{"id":17549,"date":"2022-02-14T15:38:06","date_gmt":"2022-02-14T12:38:06","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17549"},"modified":"2022-02-14T15:38:09","modified_gmt":"2022-02-14T12:38:09","slug":"osh-viloyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/osh-viloyati\/","title":{"rendered":"O&#8217;SH VILOYATI"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;SH VILOYATI \u2014 Qirg&#8217;iziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1939 yil 21 noyabrda tashkil qilingan. O&#8217;sh viloyati respublikaning Janubiy g&#8217;arbiy qismida joylashgan. Janubiy sharqida Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 29,2 ming kilometr kvadrat. Aholisi 1176 ming kishi (1999), asosan, qirg&#8217;izlar va o&#8217;zbeklar, shuningdek, rus, tatar, ukrain, tojik va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Shahar aholisi 480 ming kishidan ziyod. Yirik shaharlari: Qizilqiya, Sulukta, Qorasuv, O&#8217;zgan. 10 ma&#8217;muriy tumanga bo&#8217;lingan, 5 shahar, 7 shaharcha bor. Markazi \u2014 O&#8217;sh shahri. Viloyat hududi Tyanshan va Pomir \u2014 Olay tog&#8217;larida joylashgan. Shimol G&#8217;arb, shimol va shimoli sharqida Chatqol, Piskom, Talas Olatovi tizmalari, Susamirtov va boshqalar, sharqida Farg&#8217;ona tizmasi (tizmalar orasida yirik tog&#8217;lararo botiqlar: Chatqol botig&#8217;i \u2014 balandligi 750\u2014 1000 metr, Ketmontepa botig&#8217;i \u2014 balandligi 750\u2014 1000 metr) bor. Janubiy da Turkiston, Orqa olay tizmalari (O&#8217;sh viloyatining eng baland joyi \u2014 7134 metr) qadimiy ko&#8217;targan. Farg&#8217;ona vodiysi atroflari adir va tog&#8217; etaklaridan iborat. Foydali qazilmalari: toshko&#8217;mir va qo&#8217;ng&#8217;ir ko&#8217;mir, neft, enuvchi slaneslar, tabiiy gaz, surma, simob, qo&#8217;rg&#8217;oshin ru- dalari, volfram, tosh tuzi, qurilish materiallari va boshqalar iqlimi kontinental, quruq. 500 metrdan 1000-1100 metrgacha balandlikda yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -3\u00b0, iyulniki 24 \u2014 27\u00b0. Vegetatsiya davri 210-215 kun. Shu balandliklarda viloyatning asosiy obikor vohalari joylashgan. 2000-3000 metr balandlikda iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 11-18\u00b0, qishi sovuq va davomli. Yillik yog&#8217;in 400-600 millimetr (Farg&#8217;ona tizmasining g&#8217;arbiy yon bag&#8217;rida 900 millimetrgacha). 3000 metrdan balandda iqlim anchagina sovuq (iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 10\u00b0dan past), yil bo&#8217;yi sovuqsiz kunlar kam. Eng yirik daryolari: Norin va Qoradaryo. Sarichelak ko&#8217;li, To&#8217;xtag&#8217;ul, Papan suv omborlari bor. Tog&#8217;larda 1500 metr balandlikkacha bo&#8217;z tuproqlarda quruq tog&#8217; dashtlari, undan yuqorida o&#8217;tloq dashtlar tarqalgan. Chatqol va Farg&#8217;ona tizmalarida yong&#8217;oqzor mevazor o&#8217;rmonlar uchraydi. Yovvoyi mevali daraxtlardan yong&#8217;oq, olma, pista, bodom, olcha, do&#8217;lana, zirk o&#8217;sadi. Olay va Turkiston tizmalarida archa o&#8217;rmonlari bor. 3000-4000 metr balandliklarda \u2014 tog&#8217; o&#8217;tloqi tuproqlarda subalp va Alp o&#8217;tloqlari mavjud. Ulardan yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Yong&#8217;oqzor mevazor o&#8217;rmonlarda tulki, bo&#8217;ri, bo&#8217;rsiq, oq sichqon, qo&#8217;ng&#8217;ir ayiq, qobon, elik, jayra; baland tog&#8217;larda tog&#8217; echkisi, qor qoploni yashaydi. O&#8217;sh viloyati da sarichelak qo&#8217;riqxonasi joylashgan. Qirg&#8217;iziston Respublikasida qazib olinadigan neft va gaz, ko&#8217;mirning asosiy qismini O&#8217;sh viloyati beradi. Rangli metallurgiya, metallsozlik va mashinasozlik korxonalari, ip va ipak yigiruv, paxta tozalash, go&#8217;sht korxonalari bor. O&#8217;sh viloyati tog&#8217;-yaylov chorvachiligining muhim rayoni. G&#8217;alla (shu jumladan, sholi), paxta, arpa, tamaki ekiladi. Farg&#8217;ona atrofidagi vodiylarda bog&#8217;dorchilik (o&#8217;rik, olma, behi) va tokchilik rivojlangan. Tog&#8217;larda yaylov chorvachiligi mavjud. Asosiy tarmog&#8217;i \u2014 go&#8217;shtjun qo&#8217;ychiligi. Qoramolchilik sug&#8217;orib dehqonchilik qilinadigan tumanlarda, olay vodiysida qo&#8217;toslar, shuningdek, qoramol, qo&#8217;y va echki, yilqi boqiladi. Parrandachilik hamda ipakchilik sohalari rivojlanmoqda. Avtomobil \u2014 asosiy transport turi. Muhim avtomobil yo&#8217;llari: O&#8217;sh\u2014Bishkek, O&#8217;sh\u2014Toshkent, O&#8217;sh\u2014Xorug&#8217;, O&#8217;sh\u2014Qorasuv\u2014O&#8217;zgan\u2014 Qorag&#8217;ulja, O&#8217;sh \u2014 Qizilqiya \u2014 Isfana, O&#8217;sh \u2014 Aravon. Temir yo\u2019l transporti muhim ahamiyatga ega. Pedagogika inti, tarixiy-madaniy muzey-qo&#8217;riqxona, 2 drama teatri, kurort va sanatoriylar bor. Turizm rivojlangan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;SH VILOYATI \u2014 Qirg&#8217;iziston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1939 yil 21 noyabrda tashkil qilingan. O&#8217;sh viloyati respublikaning Janubiy g&#8217;arbiy qismida joylashgan. Janubiy sharqida Xitoy bilan chegaradosh. Maydoni 29,2 ming kilometr kvadrat. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/osh-viloyati\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-17549","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17549","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17549"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17549\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17550,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17549\/revisions\/17550"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17549"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17549"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17549"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}