{"id":17404,"date":"2022-02-12T14:12:22","date_gmt":"2022-02-12T11:12:22","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17404"},"modified":"2022-02-12T14:15:27","modified_gmt":"2022-02-12T11:15:27","slug":"blefarit","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/blefarit\/","title":{"rendered":"BLEFARIT"},"content":{"rendered":"\n<p>BLEFARIT (Yunoncha blepharon \u2014 qovoq) \u2014 kipriklar asosining yallig&#8217;lanishi. Ko&#8217;zning ta&#8217;sirlanishi, surunkali kon&#8217;yunktivit, moddalar almashinuvining buzilishi, me&#8217;da-ichak kasalliklari, sil, kamqonlik; ko&#8217;zning optik nuqsonlari, yaqindan ko&#8217;rish, astigmatizm, uzoqsan ko&#8217;rish, shuningdek noqulay tashqi sharoit omillari: chang, shamol, tutun va boshqalar sabab bo&#8217;lishi mumkin. Blefaritning oddiy, po&#8217;stloqchali, yarali, burchakli, Meybomiev va &#171;kosmetik&#187;xillari farkdanadi.Oddiy Blefaritda qovoq chetlari qizaradi, qichishadi, shishadi, kiprik tagida oqishsarg&#8217;imtir qazg&#8217;oqqa o&#8217;xshash tangachalar hosil bo&#8217;ladi, ko&#8217;z tez toliqadi. Po&#8217;stloqchali Blefaritda ushbu belgilar kuchayib, kipriklar ostidagi terida oqishkulrang qazg&#8217;oqqa o&#8217;xshash tangachalar hosil bo&#8217;ladi. Yarali Blefaritda qovoq chetlari shishib, qalinlashadi, qizaradi, qotib qolgan yiring bilan kipriklar bir-biriga yopishib qoladi, ular ko&#8217;chirilganda qonaydi, tagida yiringli, qon aralash yarachalar ko&#8217;rinadi, kipriklar to&#8217;kilib ketadi, ko&#8217;z qovog&#8217;i ag&#8217;darilishi mumkin. Burchakli Blefaritda ko&#8217;z tirqishining tashqi burchagidagi teri va shilliq parda qizaradi, ko&#8217;z yoshlanadi, ko&#8217;piksimon ajralma chiqadi. Meybomiyev Blefarit Meybomiev bezlarining ko&#8217;p sekret chiqarishidan paydo bo&#8217;lib, bunda qovoq chetlari xuddi moylangandek yaltirab turadi. &#171;Kosmetik&#187; Blefarit ko&#8217;proqa yollarga xos bo&#8217;lib, turli krem, bo&#8217;yoq qalamlardan foydalanishi tufayli ro&#8217;y beradi. Blefaritning oldini olish uchun noqulay gigienik sharoitlarni bartaraf etish, bekamu ko&#8217;st ovqatlanish, ko&#8217;zdagi optik nuqsonlarni to&#8217;g&#8217;rilash zarur. Blefaritga chalinganda darhol vrachga murojaat etish kerak. Davosi: Blefaritga sabab bo&#8217;lgan omillarni yo&#8217;qotish zarur. Antibiotiklar, sulfanilamidlar, desensibilizasiyalovchi dorilar, glyukokortikosteroidlar ishlatiladi; qovoqlar massaj qilinadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BLEFARIT (Yunoncha blepharon \u2014 qovoq) \u2014 kipriklar asosining yallig&#8217;lanishi. Ko&#8217;zning ta&#8217;sirlanishi, surunkali kon&#8217;yunktivit, moddalar almashinuvining buzilishi, me&#8217;da-ichak kasalliklari, sil, kamqonlik; ko&#8217;zning optik nuqsonlari, yaqindan ko&#8217;rish, astigmatizm, uzoqsan ko&#8217;rish, shuningdek noqulay &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/blefarit\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17404","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17404","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17404"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17404\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17412,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17404\/revisions\/17412"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17404"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17404"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17404"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}