{"id":17528,"date":"2022-02-12T21:07:28","date_gmt":"2022-02-12T18:07:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17528"},"modified":"2022-02-12T21:07:29","modified_gmt":"2022-02-12T18:07:29","slug":"bobon-qozgoloni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bobon-qozgoloni\/","title":{"rendered":"BOBON QO&#8217;ZG&#8217;OLONI"},"content":{"rendered":"\n<p>BOBON QO&#8217;ZG&#8217;OLONI \u2014 Zarafshon vohasida chorizm mustamlakachilik istibdodi va mahalliy amaldorlar zulmiga qarshi ko&#8217;tarilgan dehqonlar qo&#8217;zg&#8217;oloni (1869 yil oktabr\u2014 1870 yil sentabr). Rahbari \u2014 Bobon Aliboyev (Bobon To&#8217;qsabo). U Qoraqursoq qishlog&#8217;idan bo&#8217;lib, rus podsho chinovniklari, Amir va uning amaldorlari, jumladan Ziyouddin tuman begi Muhammad Yusufboy dodxohning behad zulmiga qarshi bosh ko&#8217;tarib, o&#8217;z atrofiga kambag&#8217;al dehqonlarni to&#8217;play boshlaydi. 1869 yil dekabrga kelib ularning soni 500 kishidan ortadi. Qo&#8217;zg&#8217;olonchilar boy va amaldorlarning uy-joylariga o&#8217;t qo&#8217;yish, mol-mulklarini tortib olib, kambag&#8217;allarga bo&#8217;lib berishni o&#8217;z oldilariga asosiy maqsad qilib oladilar. Qo&#8217;zg&#8217;olon dastlab ana shu Ziyouddin bekligida boshlanib, Xatirchi bekligi va Zarafshon okrugining Kattaqo&#8217;rg&#8217;on uezdiga yoyiladi. Buxoro amiri qo&#8217;zg&#8217;olonni o&#8217;z kuchi bilan bostira olmagach, 1869 yil oktabrda Zarafshon okrugidagi chor ma&#8217;muriyatidan harbiy yordam so&#8217;rashga majbur bo&#8217;ladi. Kattaqo&#8217;rg&#8217;on uezdi boshlig&#8217;i kapitan Borzenkov yuborgan jazo otryadi shu uezd chegarasida qo&#8217;zg&#8217;olonchilar bilan bo&#8217;lgan jangda katta talofot ko&#8217;rsada, bir necha qo&#8217;zg&#8217;olonchini asir olishga muvaffaq bo&#8217;ladi. Ulardan biri (Mullo Xusayn) Buxoro zindoniga tashlanib, qolganlari (Umarqul, Abdushukur, Xudoyberdi) qatl etiladi. Bobon qo&#8217;zg&#8217;olonni davom ettirib, 4 dekabrda Xatirchi amlokdori Rahimboyning molmulkini kambag&#8217;al dehqonlarga taqsimlab beradi. So&#8217;ng, qo&#8217;zg&#8217;olonchilar Ziyouddin tuman begi Muhammad Yusufboy dodxohning uyiga o&#8217;t qo&#8217;yib, molmulkini xalqqa ulashadi. Bobon qo&#8217;zg&#8217;olonining tobora avj olayotganidan cho&#8217;chigan Turkiston general-gubernatori K. P. Kaufman Kattaqo&#8217;rg&#8217;onga shtabsrotmistr M. D. Skobelev boshchiligida otliqjazo otryadini jo&#8217;natadi. Kattaqo&#8217;rg&#8217;ondan 25 kilometr uzoqlikdagi Chorshanba qishlog&#8217;ida bo&#8217;lgan jangda jazo otryadi yengilib, Skobelev qochadi. Bu mag&#8217;lubiyatdan sharmanda bo&#8217;lgan Turkiston chor ma&#8217;muriyati Skobelevni harbiy tribunalga beradi. Shundan so&#8217;ng, Kattaqo&#8217;rg&#8217;onga polkovnik Karganov boshchiligida ikkinchi jazo otryadi yuboriladi, 1869 yil dekabr oxirida bo&#8217;lgan jangda qo&#8217;zg&#8217;olonchilar yengilib, ulardan 40 tasi halok bo&#8217;ladi, 25 kishi asir olinadi, 100 dan ortig&#8217;i yaralanadi. Bobon esa omon qolgan qo&#8217;zg&#8217;olonchilar bilan qochib qutiladi. Asir olingan qo&#8217;zg&#8217;olonchilarni Ziyouddin tuman begi xalq o&#8217;rtasida osib o&#8217;ldiradi. 1870 yil 14 yanvarda Karganov jazo otryadi Qoraqursoq qishlog&#8217;ida qo&#8217;zg&#8217;olonchilar bilan yana jang qiladi, ammo ularni yenga olmaydi, 1870 yil sentabrda chor hukumati ayg&#8217;oqchisi Saidxon Karimxonovning xiyonati tufayli qo&#8217;zg&#8217;olonchilar Kattaqo&#8217;rg&#8217;onning To&#8217;rtko&#8217;l qishlog&#8217;ida tormor qilinadilar. Bobon qo&#8217;lga olinib, Samarqandda qatl etiladi. Ad.: O&#8217;zbekistonning yangi tarixi, 1J. [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], T., 2000.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOBON QO&#8217;ZG&#8217;OLONI \u2014 Zarafshon vohasida chorizm mustamlakachilik istibdodi va mahalliy amaldorlar zulmiga qarshi ko&#8217;tarilgan dehqonlar qo&#8217;zg&#8217;oloni (1869 yil oktabr\u2014 1870 yil sentabr). Rahbari \u2014 Bobon Aliboyev (Bobon To&#8217;qsabo). U Qoraqursoq &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bobon-qozgoloni\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17528","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17528","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17528"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17528\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17534,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17528\/revisions\/17534"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17528"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17528"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17528"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}