{"id":17807,"date":"2022-02-19T17:38:55","date_gmt":"2022-02-19T14:38:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=17807"},"modified":"2022-02-19T17:38:56","modified_gmt":"2022-02-19T14:38:56","slug":"bozor","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bozor\/","title":{"rendered":"BOZOR"},"content":{"rendered":"\n<p>BOZOR \u2014 1) sotuvchilar bilan xaridorlar o&#8217;rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste&#8217;molni o&#8217;zaro bog&#8217;lovchi mexanizm. Bozor ob&#8217;yekti nafligi bor tovar va xizmatlar, sub&#8217;yekti esa Bozor ishtirokchilari (sotuvchi va xaridorlar) bo&#8217;lib, ular firmalar, uy xo&#8217;jaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. Bozor ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. Bozorda tovarlar bilan oldi-sotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. Bozor ishtirokchilari sotuvchi hamda xaridor maqomiga ega bo&#8217;ladilar. Bozorda 2 jarayon amalga oshadi: biri \u2014 tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, ya&#8217;ni T\u2014P; ikkinchisi \u2014 tovarni xarid etish, pulni tovarga ayirboshlash, ya&#8217;ni P\u2014T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. Bozor iqtisodiyotda ishlab chiqarishni iste&#8217;mol bilan bog&#8217;lash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar Bozorga chiqadi, u yerda sotilgach, iste&#8217;molga kelib tushadi); qiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini ta&#8217;minlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar Bozorda sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish uchun zarur iqtisodiy resurslar, chunonchi asbob-uskunalar, mashinalar, yoqilg&#8217;i, ish kuchi sotib olinib, ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.); iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish); mamlakatlar o&#8217;rtasida iqtisodiy hamkorlik o&#8217;rnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiqligini o&#8217;zgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx o&#8217;ssa, ishlab chiqarish ko&#8217;payadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi. Bozor o&#8217;z ishtirokchilari mavqeiga qarab erkin va monopol Bozorga ajraladi. Erkin Bozorda sotuvchilar ham, xaridorlar ham ko&#8217;p bo&#8217;lib, narxlar talab va taklif negizida shakllanadi. Monopol Bozorda ozchilik sotuvchilarning hukmronligi o&#8217;rnatilgan bo&#8217;lib, narxlar faqat shularning manfaatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunday Bozorlar raqobotning sustligi yoki umuman bo&#8217;lmasligi bilan ajralib turadi. Ayirboshlash ob&#8217;yektining moddiy shakli jihatidan olganda iste&#8217;mol tovarlari va xizmatlar, resurslar, mehnat, moliya, intellektual tovarlar, qurol-aslaha, ishlab chiqairhs vositalari, investitsiya, qimmatli qog&#8217;ozlar, ilmiy g&#8217;oyalar, texnikaviy ishlanmalar va mehnat (ish kuchi) Bozorlari mavjud. Bozor o&#8217;z qamrov doirasiga qarab mahalliy, mintaqaviy, milliy va jahon Bozorlariga bo&#8217;linadi. Tovarlarning chetdan kelish kelmasligiga qarab ochiq Bozor, yopiq Bozor (ichki Bozor) singari turlari uchraydi. Oldi-sotdi miqdori, ya&#8217;ni tovar aylanmasi hajmining o&#8217;zgarishiga qarab kengayuvchi Bozor va torayuvchi