{"id":17620,"date":"2022-02-16T16:15:28","date_gmt":"2022-02-16T13:15:28","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17620"},"modified":"2022-02-16T16:15:29","modified_gmt":"2022-02-16T13:15:29","slug":"ozbekxon-sulton-muhammad","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekxon-sulton-muhammad\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBEKXON SULTON MUHAMMAD"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBEKXON SULTON MUHAMMAD (taxminan 1282-1342) \u2014 Oltin O&#8217;rda xoni (1312-42). Mangu Temurxonning nevarasi. 1313 yil amakisi To&#8217;qtayxon (To&#8217;xta) vafotidan so&#8217;ng nufuzli amirlar qutlug&#8217; Temur va Isatoybek Qiyot yordamida taxtga o&#8217;tirgan. Islomni davlat dini sifatida joriy etgan, g&#8217;ayridinlarni qattiq ta&#8217;qib etgan. Bu amirlarning isyoniga olib kelgan, biroq u beayov bostirilgan. Oltin O&#8217;rdadagi ichki nizolarga chek qo&#8217;ygan, saltanatining yuksalishiga erishgan. Bu davrda hokimiyat markazlashgan, uluslar viloyatlarga aylantirilgan, ularni no&#8217;yonlar boshqargan. Poytaxt saroy Botudan saroy Berka shahriga ko&#8217;chirilgan. Oltin O&#8217;rdaning harbiy salohiyati kuchaygan, qo&#8217;shin miqdori 300 ming kishiga etgan. Rusning yagona davlat bo&#8217;lib birlashishiga yo&#8217;l qo&#8217;ymaslik maqsadida rus knyazlarini bir-biriga qayrab turgan. Tverning ulug&#8217;knyazi Mixail Yaroslavichni rus knyazliklarini birlashtirib, rus yerlarini mo&#8217;g&#8217;ullar asoratidan xalos bo&#8217;lishi yo&#8217;lidagi sa&#8217;y-harakatlariga qarshi kurashgan. O&#8217;zbekxon 1317 yil Moskva knyazi Yuriy Dashkovichga ulug&#8217; Knyaz maqomini berib unga singlisi Konchakani xotinlikka bergan. O&#8217;zbekxon Yuriyga qo&#8217;shin bergan, biroq Mixail bu qo&#8217;shinni yenggan. Shunda O&#8217;zbekxon Mixailni O&#8217;rdaga chaqirib yasoqqa tortgan (qatl ettirgan). 1327 yil O&#8217;zbekxon Moskva knyazi Ivan I Danilovich Kalita yordamida Tverdagi isyonni bostirgan, so&#8217;ngra shimoliy Sharqiy Rusning asosiy hududini 2 qismga bo&#8217;lib, ularni Moskva va Suzdal Knyazlariga bergan. 1339 yil O&#8217;zbekxon Ivankalita qutqusi bilan Tverning ulug&#8217; knyazi Aleksandr Mixaylovichni o&#8217;g&#8217;li Fyodor bilan qatl etgan. O&#8217;zbekxon, shuningdek, Janubda ham faol siyosat yurgizgan. 1319 va 1335 yillarda u Arronga \u2014 hulokuiylarning hozirgi Ozarbayjon hududidagi mulkiga yurishlar qilgan. Arab sayyohi Ibn Battutaning yozishicha (u 1333 yil saroy Berkada O&#8217;zbekxon qabulida bo&#8217;lgan), shaharda 6 xalq: mo&#8217;g&#8217;ullar, alanlar, qipchoqlar (turkiylar), cherkaslar, slavyanlar va yunonlar yashagan, ularning shaharda o&#8217;z mavzelari bo&#8217;lgan. O&#8217;zbekxon Saroy Berkada ko&#8217;plab masjidlar, madrasalar, saroylar, maqbaralar qurdirgan. O&#8217;zbekxon yangi shaharlar barpo etish va turli inshootlar qurishga katta e&#8217;tibor qaratgan. Eski Qrim (Solxat)da u qurdirgan masjid bugungi kungacha saqlanib qolgan. Poytaxt Saroy Berkada ko&#8217;plab shoirlar, olimlar, musiqashunoslar va me&#8217;morlar yashagan. Shoirlar turkiy tilning Xorazm lahjasida ijod qilgan. Mashhur &#171;Qipchoq kodeksi&#187; \u2014 adabiy-diniy va siyosiy matnlardan iborat noyob to&#8217;plamga tartib berish 1340 yilda tugallangan. Ba&#8217;zi turkiy urug&#8217;lar va qabilalar O&#8217;zbekxon nomi bilan atalib, keyinchalik ular o\u2019zbek xalqi tarkibiga kirgan. Sho&#8217;ro tarixnavisligida o&#8217;zbek xalqi o&#8217;z nomini O&#8217;zbekxondan olgan degan g&#8217;ayriilmiy qarash ustun bo&#8217;lgan. Ad.: Utemishxodji. Chingizname, Almaata, 1992; Ibrohimov N., Ibn Battuta va uning O&#8217;rta Osiyoga sayohati, T., 1993; Raxmanaliev R., Imperiya tyurkov, M., 2002. Qahramon Rajabov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBEKXON SULTON MUHAMMAD (taxminan 1282-1342) \u2014 Oltin O&#8217;rda xoni (1312-42). Mangu Temurxonning nevarasi. 1313 yil amakisi To&#8217;qtayxon (To&#8217;xta) vafotidan so&#8217;ng nufuzli amirlar qutlug&#8217; Temur va Isatoybek Qiyot yordamida taxtga o&#8217;tirgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozbekxon-sulton-muhammad\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-17620","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17620","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17620"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17620\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17621,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17620\/revisions\/17621"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17620"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17620"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17620"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}