{"id":17189,"date":"2022-02-11T16:15:56","date_gmt":"2022-02-11T13:15:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17189"},"modified":"2022-02-11T16:15:56","modified_gmt":"2022-02-11T13:15:56","slug":"ozbekiston-qizil-yarim-oy-jamiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-qizil-yarim-oy-jamiyati\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKISTON QIZIL YARIM OY JAMIYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKISTON QIZIL YARIM OY JAMIYATI \u2014 ko&#8217;ngilli, insonparvarlik tashkiloti; jamoatchilik asosida faoliyat yuritib, o&#8217;zini o&#8217;zi boshqaradi. 1925 yil tashkil etilgan. O&#8217;sha paytda sobiq SSSRning qizil Xoch va qizil yarim oy jamiyatlari uyushmasi tarkibiga kirgan. 1992 yildan mustaqil Milliy jamiyat maqomida O&#8217;zbekiston Qizil yarim Oy jamiyati Xalqaro qizil Xoch qo&#8217;mitasi tomonidan e&#8217;tirof etilgach (1995), xalqaro Qizil Xoch va qizil yarim oy jamiyatlari federatsiyasiga a&#8217;zolikka qabul qilindi va xalqaro qizil Xoch va qizil yarim oy harakatinish faol ishtirokchisiga aylandi. Bu jamiyat davlat va uning organlariga ijtimoiy muammolarni hal etishda ko&#8217;maklashadi, yordamga muhtoj fuqarolarga nisbatan, ularning irqi, millati, jinsi, diniy va siyosiy e&#8217;tiqodlaridan qat&#8217;i nazar, tinchlik o&#8217;rnatishga qaratilgan, mehrshafqat, insonparvarlik missiyasini bajaradi. Hozirgi vaqtda Bu jamiyatning 15 ta mintaqaviy, 206 ta tuman (shahar) va 1500 dan ortiq boshlang&#8217;ich tashkiloti, 200 mingdan ortiq faol a&#8217;zosi va 40 mingdan ortiq volontyor (ko&#8217;ngilli)lari bor. Qurultoy (yuqori organ), Milliy kengash va uning Rayosati jamiyatning kollegial organi hisoblanadi. O&#8217;zbekiston qizil yarim Oy jamiyatining faxriy prezidenti etib O&#8217;zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov saylangan (1992). Jamiyat har yili yuz minglab kishilarga insonparvarlik yordami ko&#8217;rsatadi. Jamiyatda &#171;Mehr-shafqat&#187; xizmati tashkil qilingan, unda 37 ta tibbiy-ijtimoiy markazlar faoliyat ko&#8217;rsatadi va 360 nafar mehr-shafqat hamshirasi ishlaydi. Yolg&#8217;iz keksalar, nogironlar, surunkali bemorlar, ko&#8217;p bolali kam ta&#8217;minlangan oilalar O&#8217;zbekiston Qizil yarim Oy jamiyatining doimiy panohida turadi. Favqulodda vaziyatlarga tayyorlanish va munosabat bildirish bo&#8217;yicha 6 ta mintaqaviy markaz tashkil etilgan, 986 ta ko&#8217;ngilli sanitar drujina jalb qilingan, ularda 23 mingdan ortiq volontyor bor. Bu ko&#8217;ngillilar tabiiy va texnogen xarakterdagi ofatlarga tezkorlik bilan munosabat bildiradi. O&#8217;zbekiston Qizil yarim Oy jamiyati yoshlar bilan ishlashga alohida e&#8217;tibor beradi, 26 ta yoshlar markazi va 35 ta yoshlar klubi tuzilgan. Ularda 2 ming nafardan ortiq volontyorlar guruhi shakllangan. Jamiyatda respublika &#171;insoniylik&#187; o&#8217;quvmetodik markazi bo&#8217;lib, bu yerda jamiyat xodimlari, a&#8217;zolari va ko&#8217;ngillilari o&#8217;qitiladi. Jamiyatning mehrshafqat kolleji tashkil etilgan. Kollej tibbiyot hamshiralarini, bolalarg&#8217;shng maktabgacha maxsus muassasasi tarbiyalovchilarini tayyorlaydi. Kollejda 850 talaba o&#8217;qiydi, ularning barchasi jamiyat ko&#8217;ngillilari bo&#8217;lib, insonparvarlik va ma&#8217;rifiy tadbirlarida qatnashadi. O&#8217;zbekiston Qizil yarim Oy jamiyati raisi O&#8217;.T.Vohidova (1992 yildan) Milliy jamiyat rivojiga qo&#8217;shgan hissasi va xalqaro qizil Xoch va qizil yarim oy harakatidagi alohida xizmatlari uchun shu harakatning nufuzli nishonlaridan biri \u2014 Ispaniya Qizil xochining oltin medali bilan taqdirlangan. Mixail Kremkov.<\/p>\n\n\n\n<p>Shuningdek o&#8217;qing: <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ozbekiston-shampani-aktsiyadorlik-jamiyati\/\">&#171;O&#8217;ZBEKISTON SHAMPANI&#187; AKTSIYADORLIK JAMIYATI<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKISTON QIZIL YARIM OY JAMIYATI \u2014 ko&#8217;ngilli, insonparvarlik tashkiloti; jamoatchilik asosida faoliyat yuritib, o&#8217;zini o&#8217;zi boshqaradi. 1925 yil tashkil etilgan. O&#8217;sha paytda sobiq SSSRning qizil Xoch va qizil yarim oy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekiston-qizil-yarim-oy-jamiyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":17190,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-17189","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17189","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17189"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17189\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17191,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17189\/revisions\/17191"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/17190"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17189"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17189"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17189"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}