{"id":17763,"date":"2022-02-18T20:41:29","date_gmt":"2022-02-18T17:41:29","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17763"},"modified":"2022-02-18T20:41:32","modified_gmt":"2022-02-18T17:41:32","slug":"bojxona","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bojxona\/","title":{"rendered":"BOJXONA"},"content":{"rendered":"\n<p>BOJXONA \u2014 1) boj undiradigan joy; 2) chegara orqali o&#8217;tadigan jami yuklarni, jumladan, bagaj va pochta jo&#8217;natmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi; o&#8217;tkazilayogan yuklarni tekshirish, tartibga solish va rasmiylashtirish, ulardan boj va yig&#8217;imlar undirish bilan shug&#8217;ullanadi. Bojxona haqidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartib-qoidalarning buzilishini oldini olish, ularga nisbatan choralar ko&#8217;rish, surishtiruv va tezkor qidiruv ishlari olib borish, kontrabandaga qarshi kurashish ham Bojxona vakolatiga kiradi. Bojxonalar, odatda, dengiz va daryo portlarida, xalqaro aeroportlarda, temir yo&#8217;l stansiyalari, chegara punktlarida joylashadi. Bojxona muassasalari tashqi savdoda mamlakat manfaati ta&#8217;minlanishini nazorat qiladi, qimmatbaho boyliklar (san&#8217;at asarlari, nodir metallar va boshqalar) ning mamlakat hududidan olib chiqib ketilishining oldini oladi. Dastlabki Bojxonalar savdogarlarga ko&#8217;rsatiladigan xizmatlar uchun boj undirish maqsadlarida tashkil etilgan. Qadimgi Xitoyda ipak qurtini tashqariga olib chiqmaslikni Bojxona qat&#8217;iy nazorat qilgan. Buyuk Britaniyada 1006 yildan boshlab orolga keltiriladigan har qanday yukdan &#171;qirol haqi&#187; undirilgan. Boltiq dengizini Jahon okeani bilan tutashtiradigan bo&#8217;g&#8217;ozdan o&#8217;tganligi uchun olinadigan &#171;Zund boji&#187; asrlar davomida Daniya qirolligi xazinasini boyitib kelgan. Savdo-sotiq erkinligi va xavfsizligini ta&#8217;minlashda Bojxona muhim o&#8217;rin tutgan, olib o&#8217;tilayotgan tovarga maxsus belgi qo&#8217;yilgan va bu tovardan boj olinganini ifoda etgan. O&#8217;rta asrlarda karvon yo&#8217;llarida, maxsus joylar (ko&#8217;priklar, dovonlar hamda shahar tashqarisi va boshqalar)da savdo karvonlaridan boj oluvchi Bojxonalar bo&#8217;lgan. O&#8217;rta Osiyo hududida Bojxonalar uzoq tarixiy davrda shakllanib kelgan. O&#8217;zbekistonda birinchi Patta Hisor Bojxonasi 19-asrning oxirlarida Rossiya imperiyasi O&#8217;rta Osiyoni bosib olgandan keyin tashkil etilgan. Bu Bojxona Afg&#8217;oniston orqali o&#8217;tadigan yuklarni nazorat qilgan. Sobiq Ittifoq vujudga kelgach, bu post Termiz Bojxonasiga aylantirildi. Keyinchalik havo yo&#8217;llarining rivojlanishi bilan 1958 yilda Toshkent aeroportida Toshkent Bojxona posti tashkil etildi va u Termiz Bojxonaga bo&#8217;ysundirildi. 1959 yil aprelda Toshkent Bojxona posti Bojxonaga aylantirildi. O&#8217;zbekiston Bojxona tizimining keyingi rivoji natijasida 1984 yilda Toshkent Bojxonasi tarkibida bo&#8217;lgan Tuzel qo&#8217;rg&#8217;oni (aeroport) va Farg&#8217;ona Bojxona postlari barpo etildi. 80-yillar oxiriga kelib, O&#8217;zbekistonning iqtisodiy aloqalari kengayishi bilan Bojxona tizimini takomillashtirish zarurati tug&#8217;ildi. 1988 yil oktabrda Toshkent Bojxonasi negizida O&#8217;zbekiston Respublikasi bojxonasi tuzildi. Bu Bojxonalar respublika organlariga bo&#8217;ysunmay sobiq Ittifoq Bojxonasi tarkibiga kirar edi. O&#8217;zbekiston o&#8217;z mustaqilligini qulga kiritgach, 1991 yil 24 oktabrda O&#8217;zbekiston Respublikasi bojxona qo&#8217;mitasi tuzildi. Tashki iqtisodiy faoliyatni, Bojxona ishini tartibga soluvchi qonunlar, me&#8217;yoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq me&#8217;yorlari bilan uyg&#8217;unlashtirildi. 1997 yil 8 iyulda O&#8217;zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika Bojxona xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997 yil 29 avgustda O&#8217;zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9-sessiyasida O&#8217;zbekiston Respublikasining &#171;Boj tarifi to&#8217;g&#8217;risida&#187;, &#171;Davlat bojxona xizmati to&#8217;g&#8217;risida&#187;gi qonunlari, 1997 yil 26 dekabrda O&#8217;zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi. Qoraqalpog&#8217;iston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida bojxona xizmati boshqarmalari, qo&#8217;shni davlatlar bilan chegara hududlaridagi magistral yo&#8217;llarda shu boshqarmalarga qarashli Bojxona postlari faoliyat ko&#8217;rsatadi. Respublikada Bojxona organlarining asosiy vazifalari o&#8217;z vakolati doirasida O&#8217;zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta&#8217;minlash; O&#8217;zbekiston Bojxona ishlariga oid qonunchilikning buzilmasligini nazorat qilish; uzrning xalqaro shartnomalardagi Bojxona ishlariga oid bandlarning bajarilib borilishini ta&#8217;minlash; kontrabandaga qarshi kurash; Bojxona statistikasi, shuningdek tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish; valyuta nazoratini amalga oshirish, strategik hamda respublika uchun muhim boshqa mahsulotlarni olib chiqib ketilmasligi ustidan nazorat yuritish va boshqalardan iborat. O&#8217;zbekiston hududida Bojxonalar faoliyatini uyushtirish va unga rahbarlikni O&#8217;zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo&#8217;mitasi olib boradi. O&#8217;zbekiston Respublikasi Jahon bojxona tashkilotiga a&#8217;zo (1994). O&#8217;tkir Komilov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOJXONA \u2014 1) boj undiradigan joy; 2) chegara orqali o&#8217;tadigan jami yuklarni, jumladan, bagaj va pochta jo&#8217;natmalarini nazorat qiladigan davlat muassasasi; o&#8217;tkazilayogan yuklarni tekshirish, tartibga solish va rasmiylashtirish, ulardan boj &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bojxona\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17763","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17763","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17763"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17763\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17764,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17763\/revisions\/17764"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17763"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17763"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17763"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}