{"id":17336,"date":"2022-02-12T13:44:57","date_gmt":"2022-02-12T10:44:57","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17336"},"modified":"2022-02-12T13:44:58","modified_gmt":"2022-02-12T10:44:58","slug":"bishkek","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bishkek\/","title":{"rendered":"BISHKEK"},"content":{"rendered":"\n<p>BISHKEK (1926 yilgacha Pishpak, 1926\u201491yillarda frunze) \u2014Qirg&#8217;iziston Respublikasi poytaxti. Yirik sanoattransport tuguni, Qirg&#8217;izistonning iqtisodiy va madaniy markazi. Chu vodiysida, Qirg&#8217;iziston tizmasining shimol etagida, 700-900 metr balandlikda joylashgan. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi \u2014 5,4\u00b0, iyulniki 24,4\u00b0. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in 471 millimetr. Shahar maydoni 18,4 ming gektar. Aholisi 631,3 ming kishidan ziyod (2000); qirg&#8217;izlar 34,6%, ruslar 47,4%, ukrainlar 4,3%, tatarlar 2,5%, uyg&#8217;urlar 2,1%, o&#8217;zbeklar 1,8%, boshqa Millatlar 7,3% ni tashkil qiladi. Bishkek 4 ma&#8217;muriy tumanga bo&#8217;lingan. Hozirgi Bishkek o&#8217;rnida 1825 yil qo&#8217;qonliklar tomonidan Pishpak (qo&#8217;qonlik tarixchilar asarlarida Pishkak) qal&#8217;asiga asos solingan. 1860 va 1862 yillarda rus qo&#8217;shinlari Ashtak dovoni orqali bostirib kelib qal&#8217;ani egallagan va butunlay vayron qilgan. 1864 yilda Bishkek o&#8217;rnida Pishpak rus harbiy istehkomi barpo etildi. Tez orada Bishkek orqali Yettisuv savdo trakti (Toshkent \u2014 Semipalatinsk) vujudga keldi. 1878 yildan Bishkek Yettisuv viloyatining uezd shahri. Mayda oziq-ovqat va ko&#8217;n sanoati korxonalari bo&#8217;lgan. Aholisi savdo-sotiq, kirakashlik, bog&#8217;dorchilik, sabzavotchilik va g&#8217;allachilik bilan shug&#8217;ullangan. Pishpak 1918 yildan Turkiston Muxtor Respublikasi tarkibida, 1924 yildan qora qirg&#8217;iz (1925 yildan Qirg&#8217;iziston) Muxtor viloyatining markazi. Bishkek 1926 yildan \u2014 Qirg&#8217;iziston Muxtor Respublikasining, 1936 yildan Qirg&#8217;iziston Respublikasining poytaxti. Bishkekda 1941-45 yillar urushi davrida yangi sanoat korxonalari qurilib front uchun qurol-yarog&#8217;lar ishlab chiqarilgan. Metallsozlik va mashinasozlik rivojlandi, urushdan keyin Bishkek Qirg&#8217;izistonning eng yirik industrial markaziga aylandi. Shaharda 94 sanoat korxonasi, 2,7 ming kichik korxona, 42 assotsiatsiya, 2 konsortsium, 365 firma, 10 birja, 69 aktsiyadorlik jamiyati, 494 mas&#8217;uliyati cheklangan jamiyat, 18 tijorat banklari, 8 kontsern va 4 korporasiya bor. Kimyo, kimyofarmasevtika sanoati korxonalari, &#171;Qirg&#8217;izmebel&#187; birlashmasi, uysozlik kombinatlari, temir-beton buyumlar zavodi, issiqlik elektr markazi ishlab turibdi. Bishkek Buxoro\u2014 Toshkent\u2014Olmaota gaz quvuri orqali gaz bilan ta&#8217;minlangan. 2 temir yo\u2019l vokzali, &#171;Manas&#187; xalqaro aeroporti bor. Temir yo\u2019l orqali Taroz shahri (sobiq Avliyoota) bilan bog&#8217;langan. Shahar me&#8217;morligi 1872 yilgi dastlabki reja bo&#8217;yicha shakllanib, to&#8217;g&#8217;ri burchakli kesishgan ko&#8217;chalar bilan birga uncha katta bo&#8217;lmagan mahallalarga bo&#8217;lingan. Uylar, asosan, paxsa va sinchdan bir qavatli qilib qurilib, somonli loy bilan suvalgan. 