{"id":17618,"date":"2022-02-16T16:07:10","date_gmt":"2022-02-16T13:07:10","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17618"},"modified":"2022-02-16T16:07:12","modified_gmt":"2022-02-16T13:07:12","slug":"ozbekfilm","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekfilm\/","title":{"rendered":"&#171;O&#8217;ZBEKFILM&#187;"},"content":{"rendered":"\n<p>&#171;O&#8217;ZBEKFILM&#187; \u2014 badiiy filmlar ishlab chiqaruvchi kinostudiya. &#171;O&#8217;zbekkino&#187; milliy agentligi tizimida. Dastlab 1925 yil 4 iyunda Toshkentda &#171;Sharq yulduzi&#187; nomi bilan kinostudiya tashkil bo&#8217;lgan. Shayxontohurdagi Eshonqul madrasasi binosiga joylashgan. 20-yillarda &#171;Ikkinchi xotin&#187;, &#171;Masjid gumbazlari ostida&#187;, &#171;Soyabon arava&#187;, &#171;Ravot qashqirlari&#187;, &#171;Chodira&#187; kabi filmlar ishlangan. 1925-26 yillar mobaynida 20 dan ortiq to&#8217;la, 30 dan ortiq qisqa metrajli xronikal filmlar yaratilgan. 1932 yil &#171;Sharq yulduzi&#187; &#171;O&#8217;zbekfilm&#187; nomini oladi. 1930 yilgacha filmlarni, asosan, o&#8217;zbek xalqining milliy an&#8217;analaridan yiroq rus rejissyorlari ishlagan. 30-yillardan Nabi G&#8217;aniyev mustaqil filmlar yarata boshlagan: &#171;Yuksalish&#187;, &#171;Ramazon&#187;, &#171;Iigit&#187;, Sulaymon Xo&#8217;jayev &#171;Tong oldidan&#187;, Yo&#8217;ldosh A&#8217;zamov &#171;Qilich&#187; filmlarini ishladilar. Ular bilan yonmayon O.Frelix (&#171;Avliyo qizi&#187;), N. Klado (&#171;Bag&#8217;dodda &#171;Amerika&#187; paxtasi&#187;, &#171;O&#8217;lim qudug&#8217;i&#187;) lar ham faoliyat yuritgan. 1939 yil kinostudiyaga &#171;Toshkent kinostudiyasi&#187; nomi berildi. 2-jahon urushi yillari Toshkentga evakuatsiya qilingan Ukraina, Belorussiya kinostudiyalari, &#171;Mosfilm&#187;, &#171;Lenfilm&#187;larning kelishi munosabati bilan &#171;Birlashgan Toshkent kinostudiyasi&#187; (titrda &#171;Toshkent kinostudiyasi&#187; deb yozilgan) nomi bilan yuritilgan. &#171;Biz yengamiz&#187; ( rejissyor K. Yormatov, N. G&#8217;aniyev), &#171;Dovyurak do&#8217;stlar&#187; (N.G&#8217;aniyev), &#171;Filmkontsert&#187; (Y.A&#8217;zamov), &#171;Frontdagi do&#8217;stlarga&#187; (K.Yormatov), &#171;Besh respublika kontserti&#187; (Z.Sobitov), &#171;Aleksandr Parxomenko&#187;, &#171;Ikki jangchi&#187; (L.Lukov), &#171;Nasriddin Buxoroda&#187; (Ya. Protazanov), &#171;Uning ismi Suxe Bator&#187; (A.Zarxi, I.Xeyfits) kabi filmlar ishlandi. Urushdan keyingi yillar ekranga o&#8217;zbek xalqi madaniyatining yutug&#8217;i bo&#8217;lgan mumtoz &#171;Tohir va Zuhra&#187; (1945), &#171;Nasriddinning sarguzashtlari&#187; (1946, ikkalasining rejissyori N.G&#8217;aniyev), &#171;Alisher Navoiy&#187; (1947, K.Yormatov) filmlari ekranga chiqdi. 1947-52 yillar SSSR kinematografiyasi vazirligi buyrug&#8217;iga binoan, birorta ham film ishlanmagan. Tanaffusdan so&#8217;ng ishlangan film &#171;Paxtaoy&#187; (K. Yormatov) bo&#8217;ldi. &#171;Boy ila xizmatchi&#187;, &#171;Qutlug&#8217; qon&#187; (L.Fayziyev), &#171;Opa-singil Rahmonovalar&#187;, &#171;Abu Ali ibn Sino&#187; (K.Yormatov), &#171;Gulbahor&#187; (Y.A&#8217;zamov), &#171;Stadionda uchrashamiz&#187; (Z.Sobitov) singari filmlar 50-yillar yaratildi. 1955 yil &#171;Amirlikning yemirilishi&#187; nomli birinchi rangli badiiy film (rejissyor L.Fayziyev, V.Basov) ekranga chiqdi. 1958 yildan yana hozirgi nomda. 