylandi. Chunki ma&#8217;lum darajada ta&#8217;lim ko&#8217;rmagan odam texnika vositalaridan foydalana olmas edi. Buning uchun esa, ko&#8217;plab maktab va O&#8217;qituvchi kerak bo&#8217;lardi. Ayni vaqtda, 18-19-asrlarda boy oilalarda murabbiy, guvernyor singari uy O&#8217;qituvchilaridan foydalanish keng yoyildi. Sharq mamlakatlari, jumladan, Turkiston o&#8217;lkasida ham O&#8217;qituvchi eng qadimiy va obro&#8217;li kasb hisoblanib, &#171;ustoz&#187; deb e&#8217;zozlangan. O&#8217;lkaga Islom dini kirib kelishi bilan har bir qishloq, shaharlardagi har bir mahallada masjid va deyarli har bir masjid qoshida maktab tashkil etildi. Bu maktablarning O&#8217;qituvchilari domla deb ataldi. Shuningdek, maktablar alohida shaxslar uyida ham tashkil etilib, ular maktabdor deyilgan. O&#8217;lkamizda qizlarni o&#8217;qitishga ham alohida e&#8217;tibor qaratilib, savodli ayollar uylarida otinoyi maktablari tashkil etilgan. Bu maktab O&#8217;qituvchilari otinoyi yoki otinbibi deb yuritilgan. Ta&#8217;lim davlatdan ajratilganligi, bolalarning o&#8217;qishi, asosan, ota-onalarning ishi hisoblangani uchun ham Turkistonda O&#8217;qituvchilik kasbiga maxsus tayyorlanilmagan. Madrasa ko&#8217;rgan yoki maktabdan so&#8217;ng o&#8217;z ustida ishlagan savodli kishi O&#8217;qituvchilik bilan shug&#8217;ullanishi mumkin bo&#8217;lgan. 19-asrning oxiridan, ya&#8217;ni o&#8217;lkada ma&#8217;rifatchilik harakati paydo bo&#8217;lishi bilan O&#8217;qituvchining saviyasiga alohida e&#8217;tibor beriladigan bo&#8217;ldi. Turkistonda an&#8217;anaviy yo&#8217;sinda o&#8217;qitadigan O&#8217;qituvchilar bilan birga Yevropa mamalakatlaridan o&#8217;zlashtirilgan usullarda dars beradigan yangi muallimlar ham faoliyat ko&#8217;rsata boshladi. Bu hol, ayniqsa, jadidchilik harakati avj olgan kezlarda ancha keng yoyildi. O&#8217;qituvchilar saviyasining oshganligi millat ruhiyatida uyg&#8217;onish bo&#8217;lishiga, taraqqiyotning bir qadar tezlashuviga olib keldi. O&#8217;qituvchi oldida turgan vazifalar va uning mavqei jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha bo&#8217;lgan. Jamiyat gullab-yashnagan davrda unga e&#8217;tibor yuksak bo&#8217;ldi yoki O&#8217;qituvchining mavqei ko&#8217;tarilgani uchun jamiyat rivoj topdi. Oktyabr to&#8217;ntarishi amalga oshgandan so&#8217;ng va sho&#8217;rolarning o&#8217;z oldiga qo&#8217;ygan ommani yoppasiga savodli qilish vazifasini bajarish uchun Turkistonda ham tizimli ravishda O&#8217;qituvchi tayyorlash yo&#8217;lga qo&#8217;yildi. Chunki butun o&#8217;lka bo&#8217;ylab ochilgan maktablarda ishlaydigan mutaxassislar kerak edi. Shu sababli O&#8217;qituvchilar sho&#8217;ro hokimiyatining dastlabki yillarida urushga olinmaydigan bo&#8217;ldi. Ta&#8217;lim tizimi ham mafkuraga bo&#8217;ysundirilgan sho&#8217;ro davrida O&#8217;qituvchilar hukmron siyosatni o&#8217;tkazuvchi kuchga aylantirildi. Ular bevosita ta&#8217;lim-tarbiyaga tegishli bo&#8217;lmagan turli g&#8217;oyaviy-siyosiy hamda tashkiliy ishlarga me&#8217;yoridan ortiq jalb etildi. O&#8217;ziga xos bo&#8217;lmagan ishlar bilan shug&#8217;ullanish O&#8217;qituvchilar obro&#8217;sining pasayishiga olib keldi. Sobiq Ittifoq tarkibidagi boshqa respublikalar singari O&#8217;zbekistonda ham 1936 yil 10 apreldan SSSR MIK va XKS tomonidan shaxsiy O&#8217;qituvchi unvoni (ixtisosligi) joriy etildi. O&#8217;shandan boshlab pedagogika o&#8217;quv yurtini bitirgan va davlat imtihoni topshirgan shaxsga rasmiy tarzda O&#8217;qituvchi ixtisosligi beriladigan bo&#8217;ldi. O&#8217;zbekiston mustaqillikka erishgach, O&#8217;qituvchi tayyorlashga alohida e&#8217;tibor berila boshlandi. Bu &#171;Ta&#8217;lim to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonun (1997 yil 29 avgustda qabul qilingan) va kadrlar tayyorlash milliy dasturida o&#8217;z aksini topdi. O&#8217;zbekistonda O&#8217;qituvchilar universitetlar, pedagogika o&#8217;quv yurtlarida tayyorlanadi. O&#8217;qituvchi o&#8217;z pedagogik faoliyati jarayonida ilmiy bilimlarni egallab, pedagogik qobiliyatini shakllantirib boradi. Mamlakatda