{"id":17284,"date":"2022-02-12T10:24:31","date_gmt":"2022-02-12T07:24:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17284"},"modified":"2022-02-12T10:24:32","modified_gmt":"2022-02-12T07:24:32","slug":"bistomiy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bistomiy\/","title":{"rendered":"BISTOMIY"},"content":{"rendered":"\n<p>BISTOMIY, Boyazid Tayfur binni Iso Bistomiy (?\u2014 Vistom shahri (Eron)\u2014 875) \u2014 fors sufiylik oqimining asoschilaridan biri. Tayfuriya sufiylik tariqatining piri. Uning bobosi Islomni qabul qilgan zardushtiylardan bo&#8217;lgan, butun umrini asosan Bistomda o&#8217;tkazgan. Vafotidan keyin uni Sulton alorifin laqabi bilan atay boshladilar. Bistomiy ta&#8217;limotiga ko&#8217;ra, inson zikr holatida o&#8217;zligini unutadi (g&#8217;alaba) va Xudo ishqidan mast bo&#8217;lib (sukr) butun vujudini his-tuyg&#8217;u qamrab oladi, pirovardida u Xudo bilan butunlay qo&#8217;shilib ketadi. Bunday holatni u fano (mavjudlikni yo&#8217;qotish) deb atadi va musulmon tarki dunyochiligining muhim ahamiyatli holati bo&#8217;lgan &#171;Sen mendirsan, men esa sendirman&#187; iborasining ta&#8217;rifini berdi. Buning ma&#8217;nosi shundaki, go&#8217;yo shaxs o&#8217;zligini tark etib, ilohiylikka singib ketadi va uning sifatlarini qabul qiladi, ilohiylik esa shaxsiyatga aylanadi. Bunday xulosa an&#8217;anaviy Islom tarafdorlarining ashaddiy qarshidigiga uchradi va uni xulul (xudolik da&#8217;vosini qilish)da aybladilar. Bistomiy tasavvufning ayrim tushunchalarini ishlab chiqqan bo&#8217;lsa ham, o&#8217;zining bir butun ilohiy tazimdagi ta&#8217;limotini yaratmadi. U ilohiy (lohut) va insoniy (nosut) ruhni bir-biriga biriktirishga harakat qildi, ya&#8217;ni ma&#8217;naviy va moddiy ibtidoni birbiriga qo&#8217;shishga intiddi. Bistomiy o&#8217;zidan asar qoldirmagan. Uning ibratli gaplari, nasihatlarini mulozimlari yozib olishgan. Ayrim tasavvuf kishilari Bistomiy obro&#8217;yidan foydalanib o&#8217;zlarining shariatga unchalik to&#8217;g&#8217;ri kelmaydigan fikrlarini Bistomiy fikri deb ko&#8217;rsatishga uringanlar.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BISTOMIY, Boyazid Tayfur binni Iso Bistomiy (?\u2014 Vistom shahri (Eron)\u2014 875) \u2014 fors sufiylik oqimining asoschilaridan biri. Tayfuriya sufiylik tariqatining piri. Uning bobosi Islomni qabul qilgan zardushtiylardan bo&#8217;lgan, butun umrini &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bistomiy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17284","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17284","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17284"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17284\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17293,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17284\/revisions\/17293"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17284"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17284"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17284"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}