1959 yilda Chilonzorda qurilgan yangi binoga ko&#8217;chib o&#8217;tgan. 60-yillar kinostudiyada mavzu jihatdan boy, badiiy yo&#8217;nalishi ravon, asosiy qahramoni yoshlar bo&#8217;lgan filmlar ustunlik qildi. &#171;Mahallada duvduv gap&#187; (Sh. Abbosov), &#171;Sinchalak&#187; (L.Fayziyev), &#171;Laylak keldi, yoz bo&#8217;ldi&#187; (A.Hamroyev), &#171;Surayyo&#187; (U.Nazarov), &#171;Nafosat&#187;, &#171;Sevishganlar&#187; (E.Eshmuhamedov), &#171;Sen yetim emassan&#187;, &#171;Toshkent \u2014 non shahri&#187; (Sh.Abbosov), &#171;26-otilmasin&#187;, &#171;41-yil olmalari&#187; (R.Botirov), &#171;General Rahimov&#187; (Z.Sobitov), &#171;Oy borib, omon qayt&#187; (H.Fayziyev), &#171;Nodirabegim&#187; (K. Yormatov), &#171;Ulug&#8217;bek yulduzi&#187; (L.Fayziyev), &#171;Abu Rayhon Beruniy&#187; (Sh.Abbosov), &#171;O&#8217;tgan kunlar&#187; (Y.A&#8217;zamov) va boshqalar shular jumlasidan. Kishilar xarakteri va o&#8217;zaro munosabatlar, turmush tarzi va mehnatini ko&#8217;rsatuvchi filmlar yaratish kinostudiya ijodkorlari oldidagi asosiy vazifaga aylandi va uning natijasi o&#8217;laroq &#171;Seni kutamiz, yigit&#187; (R.Botirov), &#171;Umidimiz qushlari&#187;, &#171;Dahoning yoshligi&#187; (E.Eshmuhamedov), &#171;Nodirabegim&#187; (K.Yormatov), &#171;Shum bola&#187; (D.Salimov), &#171;Mevazorlik ayol&#187; (A.Hamroyev) va boshqalar filmlar ekranga chiqdi. 80-yillarning oxiri, &#171;Qayta qurish&#187; yillari &#171;O&#8217;zbekfilm&#187;da yangi avlod rejissyorlari ish boshladi: R.Malikov, A.Fatxullin, S.Nazarmuhamedov, Z.Musoqov, D.Davlatov, I.Ergashev va boshqalar shular jumlasidan. &#171;Alvido, g&#8217;o&#8217;r yoshligim&#187; (E.Eshmuhamedov), &#171;Klinika&#187; (R.Malikov), &#171;Bo&#8217;rilar&#187; (S.Nazarmuhamedov), &#171;Siz kimsiz?\u00bb (J.Fayziyev), &#171;Soldat ertagi&#187; (Z.Musoqov), shaxsga sig&#8217;inish sharoitidagi qahra.monlar hayoti aks etgan &#171;Tosh sanam&#187; (I.Ergashev), &#171;Yovvoyi&#187; (Q.Kamolova) hamda hamkorlikda ishlangan &#171;Muhabbat va nafrat&#187; (R.Botirov, J.Ristich), &#171;Alibobo va qirq qaroqchi&#187;, &#171;Sevgi afsonasi&#187; (L.Fayziyev, U.Mehra) kabi filmlar suratga olindi. Mustaqillikdan so&#8217;ng &#171;O&#8217;zbekfilm&#187;ning yangi tarixi boshlandi. O&#8217;zbek kinosini yaxshilash va rivojlantirish maqsadida 1992 va 1996 yillar O&#8217;zbekiston Prezidenti tomonidan chiqarilgan qarorlar &#171;O&#8217;zbekfilm&#187;ni moliyalash va faoliyatini muvofiqlashtirishda sezilarli o&#8217;zgarishlarga olib keldi. Shundan so&#8217;ng film mazmuni, qahramonlari va uslubida milliylik kuchaydi. &#171;Voiz&#187; (Yu. Roziqov), &#171;Yolg&#8217;iz yodgorim&#187; (S.Nazarmuhamedov), &#171;Chimildiq&#187; (M.Abzalov), &#171;Dilxiroj&#187;, &#171;O&#8217;rtoq Boykenjayev&#187; (Yu.Roziqov), &#171;Yodgor&#187; (X.Nasimov), &#171;Qor ustidagi Lola&#187; (E.To&#8217;ychiyev, A.Shaxobiddinov) va boshqalar bunga misoldir. &#171;Alpomish&#187; (H.Fayziyev), &#171;Osmondagi bolalar&#187;, &#171;Osmondagi bolalar \u2014 2&#187; (Z.Musoqov), &#171;Dev bilan pakana&#187; (J.Qosimov), &#171;Fellini&#187; (N.Abbosov), &#171;Qismat&#187; (A.Akbarxo&#8217;jayev, A.Ismoilov) va boshqalar keyingi yillar mahsulidir. Xanjara Abulqosimova.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&#171;O&#8217;ZBEKFILM&#187; \u2014 badiiy filmlar ishlab chiqaruvchi kinostudiya. &#171;O&#8217;zbekkino&#187; milliy agentligi tizimida. Dastlab 1925 yil 4 iyunda Toshkentda &#171;Sharq yulduzi&#187; nomi bilan kinostudiya tashkil bo&#8217;lgan. Shayxontohurdagi Eshonqul madrasasi binosiga joylashgan. 20-yillarda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekfilm\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-17618","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17618","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17618"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17618\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17619,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17618\/revisions\/17619"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17618"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17618"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17618"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}