{"id":17624,"date":"2022-02-16T16:29:02","date_gmt":"2022-02-16T13:29:02","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17624"},"modified":"2022-02-16T16:29:03","modified_gmt":"2022-02-16T13:29:03","slug":"ozboy","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozboy\/","title":{"rendered":"O&#8217;ZBO&#8217;Y"},"content":{"rendered":"\n<p>O&#8217;ZBO&#8217;Y (Uzbo&#8217;y, G&#8217;arbiy O&#8217;zbo&#8217;y) \u2014 Turkmanistonning shimoli g&#8217;arbidagi cho&#8217;lda joylashgan qadimiy daryo vodiysi. Sariqamish cho&#8217;kmasining Janub chekkasidan boshlanib Kaspiy dengizining bolxon qo&#8217;ltig&#8217;igacha cho&#8217;zilgan. Unda sho&#8217;rxok, botiq va ko&#8217;llar ko&#8217;p. Vodiyning tubida shakllangan eski o&#8217;zan meandrlar hosil qilgan. Shimoli g&#8217;arbda Qoraqum cho&#8217;liga tutashgan. O&#8217;zbo&#8217;yning uzunligi 550 kilometr, barcha tirsaklari bilan 775 kilometr. Eni har yerda har xil. Ba&#8217;zi joylarining eni 4-6 kilometr, chuqurligi 20-30 metr. Ayrim joylarda vodiy 100\u2014 200 metrgacha torayib, yon bag&#8217;irlari tik tushgan dara ko&#8217;rinishida. Bunday joylarda uning chuqurligi 40-50 metr. O&#8217;zbo&#8217;yning chap qirg&#8217;oq tomoni qadimiy (pliosen va quyi to&#8217;rtlamchi davr) Amudaryoning qumgilli yotqiziqlari ustida shakllangan pastqam Qoraqumga to&#8217;g&#8217;ri keladi. O&#8217;ng qirg&#8217;oq tomoni esa bu jihatdan murakkabroq tuzilgan. Bu yerda oqim bo&#8217;ylab, o&#8217;zining geologik va relef tuzilishi bilan farqlanadigan Qoplonqir, Uchtaganqum, Chilo&#8217;ngqir, Takajik, Chilmamedqum kabi hududlar bor. Ulardan Janubi g&#8217;arbda O&#8217;zbo&#8217;y Katta Bolxon va kichik Bolxon tizmalari oralig&#8217;idagi Bolxon yo&#8217;lagidan o&#8217;tadi va Kelkor sho&#8217;rxogiga kelib tutashadi. Bu sho&#8217;rxoklik Oqtom quruq o&#8217;zani orqali Kaspiy dengizining Bolxon qo&#8217;ltig&#8217;i o&#8217;rnida hosil bo&#8217;lgan sho&#8217;rxoklar bilan qo&#8217;shilib ketadi. Vodiyning o&#8217;zani Sariqamish botig&#8217;idan Kaspiy dengizi tomon 75 metrga pasayadi. O&#8217;zbo&#8217;y qadimda daryo o&#8217;zani bo&#8217;lib, unda Amudaryo suvining bir qismi oqib turgan. O&#8217;zanda pog&#8217;onalar \u2014 eski sharsharalarning qoldiqlari bor; o&#8217;zan bo&#8217;ylab terrasa (qo&#8217;hna qayir) lar cho&#8217;zilgan. O&#8217;zbo&#8217;yda saksovul, ko&#8217;llar yaqinida yulg&#8217;un, qamish o&#8217;sadi. Yasxan ko&#8217;li atrofida yirik chuchuk yer osti suvi havzasi topilgan, undan Bolxonobod (avvalgi Nebitdog&#8217;) ga suv quvuri o&#8217;tkazilgan. Antik davr (Gerodot) va o&#8217;rta asr mualliflari (Muqaddasiy, Hamdallah Qazviniy, Hofizi Abru, Abulg&#8217;oziy) O&#8217;zbo&#8217;yni Amudaryoning Kaspiy dengiziga quyiladigan tarmog&#8217;i deb hisoblaganlar. 19-asr oxiri \u2014 20-asr boshlari va 2-yarmida O&#8217;zbo&#8217;yning paydo bo&#8217;lishi masalasi bilan geograf, geolog va tarixchilar shug&#8217;ullanganlar (V.V.Bartold, A.S. Kes, S.P.Tolstov va boshqalar). 1947, 1950 \u2014 54, 56 yillarda O&#8217;zbo&#8217;yning arxeologiyasi o&#8217;rganilgan. Miloddan avvalgi 4-ming yillikdan 1-ming yillikning 1-yarmigacha O&#8217;zbo&#8217;y bo&#8217;ylab Sariqamish ko&#8217;li orqali Kaspiy dengiziga suv oqqanligi aniqlangan. Arxeologik tekshirishlar natijasida O&#8217;zbo&#8217;y qirg&#8217;oqlaridan ko&#8217;plab neolit manzilgohlari, bronza davriga xos spool idishlar, shuningdek, miloddan avvalgi 7-5-asrlarga oid manzilgohlar topilgan. Miloddan avvalgi 1-ming yillikning o&#8217;rtalarida O&#8217;zbo&#8217;y bo&#8217;ylab suv oqmay qo&#8217;ygan. Arxeologik va tarixiy ma&#8217;lumotlar o&#8217;rta asrlarda ham O&#8217;zbo&#8217;yda 2-3 marta, garchi qisqa muddatli bo&#8217;lsa ham, suv oqqanligidan darak beradi. 10-13-asrlarda O&#8217;zbo&#8217;yda Xorazmdan Xurosonga o&#8217;tgan karvon yo&#8217;li va ko&#8217;p karvonsaroylar, sardobalar bo&#8217;lgan. O&#8217;rta Osiyoning cho&#8217;lli hududlarida faqatgina qisqa davr mobaynida suv oqqan yoki umuman suv oqimi to&#8217;xtagan quruq o&#8217;zanlar ham O&#8217;zbo&#8217;y deb ataladi. L.L. Tolstov S.P., Po drevnim deltam Oksa vayaksarta, M., 1962; Kes A. S., Ruslo Uzboy i ego genezis (&#171;tr. Inta Geografii an SSSR&#187;, M.L., 1939, t.30). Shuhrat Zokirov.<\/p>\n\n\n\n<p>O&#8217;ZBO&#8217;Y \u2014 qattiq jala quyganda va bahor faslida qor tez eriganda suv bo&#8217;ladigan o&#8217;zan, soy, vodiy, bo&#8217;ylama pastlik. Toponimlar tarkibida ham uchraydi: Kalif o&#8217;zbo&#8217;yi, O&#8217;zbo&#8217;y.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O&#8217;ZBO&#8217;Y (Uzbo&#8217;y, G&#8217;arbiy O&#8217;zbo&#8217;y) \u2014 Turkmanistonning shimoli g&#8217;arbidagi cho&#8217;lda joylashgan qadimiy daryo vodiysi. Sariqamish cho&#8217;kmasining Janub chekkasidan boshlanib Kaspiy dengizining bolxon qo&#8217;ltig&#8217;igacha cho&#8217;zilgan. Unda sho&#8217;rxok, botiq va ko&#8217;llar ko&#8217;p. Vodiyning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/ozboy\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[115],"tags":[],"class_list":["post-17624","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-o-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17624","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17624"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17624\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17625,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17624\/revisions\/17625"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17624"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17624"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17624"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}