{"id":17750,"date":"2022-02-18T20:24:01","date_gmt":"2022-02-18T17:24:01","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17750"},"modified":"2022-02-18T20:24:02","modified_gmt":"2022-02-18T17:24:02","slug":"boyovut-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boyovut-tumani\/","title":{"rendered":"BOYOVUT TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>BOYOVUT TUMANI \u2014 Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1955 yil 19 aprelda Toshkent viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1960 yilda Yangiyer tumaniga qo&#8217;shilgan. 1963 yil Sirdaryo viloyati tarkibida qayta tashkil etildi. Boyovut tumani Sirdaryo viloyatining sharqida joylashgan. Sharqda Toshkent viloyatining Bekobod tumani, Janubi g&#8217;arbda Xovos tumani, shimolda Guliston tumani, g\u2019arbda Mirzaobod tumani va Janubda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,435 ming kilometr kvadrat. Aholisi 80,2 ming kishi (1999). Boyovut tumanida 1 shaharcha (Boyovut) va 1 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Boyovut, Dehqonobod, Darvozaqir, Do&#8217;stlik, Laylakko&#8217;l, Madaniyat, Mingchinor, Olmazor, Tinchlik, Usmonobod, G&#8217;allakor) bor. Markazi \u2014 Boyovut shaharchasi. Tabiati. Boyovut tumani Mirzacho&#8217;l dashtining Janubda joylashgan. Relefi tekislik bo&#8217;lib, yer yuzasi allyuvial yotqiziqlar bilan qoplangan. Iqlimi kontinental iqlim. Iyulning o&#8217;rtacha temperaturasi 26-28&#8243;, yanvarniki -2\u00b0, -4\u00b0. Yiliga o&#8217;rtacha 200\u2014 300 millimetr yog&#8217;in tushadi. Tuman hududida Bekobod shamolining ta&#8217;siri kuchli. Tuman hududidan Janub Mirzacho&#8217;l kanali va Toshkent viloyati Bekobod tumani chegarasidan &#171;Do&#8217;stlik&#187; kanali o&#8217;tgan. Grunt suvlari sho&#8217;r va sho&#8217;rtob. Tuproqlari lyoss ustida vujudga kelgan har xil bo&#8217;z tuproqlar. Ko&#8217;p yerlarini sho&#8217;r bosgan. Yovvoyi hayvonlardan tulki, chiyabo&#8217;ri, yovvoyi mushuk, quyon, sudraluvchilardan turli xil ilonlar, suvda va quruqda yashovchilardan cho&#8217;l qurbaqasi uchraydi. Sultonhovuz ko&#8217;lidan baliq ovlanadi. Aholisi, asosan, o&#8217;zbeklar; rus, tojik, tatar va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 kilometr kvadratga o&#8217;rtacha 161 kishi to&#8217;g\u2019ri keladi. Shaharliklar 13,8 ming kishi, qishloq aholisi 66,4 ming kishi (1999). Xo&#8217;jaligi. Tuman xo&#8217;jaligining asosiy tarmoqlari \u2014 paxtachilik, chorvachilik, bog&#8217;dorchilik va g&#8217;allakorlik. Tuman markazidagi mahalliy sanoat korxonasida xalq iste&#8217;moli mollari ishlab chiqariladi. 2 paxta tozalash, g&#8217;isht va non zavodlari bor. Tumanda 39 kichik va xususiy korxona, 250 o&#8217;rta biznes bilan shug&#8217;ullanuvchi korxona, 2 avtokorxona. aloqa bo&#8217;limi faoliyat ko&#8217;rsatadi (1999). Qishloq xo\u2019jaligida sug&#8217;oriladigan yerlar 29,7 ming gektar, ekinzorlar 29,2 ming gektar, shu jumladan 16,7 ming gektar yerga paxta, 126 gektar yerga sabzavot, 11,7 ming gektar yerga donli ekinlar, 787 gektar yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. Boyovut tumanida 10 shirkatlar uyushmasi, yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati, 2 dehqon-fermer xo&#8217;jaligi birlashmasi bor. Tuman jamoa va shaxsiy xo&#8217;jaliklarida 21,7 ming qoramol, 18,8 ming qo&#8217;y va echki, 25,6 ming parranda, 688 ot boqiladi (1999). 1999\/2000 o&#8217;quv yilida 45 umumiy ta&#8217;lim maktabida 20328 o&#8217;quvchi, 1 litseyda 185 o&#8217;quvchi, 2 hunar litseyida 918 o&#8217;quvchi ta&#8217;lim oldi. San&#8217;at maktabi, 33 kutubxona, 18 klub, 12 qishloq madaniyat uyi, 2 avtoklub, 7 badiiy havaskorlik jamoasi, muzey bor. 280 o&#8217;rinli kasalxona va dispanser, 35 tibbiy punkt bo&#8217;lib, ularda 107 vrach, 950 o&#8217;rta ma&#8217;lumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1966 yildan &#171;Istiqbol&#187; tuman gazetasi chiqadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOYOVUT TUMANI \u2014 Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1955 yil 19 aprelda Toshkent viloyati tarkibida tashkil etilgan. 1960 yilda Yangiyer tumaniga qo&#8217;shilgan. 1963 yil Sirdaryo viloyati tarkibida qayta tashkil etildi. Boyovut tumani &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boyovut-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17750","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17750","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17750"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17750\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17753,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17750\/revisions\/17753"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17750"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17750"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17750"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}