{"id":17223,"date":"2022-02-12T08:40:56","date_gmt":"2022-02-12T05:40:56","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17223"},"modified":"2022-02-12T08:40:58","modified_gmt":"2022-02-12T05:40:58","slug":"birlashgan-millatlar-tashkilotining-inson-huquqlari-umumiy-deklaratsiyasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/birlashgan-millatlar-tashkilotining-inson-huquqlari-umumiy-deklaratsiyasi\/","title":{"rendered":"BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING INSON HUQUQLARI UMUMIY DEKLARATSIYASI"},"content":{"rendered":"\n<p>BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING INSON HUQUQLARI UMUMIY DEKLARATSIYASI \u2014 BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan deklaratsiya. U muqaddima va 30 moddadan iborat bo&#8217;lib, uni qabul qilishdan maqsad har bir inson va davlat mazkur deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma&#8217;rifat va ta&#8217;lim orqali shu huquq va erkinliklar hurmat qilinishiga ko\u2019maklashishi lozim. Deklaratsiya har bir insonning tabiiy va ajralmas huquq va erkinliklari e&#8217;lon etilgan asosiy xalqaro hujjatdir. Shu tariqa xalqaro munosabatlar tarixida birinchi marta insonning hamma rioya etishi zarur bo&#8217;lgan asosiy huquqlari va erkinliklari doirasi belgilab berilgan. Deklaratsiyada &#171;insoniyat oilasining hamma a&#8217;zolariga xos qadrqimmatni, ularning teng va ajralmas huquqlarini tan olish \u2014 erkinlik, adolat va yalpi tinchlik negizi&#187; ekanligi e&#8217;lon etilgan. Unga ko&#8217;ra, umum hurmat va rioya qilishi shart bo&#8217;lgan inson huquqlari doirasi shaxsiy, siyosiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy huquqlardan iboratdir. Shaxsiy huquklar orasida avvalo har bir kishining hayoti, erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqi alohida ta&#8217;kidlangan. Deklaratsiyaning boshqa qoidalari esa mazkur huquklarni to&#8217;ldiradi. Xususan, hech kim qullikda, zabun holatda tutilmasligi, qiynoqqa yoxud ayovsiz, g&#8217;ayriinsoniy, odam sha&#8217;nini yerga uradigan muomala va jazoga duchor etilmasligi; o&#8217;zboshimchalik bilan qamoqqa olinmasligi, ushlab turilmasligi lozim ekanligi qayd etilgan. Shaxs huquqlari sirasiga shaxsiy va oilaviy hayotning, turar joyning daxlsizligi huquqi, yozishmalarni sir saqlash huquqi, o&#8217;z sha&#8217;ni va obro&#8217;sini himoya qilish huquqi, Odil sudlov tomonidan muhofaza etilish huquqi kabilar kiradi (3\u2014 5, 8\u201412-moddalar). Deklaratsiyada insonning quyidagi siyosiy huquqlari hamda erkinliklari ham ta&#8217;kidlangan: fiqolash, vijdon, din erkinligi; e&#8217;tiqod erkinligi va uni erkin ifodalash huquqi; tinch yig&#8217;ilishlar o&#8217;tkazish hamda uyushmalarga a&#8217;zo bo&#8217;lish huquqi; o&#8217;z mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqi; yashirin ovoz berish yo&#8217;li bilan umumiy va teng saylash huquqi; erkin ravishda ko&#8217;chib yurish hamda o&#8217;ziga turar joy tanlash huquqi; boshpana huquqi; milliy yoki diniy alomat bo&#8217;yicha hech bir cheklovsiz nikohdan o&#8217;tish va oila qurish huquqi; mulkka egalik qilish huquqi (13\u201421-moddalar). Mehnat qilish huquqi, adolatli va yetarli ravishda taqdirlanish hamda mehnat uchun teng mehnat haqi olish huquqi, kasaba uyushmalari tuzish huquqi; dam olish huquqi; ijtimoiy ta&#8217;minlanish huquqi; onalik va bolalikni alohida himoyalash huquqi; ta&#8217;lim olish va madaniy hayotda qatnashish huquqi (22\u201427-moddalar) insonning asosiy ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hisoblanadi. Deklaratsiyada inson manfaatlarining ustuvorligi quyidagi tamoyillarda o&#8217;z aksini topgan: inson huquqlarini hurmat qilish, inson huquqlarining tengligi, inson erkinliklari, inson huquqlarini amalga oshirishning demokratik jarayoni, inson huquqlarini ta&#8217;minlashning adolatligi. Deklaratsiyada e&#8217;lon etilgan mazkur inson huquqlariga oid tamoyillarga ko\u2019ra barcha kishilar erkin tug&#8217;iladi va o&#8217;z qadr-qimmati hamda huquqlari jihatdan teng bo&#8217;lib, ular qonun oldida teng va qonun tomonidan bab-baravar himoyalanish huquqiga ega (1, 2, 7-moddalar). Mazkur Deklaratsiya qoidalari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan inson huquqlarini buzish uchun ishlatilishi mumkin emas. Har bir shaxs uchun o&#8217;zgalarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish jamiyat a&#8217;zolarining burchidir. Ushbu Deklaratsiya mustaqil O&#8217;zbekiston Respublikasi imzolagan birinchi xalqaro hujjatdir (1991 yil 30 sentabr). O&#8217;zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining &#171;Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari&#187; deb atalgan 2-bo&#8217;limi mazkur Deklaratsiya talablariga to&#8217;la mos bo&#8217;lib, unda O&#8217;zbekiston Respublikasi barcha fuqarolari teng huquq va erkinliklarga ega bo&#8217;lishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e&#8217;tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qati nazar, qonun oddida tengligi ta&#8217;kidlangan. Respublikada inson huquqlariga oid 100 dan ortiq qonunlar qabul qilingan va ular xalqaro me&#8217;yorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan. &#171;Inson huquqlari bo&#8217;yicha Oliy Majlis vakili (ombudsmen) to&#8217;g&#8217;risida&#187; qonun qabul qilingan (1997 yil 24 aprel). Inson huquqlariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazoratni ta&#8217;minlovchi milliy institutlar \u2014 inson huquqlari bo&#8217;yicha milliy markaz va amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institute ishlab turibdi. Toshkent sh.da hukumatga qarashli bo&#8217;lmagan &#171;Xyuman Rayts Votch Xelsinki&#187; xalqaro tashkilotining vakili, chet el ommaviy axborot vositalarining vakillari faoliyat ko&#8217;rsatmoqda hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa xalqaro tashkilotlar bilan yaqin aloqa o&#8217;rnatilgan. Akmal Saidov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING INSON HUQUQLARI UMUMIY DEKLARATSIYASI \u2014 BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan deklaratsiya. U muqaddima va 30 moddadan iborat bo&#8217;lib, uni qabul qilishdan maqsad &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/birlashgan-millatlar-tashkilotining-inson-huquqlari-umumiy-deklaratsiyasi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17223","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17223","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17223"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17223\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17224,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17223\/revisions\/17224"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17223"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17223"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17223"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}