20-40-yillarda Madaniyat vazirligi binosi (1926), hukumat uyi (1934), tibbiyot instituti (1939) va viloyat ijroiya qo&#8217;mitasi binolari (1938) qurilgan. Bishkekni qayta qurish rejalariga (1939, 1948 58, 1971) ko&#8217;ra shahar ko&#8217;chalari kengaytirildi, mikrorayonlar barpo etildi. Shaharda 2-4 qavatli zilzilabardosh turar joy va jamoat binolari qurildi. 50-70- yillarda tinchlik prospektida yangi mikrorayonlar vujudga keldi. Opera va balet teatri (1955), shahar kutubxonasi (1957-62), shahar markazidagi maydonda binolar ansambli (1956), qishloq xo\u2019jalik vazirligi (1954-60), Sport saroyi (1974), Tasviriy san&#8217;at muzeyi (1974) binolari bunyod etildi. 1996\/97 o&#8217;quv yilida 77 umumiy ta&#8217;lim maktabida 93,3 ming o&#8217;quvchi, hunartexnika bilim yurtlarida 5,7 ming o&#8217;quvchi, o&#8217;rta maxsus o&#8217;quv yurtlarida 11,7 ming o&#8217;quvchi o&#8217;qidi, maktabgacha tarbiya muassasalarida 16,2 ming bola tarbiyalandi. Shaharda 8 oliy o&#8217;quv yurti (Qirg&#8217;iziston milliy universiteti, Qirg&#8217;iziston-Rossiya slavyan universiteti, texnika universiteti, qishloq xo\u2019jalik akademiyasi, tibbiyot akademiyasi, xalqaro institut, fizkultura instituti, san&#8217;at instituti) faoliyat ko&#8217;rsatadi. Yangi kollej, litsey va gimnaziyalar, xalqaro, davlat-xususiy maktablari ochilmoqda. Bishkekda Milliy Fanlar akademiyasi, tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari mavjud. Qirg&#8217;iziston Respublikasi davlat kutubxonasi, 22 yirik ommaviy kutubxona, 7 muzey, 6 teatr, 10 kinoteatr, &#171;Qirg&#8217;izfilm&#187; kinostudiyasi ishlab turibdi (90-yillar oxirlari). Bishkekda &#171;Qirg&#8217;iziston&#187; matbuot uyi, Qirg&#8217;iziston entsiklopediyasi Bosh tahririyati, &#171;Ilim&#187; nashriyoti, yirik poligrafkombinat, respublika axborot organi \u2014 Qirg&#8217;iziston telegraf agentligi joylashgan. Respublikada 128 gazeta, 15 jurnal chop etiladi. 1974 yildan &#171;Bishkek oqshomi&#187; shahar gazetasi nashr etiladi. Mahalliy radioeshittirishlar qirg&#8217;iz va rus tillarida olib boriladi. 9680 o&#8217;rinli 32 kasalxonada 3792 vrach va 7253 dan ziyod o&#8217;rta ma&#8217;lumotli tibbiy xodim ishladi (90-yillar oxirlari). Bishkek va uning atrofida Issiqota kurorti, kardiologiya sanatoriysi, dam olish uylari, profilaktoriylar joylashgan. Bishkek \u2014 respublikada turizm markazi. Turistik mehmonxona va bazalar bor. Boshqa respublikalar va mamlakatlar b-n temir yo&#8217;l, avtomobil, havo yo&#8217;llari orqali bog&#8217;langan. Z. B. Beysheev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BISHKEK (1926 yilgacha Pishpak, 1926\u201491yillarda frunze) \u2014Qirg&#8217;iziston Respublikasi poytaxti. Yirik sanoattransport tuguni, Qirg&#8217;izistonning iqtisodiy va madaniy markazi. Chu vodiysida, Qirg&#8217;iziston tizmasining shimol etagida, 700-900 metr balandlikda joylashgan. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bishkek\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17336","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.0","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17336","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17336"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17336\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17344,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17336\/revisions\/17344"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17336"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17336"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17336"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}