{"id":17269,"date":"2022-02-12T10:11:11","date_gmt":"2022-02-12T07:11:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17269"},"modified":"2022-02-12T10:11:12","modified_gmt":"2022-02-12T07:11:12","slug":"bissinoz","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bissinoz\/","title":{"rendered":"BISSINOZ"},"content":{"rendered":"\n<p>BISSINOZ (Yunoncha byssos \u2014 tuk, tola) \u2014 texnika o&#8217;simliklarining tolali mahsuloti (paxta, jut, kanop) changining organizmga nafas yo&#8217;llari orqali uzoq vaqt kirib turishi natijasida kelib chiqadigan kasallik; pnevmokoniozlarning bir turi. Paxta tozalash zavodlarida past navli paxtani tozalashda, paxta titish va saralash tsexlarida uzoq ishlayotgan ishchilarda uchrashimumkin. Bissinozda o&#8217;pkada biriktiruvchi to&#8217;qima juda kam rivojlanib, asosan surunkali bronxit, keyinchalik o&#8217;pka emfizemasi, ba&#8217;zan bronxial astma paydo bo&#8217;ladi. Kasallikda 3 bosqich farq qilinadi: 1bosqichda faqat nafas yo&#8217;llari zararlanadi, bronxlar torayadi va bronxit belgilari namoyon bo&#8217;ladi, bemor quruq yo&#8217;taladi, ko\u2019krak qafasi bir oz qisiladi, lekin ish qobiliyatini yo&#8217;qotmaydi, 1-2 kunda tuzalib ketadi; 2-bosqich paxta tozalash zavodlarida uzoq yil ishlayotganlarda uchraydi: nafas yo&#8217;llari uzluksiz ta&#8217;sirlanishi natijasida surunkali bronxit va emfizema ancha rivojlanib, o&#8217;pkaning hayotiy sig&#8217;imi kamayadi: xarsillash kuchayib, bemor tinmay yo&#8217;taladi, balg&#8217;am tashlaydi, nafasi qisilib, nafas va yurak faoliyati buziladi, vaqt-vaqti bilan ish qobiliyatini yo&#8217;qotadi va bronxial astmaga chalinib qoladi; 3-bosqich og&#8217;ir surunkali bronxitga o&#8217;tish jarayoni bo&#8217;lib, ko&#8217;pincha surunkali pnevmoniya ham qo&#8217;shiladi; o&#8217;pkaning xayotiy sig&#8217;imi kamayishi natijasida nafas va yurak faoliyati susayadi, bemorning nafasi qisadi, havo yetishmaydi, burni, labi va barmoqlarining uchi ko&#8217;kimtir tusga kiradi. Tinmay yo&#8217;taladi, balg&#8217;am tashlaydi, ish qobiliyatini butunlay yo&#8217;qotadi. Davo kasallik bosqichi va og&#8217;irengilligiga karab tayinlanadi. Bemorni asosan yo&#8217;talga qarshi, balg&#8217;am ko&#8217;chiruvchi va yurak faoliyatini yaxshilovchi dorilar bilan davolanadi. Bissinozning oldini olish uchun ish joyini shamollatib turish, sanitariya holatini yaxshilash, mehnatni muhofaza qilish va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlarni to&#8217;g&#8217;ri yo&#8217;lga qo&#8217;yish lozim. Ishchilarni ishga qabul qilishdan oldin va ikki yilda bir marta tibbiy ko&#8217;rikdan o&#8217;tkazish zarur. To&#8217;lqin Iskanderov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BISSINOZ (Yunoncha byssos \u2014 tuk, tola) \u2014 texnika o&#8217;simliklarining tolali mahsuloti (paxta, jut, kanop) changining organizmga nafas yo&#8217;llari orqali uzoq vaqt kirib turishi natijasida kelib chiqadigan kasallik; pnevmokoniozlarning bir turi. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bissinoz\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17269","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17269","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17269"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17269\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17282,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17269\/revisions\/17282"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17269"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17269"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17269"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}