o&#8217;qituvchilar malakasini oshirish tizimi joriy etilgan, har bir O&#8217;qituvchiga o&#8217;qituvchilar malakasini oshirish institutlarida bepul pedagogik va metodik yordam olish imkoniyati berilgan. Mamlakatda har yili 1 oktyabrda &#171;O&#8217;qituvchilar va murabbiylar&#187; kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Respublikada &#171;O&#8217;zbekiston Respublikasi xalq o&#8217;qituvchisi&#187;, &#171;O&#8217;zbekiston Respublikasida xizmat ko&#8217;rsatgan xalq ta&#8217;limi xodimi&#187;, &#171;O&#8217;zbekiston Respublikasida xizmat ko&#8217;rsatgan yoshlar murabbiysi&#187; singari faxriy unvonlar mavjud. O&#8217;qituvchilarga maksimal darajada qisqa ish kuni va haq to&#8217;lanadigan eng uzun mehnat ta&#8217;tili belgilangan. Shuningdek, O&#8217;qituvchilar uchun xalq ta&#8217;limi va pedagogika gazeta va jurnallari, jumladan, o&#8217;zbek tilida &#171;Ma&#8217;rifat&#187;, rus tilida &#171;Uchitelskaya gazeta&#187; (&#171;O&#8217;qituvchilar gazetasi&#187;) gazetalari, &#171;Xalq ta&#8217;limi&#187;, &#171;Boshlang&#8217;ich ta&#8217;lim&#187;, &#171;Uzluksiz ta&#8217;lim&#187;, &#171;Ta&#8217;lim taraqqiyoti&#187;, &#171;Ta&#8217;lim va tarbiya&#187;, &#171;Til va adabiyot ta&#8217;limi&#187; jurnallari, pedagogik va metodik adabiyotlar nashr etiladi. 2002\/03 o&#8217;quv yili boshida O&#8217;zbekistondagi kunduzgi umumiy ta&#8217;lim maktablarida 461,1 ming o&#8217;qituvchi ishladi. Ulardan 5 kishi (M.Ismatova, M. Madaliyeva, M.Zokirov, V. Pak, A. Mahmudova) O&#8217;zbekiston Qahramonidir (2005). Shuni aytish kerakki, O&#8217;qituvchi alohida ijtimoiy hodisa bo&#8217;lib, jamiyat a&#8217;zolarining shakllanishiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsatgani uchun ham uning shaxslik sifatlari kasbiy fazilatlaridan muhimroq hisoblanadi. Chunki u jamiyatning buguni va ertangi kuni qiyofasini shakllantiradi. Shuning uchun ham O&#8217;qituvchining professional jihatdangina yetuk bo&#8217;lishi kifoya qilmaydi. Uning ma&#8217;naviy olami o&#8217;quvchilarga singdirilishi ko&#8217;zda tutilgan ezgu insoniy sifatlarga to&#8217;yingan bo&#8217;lishi kerak. O&#8217;qituvchilar tayyorlanadigan o&#8217;quv yurtlarida ayni shu jihatga alohida e&#8217;tibor qaratiladi. Hozirgi pedagogika fani O&#8217;qituvchining amaliyotchilik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik, vositachilik, ijrochilik singari vazifalari borligini qayd etadi. Ana shu vazifalarni to&#8217;la uddalaydigan O&#8217;qituvchigina bugungi yosh avlodning barkamol shaxslar sifatida shakllanishiga ta&#8217;sir ko&#8217;rsata oladi. Istiqlol davri O&#8217;qituvchilarida ana shunday xususiyatlarni qaror toptirish mamlakat taraqqiyotini ta&#8217;minlash omilidir. Ad.: Barkamol avlod orzusi, T., 2000; O&#8217;zbek pedagogikasi antologiyasi [tuzuvchilar K. Hoshimov, S.Ochil), 1\u20142j.lar, T., 1995, 1999; pedagogik izlanish, T., 1990; Yo&#8217;ldoshev Q., O&#8217;qituvchi kitobi, T., 1997. Qozoqboy Yo&#8217;ldoshev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;QITUVCHI, muallim \u2014 turli yo&#8217;nalishdagi o&#8217;rta umumiy ta&#8217;lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o&#8217;quvchilar bilan ta&#8217;lim- tarbiya ishlarini amalga oshiradigan mutaxassis. Oliy maktab O&#8217;qituvchilari &#171;domla&#187; deb yuritiladi, ular &#171;o&#8217;qituvchi-professor\u00bb &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/oqituvchi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-17115","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17115","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17115"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17115\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17116,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17115\/revisions\/17116"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17115"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17115"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17115"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}