{"id":17722,"date":"2022-02-17T16:50:01","date_gmt":"2022-02-17T13:50:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17722"},"modified":"2022-02-17T16:50:02","modified_gmt":"2022-02-17T13:50:02","slug":"bodom","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bodom\/","title":{"rendered":"BODOM"},"content":{"rendered":"\n<p>BODOM (Amygdalus L.) \u2014 ra&#8217;nodoshlar (anorgullilar oilasi) ga mansub daraxt va butalar. 40 ga yaqin turi ma&#8217;lum. Osiyo, Shimol hamda Markaziy Amerikada, Yevropaning Janubda, Zakavkaze, O&#8217;rta Osiyoda tarqalgan. O&#8217;zbekistonda 5 turi mavjud. Ulardan bittasi \u2014 shirin mag&#8217;izli Bodom (A. comminis L.) ekiladi, qolganlari yovvoyi holda uchraydi. O&#8217;zbekistonning dengiz sathidan 1000-1200 metrgacha bo&#8217;lgan tog\u2019li zonalarida (Farg&#8217;ona vodiysi, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent viloyatlarida) o&#8217;stiriladi. Botanik tavsifi. Daraxti 6\u2014 10 metr, shoxshabbasi piramidasimon yoki tarvaqaylagan. Ildiz tizimi yaxshi rivojlangan. Barglari nashtarsimon. O&#8217;suv va meva novdalari chiqaradi. Erta bahorda,barg chiqarishdan oldin gullaydi. Guli oq yoki pushti, ikki jinsli. G&#8217;oyat yorug&#8217;sevar va qurg&#8217;oqchilikka chidamli. Chetdan changlanganda yaxshi hosil beradi. Mevasi (bodomi) pust (pishganda yorilib ketadi) bilan qoplangan qattiq qobiqli danak (yong&#8217;oqcha). Iyul sentabrda pishadi. Bodomi 0,5\u20144 gramm (mag&#8217;zi 12-80%). Mag\u2019zi tarkibida 35-67% yog&#8217;, 30% gacha oqsil moddalar, shuningdek qand, elimsimon moddalar (achchiq Bodom tarkibida 2,5% gacha amigdalin) bor. Po&#8217;chog&#8217;i naviga qarab yupqa (g&#8217;alvirak), o&#8217;rtacha va qattiq, mag&#8217;zi shirin yoki achchiq bo&#8217;ladi. Xo&#8217;jalik ahamiyati . Bodom asosan, shirin mag&#8217;zi uchun yetishtiriladi. Bodom mag&#8217;zi iste&#8217;mol qilinadi, konditer sanoatida, moyi tibbiyotda, achchiq mag&#8217;iz Bodomdan olinadigan efir moyi kosmetika sanoatida, po&#8217;chog&#8217;i likyor, konyak va vinolar rangi va ta&#8217;mini yaxshilashda ishlatiladi. Biologik xususiyatlari. Bodom 100, hatto 130 yilgacha yashaydi. Ko&#8217;chati danakmevalilar (shaftoli, olcha, o&#8217;rik) yoki achchiq Bodom danagini ekib olingan nihollarga shirin Bodom navlarini payvand qilish yo&#8217;li bilan yetishtiriladi. Ko&#8217;chati kuzda yoki bahorda 8&#215;6, 8&#215;8, 10&#215;10 metr sxemada ekiladi. Soz va toshloqi tuproqli, sug&#8217;oriladigan bo&#8217;z yerlarda yaxshi usadi. Ekilgan yili 8-10 marta, hosilga kirgach, 4-6 marta sug&#8217;oriladi. Shox-shabbasiga siyrak yarusli, ba&#8217;zan kosasimon shakl beriladi. Daraxti 4-5 yildan boshlab meva beradi. 12\u201415 yili to&#8217;liq hosilga kiradi. Bir tupidan 60\u2014 80 kilogrammgacha hosil olinadi. Daraxti 20\u2014 25\u00b0 sovuqqa bardosh beradi. O&#8217;zbekistonda ekiladigan asosiy navlari. Bo&#8217;stonliq \u2014 shaftoli bilan chatishtirish natijasida yetishtirilgan. Bodomi 2 gramm keladi. Po&#8217;chog&#8217;ining qalinligi o&#8217;rtacha, mag&#8217;zi shirin. Bahorgi qorasovuqqa chidamli. Ertagi \u2014 Buxoro bodomini oddiy Bodom bilan chatishtirib olingan. Erta gullaydi, mevasi iyudda pishadi. Mag&#8217;zi shirin. Sovuqqa chidamli. G&#8217;alvirak (yupqapo&#8217;choq) \u2014 Bodomining o&#8217;rtacha og&#8217;irligi 1,9 gramm, mag&#8217;zi to&#8217;q, erta gullaydi, mevasi avgustda pishadi, sovuqqa chidami o&#8217;rtacha. Bodomning Yalta, Kosmos, Nikitskiy 62, Turkmaniston a&#8217;losi kabi navlari ham ekilmoqda. Ad.: Pomologiya Uzbekistana, T., 1983; Sobirov M., Tomorqa bog&#8217;dorchiligi, T., 1991. Rixsivoy Jo&#8217;rayev.<\/p>\n\n\n\n<p>BODOM \u2014 naqsh turi; tuzilishi bodom mevasi shakliga o&#8217;xshash. &#187; Bodom gul&#187;, &#171;naqshi Bodom&#187;, &#171;Qalampirgul&#187; deb ham ataladi. Sharq, jumladan O&#8217;rta Osiyo, Old va Janubiy Osiyo mamlakatlari amaliy san&#8217;ati (kandakorlik, miskarlik, naqqoshlik, kashtado&#8217;zlik, matoga gul bosish va boshqalar)da keng tarqalgan. Bu naqsh miskarlik, ayniqsa, do&#8217;ppido&#8217;zlikda keng ishlatiladi, to&#8217;qimachilikda bu naqsh mujassamoti Kashmiriy deb yuritiladi. Bodom nusxa do&#8217;ppilar orasida xususan Chust do&#8217;ppilari mashhur.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BODOM (Amygdalus L.) \u2014 ra&#8217;nodoshlar (anorgullilar oilasi) ga mansub daraxt va butalar. 40 ga yaqin turi ma&#8217;lum. Osiyo, Shimol hamda Markaziy Amerikada, Yevropaning Janubda, Zakavkaze, O&#8217;rta Osiyoda tarqalgan. O&#8217;zbekistonda 5 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bodom\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17722","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17722","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17722"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17722\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17723,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17722\/revisions\/17723"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17722"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17722"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17722"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}