{"id":17705,"date":"2022-02-17T16:36:11","date_gmt":"2022-02-17T13:36:11","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17705"},"modified":"2022-02-17T16:36:12","modified_gmt":"2022-02-17T13:36:12","slug":"bodibilding","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bodibilding\/","title":{"rendered":"BODIBILDING"},"content":{"rendered":"\n<p>BODIBILDING, kulturizm (inglizcha BodyBuilding \u2014 tana tuzilishi) \u2014 sport turi; tana mushaklarini gantel, shtanga, tosh va hokazolar yordamida rivojlantirish, uni chiroyli va baquvvat qilishga qaratilgan mashqlar tizimi. Bunday mashkdarga dastlab Yunoniston va qadimgi Rimda katta e&#8217;tibor berilgan. Misrda gavda muskullari chiroyli, kelishgan odamlargina Fir&#8217;avn unvoniga munosib bo&#8217;lgan. Keyinchalik bu xildagi mashqlar ko&#8217;p mamlakatlarga tarqaldi. 19-asr oxirida Buyuk Britaniyada hozirgi zamon kulturizmi (frantsuzcha culturisme, inglizcha physical culture \u2014 gavda madaniyati) asoslari ishlab chiqildi. 1901 yildan erkaklar gavda go&#8217;zalligi xalqaro konkurslari, 20-asr o&#8217;rtalaridan esa kulturizm bo&#8217;yicha har yili jahon chempionatlari o&#8217;tkazila boshlandi. 1946 yil Xalqaro kulturizm (bodibilding) federasiyasi (IFBB) tashkil qilindi. 170 dan ortiq davlat bu federatsiya a&#8217;zosi. O&#8217;zbekistonda Bodibilding 1960 yillardan paydo bo&#8217;ldi va dastlabki musobaqalar uyushtirildi. Ammo 80-yillarga kelib unga burjua sport turi sifatida salbiy baho berila boshlandi va unutib yuborildi. Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sportning barcha turlari qatori Bodibildingga ham e&#8217;tibor kuchaydi. Bodibilding ishqibozlari ko&#8217;paydi. Bodibilding bo&#8217;yicha turli ko&#8217;rik va musobaqalar o&#8217;tkazilmoqda. Daniil Plakida, Fuat Gimush, Ruslan Murodasilov, Rustam Fotihov, Gennadiy Blajko, Ibrohim Bekboev taniqli Bodibildingchilardir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BODIBILDING, kulturizm (inglizcha BodyBuilding \u2014 tana tuzilishi) \u2014 sport turi; tana mushaklarini gantel, shtanga, tosh va hokazolar yordamida rivojlantirish, uni chiroyli va baquvvat qilishga qaratilgan mashqlar tizimi. Bunday mashkdarga dastlab &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bodibilding\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17705","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17705","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17705"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17705\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17710,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17705\/revisions\/17710"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17705"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17705"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17705"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}