{"id":17303,"date":"2022-02-12T12:56:40","date_gmt":"2022-02-12T09:56:40","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17303"},"modified":"2022-02-12T12:56:40","modified_gmt":"2022-02-12T09:56:40","slug":"bitumlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bitumlar\/","title":{"rendered":"BITUMLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BITUMLAR (lotincha bitumen \u2014 tog\u2019 smolasi, qatron) \u2014 uglevodorodlar va ularning azotli, kislorodli, oltingugurtli hamda tarkibida metall tutgan hosilalarining qattiq yoki smolasimon aralashmalari. Bitumlar suvda erimaydi, benzol, trixloretan va boshqa organik erituvchilarda to&#8217;liq yoki qisman eriydi. Zichligi 950\u2014 1500 kg\/m3. Tabiiy Bitumlar \u2014 qazilma yoqilg&#8217;ilarning tarkibiy qismi. Ularga neft zaxiralarida mutanosiblikning buzilishi natijasida neftning kimyoviy yoki biokimyoviy oksidlanishidan hosil bo&#8217;ladigan tabiiy hosilalari, masalan, asfalt, keritlar, maltalar, ozokeritlar va boshqalar kiradi. Sun&#8217;iy (mexanik) Bitumlar \u2014 neft, toshko&#8217;mir va slaneslarni kayta ishlash jarayonida hosil bo&#8217;ladigan koldik mahsulotlar. Tarkibi tabiiy Bitumlarga yaqin. Neft Bitumlariga eruvchanligi turlicha bo&#8217;lgan quyidagi guruhlar kiradi: 1) asfaltenlar (eng yuqori molekulali neft birikmalari) \u2014 xloroformda yaxshi eriydi, spirt, efir, atsetonda erimaydi; 2) Asfaltogen kislotalar \u2014 spirtda, xloroformda eriydigan, benzinda yomon eriydigan smolasimon moddalar; 3) neytral smolalar \u2014 neft moylari, benzol, efir, xloroformda eriydigan moddalar; 4) neft moylari; 5) karbenlar (yuqori molekulali moddalar) \u2014 asfaltenlarning oltingugurt ishtirokida zichlashuvi natijasida hosil bo&#8217;ladigan moddalar; 6) karboidlar \u2014 organik erituvchilarda erimaydigan moddalar. Asfaltenlar Bitumlarning qattiqligi va yumshash haroratini, smolalar ularning elastiklik va yopishqoqlik xususiyatini, moylar esa sovuqqa chidamligini oshiradi. Torf, toshko&#8217;mir va slaneslarni spirtbenzol aralashmasi (1:1) bilan qayta ishlash jarayonida 10-12% miqdorida Bitumlar hosil bo&#8217;ladi. Bunday Bitumlar sariq, jigarrang yoki qora rangli kattik moysimon yoxud smolasimon moddalar bo&#8217;lib, ularning elementar tarkibida 75-87% uglerod va 7-12% vodorod bo&#8217;ladi. Bitumlar va ular asosida olingan mahsulotlar (asfaltbetonlar, asfaltpolimerbetonlar, ruberoidlar, bitum loklar, bitum emulsiyalar, germetiklovchi moddalar va boshqalar) aerodromlar va avtomobil yo&#8217;llari yuzasini koplashda, platinalar, kanallar va yo&#8217;l qurilishida, quvurlar yuzasini qoplashda, elektr texnikasida, turli kabel va izolyatsiya materiallarini tayyorlashda, tom yopish materiallari sifatida va boshqalarda qo&#8217;llaniladi. Rustam Ma&#8217;rupov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BITUMLAR (lotincha bitumen \u2014 tog\u2019 smolasi, qatron) \u2014 uglevodorodlar va ularning azotli, kislorodli, oltingugurtli hamda tarkibida metall tutgan hosilalarining qattiq yoki smolasimon aralashmalari. Bitumlar suvda erimaydi, benzol, trixloretan va boshqa &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bitumlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17303","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17303","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17303"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17303\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17315,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17303\/revisions\/17315"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17303"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17303"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17303"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}