{"id":17119,"date":"2022-02-09T19:09:55","date_gmt":"2022-02-09T16:09:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17119"},"modified":"2022-02-09T19:10:00","modified_gmt":"2022-02-09T16:10:00","slug":"birinchi-jahon-urushi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/birinchi-jahon-urushi\/","title":{"rendered":"BIRINCHI JAHON URUSHI"},"content":{"rendered":"\n<p>BIRINCHI JAHON URUSHI (1914-18) \u2014 davlatlarning ikki koalitsiyasi: Markaziy davlatlar (Germaniya, Avstriya-Vengriya, Turkiya, Bolgariya) va Antanta (Rossiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya,Serbiya, keyinchalik Yaponiya, Italiya, Ruminiya, AQSh va boshqalar; jami 34 davlat) o&#8217;rtasidagi urush. 1914 yil 15 (28) iyulda Avstriya-Vengriya sarayevodagi qotillik ayan bahona sifatida foydalanib, Germaniyaning to&#8217;g&#8217;ridan-to&#8217;g&#8217;ri tazyiqi ostida Serbiyaga urush e&#8217;lon qildi. 19 iyul (1 avgust) da Germaniya Rossiyaga, 21 iyul (3 avgust) da Frantsiyaga; 22 iyul (4 avgust)da Buyuk Britaniya Germaniyaga qarshi urush boshladi. 1914 yil 10 (23) avgustda Yaponiya Antanta tomonida urushga kirdi. Urushning 1oylarida Germaniya qo&#8217;mondonligining Frantsiyani tormor etish va uni urushdan chiqarish haqidagi mo&#8217;ljali barbod bo&#8217;ldi, chunki rus qo&#8217;shinlarining Sharqiy Prussiyaga hujumi bunga ta&#8217;sir etdi (1-bosqichda muvaffaqiyat qozongan 1914 yilgi Sharqiy Prussiya operatsiyasi rus armiyasining og&#8217;ir mag&#8217;lubiyati bilan tugadi). 1914 yil avgust\u2014sentabrda rus qo&#8217;shinlari Galisiya jangida Avstriya-Vengriya qo&#8217;shinlarini yengib, Galitsiyaning katta qismini egalladilar, oktabr oyida esa Polshadagi Avstriya-Vengriya qo&#8217;shinlarining qarshi hujumini qaytardilar. 1914 yil 16 (29) oktabrda Germaniya bloki tomonidan Turkiya urushga kirdi. Zakavkaze, Mesopotamiya, Suriyaning Sharqiy chegarasi va Falastinda frontlar vujudga keldi. 1914 yil dekabr-1915 yil yanvarda Turkiya armiyasi Zakavkazeda rus qo&#8217;shinlaridan mag&#8217;lubiyatga uchradi. 1915 yil Germaniya blokining 268 diviziyasidan 107 tasi rus frontida edi. Rus qo&#8217;shinlari chekinib, Galisiyani, Polshani va Boltiq bo&#8217;yining bir qismini tashlab chiqib ketdilar. 1915 yil 10 (23) mayda Italiya Antantaga qo&#8217;shildi. 1915 yil 1 (14) oktabrda Germaniya-Avstriya bloki tomonidan Bolgariya urushga kirdi. 1915 yil Germaniya dengiz yo&#8217;llarining hukmroni bo&#8217;lgan ingliz flotini ko&#8217;plab suv osti janglari yordamida ham holdan toydira olmadi. 1916 yil Germaniyaning Verden rayonida G&#8217;arbiy frontni yorib o&#8217;tishga urinishi barbod bo&#8217;ldi; bu ozmi-ko&#8217;pmi rus qo&#8217;shinlarining Galisiyada boshlagan muvaffaqiyatli hujumlari natijasi edi. 1916 yil 14 (27) avgustda Antanta tomonida Ruminiya urushga kirdi, biroq yil oxiriga borib rumin armiyasi tormor qilindi. 1917 yil aprel\u2014may oylarida ingliz-frantsuz armiyalarining utkazgan hujum operatsiyalari natijasiz bo&#8217;ldi. Oktabr to&#8217;ntarishidan keyin sho&#8217;ro hukumati urushayotgan hamma davlatlarga anneksiyalar va kontribusiyalarsiz sulh tuzish haqidagi taklif bilan murojaat qildi. Antanta va AQSh taklifni rad etdi. Bunday sharoitda sho&#8217;rolar davlati Brest sulhi (1918)ni tuzishga majbur bo&#8217;ldi. 1918 yil mayidan amerikalik qo&#8217;shinlar harakat qila boshlagan G&#8217;arbiy frontda (AQSh 1917 yil aprelda urushga kirgandi) harbiy harakatlar Germaniya va uning ittifoqchilarining to&#8217;la mag&#8217;lubiyati bilan tugadi. 1918 yil 29 sentabeda Bolgariya, 30 oktabrda Turkiya, 3 noyabrda Avstriya-Vengriya, 11 noyabrda Germaniya taslim bo&#8217;ladi. Parij sulh konferentsiyasi (1919-20)da Germaniya va uning ittifoqchilari bilan sulh shartnomalarining uzil-kesil shartlari ishlab chiqildi. Urushga 38 davlat jalb qilingan edi. Harakatdagi armiyadagilar soni 29 million kishidan ortiq bo&#8217;lib, safarbar qilinganlar 74 million kishiga yetdi. Urushgan mamlakatlar 10 million kishisini yo&#8217;qotdi. 20 milliondan ortiq kishi yarador qilindi. 1916 yil 25 iyunda Rossiya imperatori Nikolay II &#171;Imperiyadagi begona xalqlar erkak aholisini harakatdagi armiya rayonida harbiy inshootlar va shuningdek, davlat mudofaasi uchun zarur bo&#8217;lgan boshqa har qanday ishlarga jalb qilish&#187; haqida farmon chiqardi. Shunga binoan Turkiston aholisidan 250 ming kishi majburan mardikorlikka safarbar qilinishi kerak edi. Bu farmon xalq g&#8217;azabini qo&#8217;zg&#8217;ab, Turkiston qo&#8217;zg&#8217;oloni (1916) ga sabab bo&#8217;ldi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BIRINCHI JAHON URUSHI (1914-18) \u2014 davlatlarning ikki koalitsiyasi: Markaziy davlatlar (Germaniya, Avstriya-Vengriya, Turkiya, Bolgariya) va Antanta (Rossiya, Frantsiya, Buyuk Britaniya,Serbiya, keyinchalik Yaponiya, Italiya, Ruminiya, AQSh va boshqalar; jami 34 davlat) &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/birinchi-jahon-urushi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17119","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17119","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17119"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17119\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17120,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17119\/revisions\/17120"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17119"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17119"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17119"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}