Bozorga bo&#8217;linadi. Amal qilish tarzi jihatdan tartibsiz (stixiyali), rejali tashkil etilgan va boshqariladigan Bozorlar mavjud. Stixiyali Bozordan tartibli, rejali tashkil etilgan Bozorga o&#8217;tish madaniylashgan jamiyatga xos. Hozir hech bir mamlakatda tartibsiz Bozor hukmron emas, aksincha boshqariladigan Bozor yetakchi mavqega ega. Iqtisodiyot o&#8217;sgan sari Bozor turlari ko&#8217;payadi, chunki sotiladigan tovarlar va xizmatlar xilma-xil bo&#8217;lib boradi, xaridor ham o&#8217;z daromadi, didi, umuman talab ehtiyojiga qarab tabaqalashadi, Bozorda sotiladigan tovarlar va xizmatlar summasi ortib boradi. 2). Savdo-sotiq qilinadigan muayyan joy, maydon. Bozorlar qadimgi Rim va Yunonistonning Milet, Pergam va boshqa shaharlarida to&#8217;g&#8217;ri to&#8217;rtburchakli maydonda 3 yoki 4 tomoni qator ustunli savdo rastalari va omborlar, ibodatxonalar, ustaxonalar va boshqalardan iborat bo&#8217;lgan. Bozor maydonlari shahar majmua (Agora, forum)larining bir qismi hisoblangan. Har bir mamlakat Bozorlarining me&#8217;morligi va qurilishi iqlim sharoiti, iqtisodi, geografik o&#8217;rni va savdo sohasidagi an&#8217;analar bilan bog&#8217;liq bo&#8217;lgan. O&#8217;rta yer dengizi havzasida qadimda ochiq maydonlarda, Sharqda esa usti yopiq Bozorlar rivojlangan (&#171;suq&#187;, &#171;asvok&#187;, &#171;Chorsu&#187;; Turkiya va Eronda &#171;xon&#187;, &#171;bediston&#187; nomi bilan yuritilgan). Yevropada Bozorlar maxsus reja asosida qurilgan (Parijdagi Markaziy Bozor, 1850 va boshqalar). Rossiyada ixtisoslashgan Bozor (&#171;Gostiniy dvor&#187;)lar asosan, 1-2 qavatli, old tomoni ko&#8217;pincha ravoqlar yoki ustunlar qatoridan iborat bostirma bo&#8217;lgan (Sankt Peterburgdagi Bozor, 1761\u2014 85; Yaroslavldagi Bozor, 1813-18 va boshqalar). O&#8217;rta Osiyo hududidagi Buxoro, Samarqand, Poykend, Urganch, Xiva, Marv, Numijkat, Isfijob, Ushturkat, Chag&#8217;oniyon kabi shaharlarda savdo-sotiq qadimdan rivojlangan. Ayniqsa, o&#8217;rta asrlarga kelib nafaqat shaharlarda, balki juda ko&#8217;p yirik qishloqlarda ham Tim, toki, Chorsu deb nomlangan gavjum bozorlar bo&#8217;lgan (Qarnob cho&#8217;l yoqasidagi, Narpay tumanidagi katta qishloq Tim deb ataladi. 10-asrda bu manzil katta savdo markazi bo&#8217;lgan, uning TIMI saqlanmagan). Gumbazli timlar eng gavjum chorraha chorsularda joylashgani uchun ham shaharning me&#8217;moriy qiyofasini belgilagan. Yengil yog&#8217;och tomli, ustun ayvonli timlar ham ko&#8217;p bo&#8217;lgan. Chorrahalarda qurilgan Tim, Chorsu namunalarini Samarqand va Shahrisabz (17-asr), Xiva (Olloqulixon TIMI), Buxoro (Abdullaxon tilsh)dagi timlar misolida kuzatish mumkin. Samarqand Chorsu Bozori atrofida miskarlik, kulolchilik, sangtaroshlik, mahsido&#8217;zlik, najjorlik, sahhoflik, zargarlik kabi do&#8217;konlar joylashgan. Chorsu Bozori gumbazli qilib qurilgan. Savdo do&#8217;konlarida matolar, ulardan tikilgan kiyim-kechaklar sotilgan. Rastalarda esa ho&#8217;l mevalar va anvoyi shirinliklar ko&#8217;p bo&#8217;lgan. Shahrisabzdagi ulkan gumbazli Chorsu Bozori (1598-1602)ning to&#8217;rt tomonida qo&#8217;sh tabaqali darvozasi bor edi. Gumbaz ostidagi savdo rastalari bo&#8217;ylab to&#8217;rt burchakli xonalar joylashgan. Bozorlarda savdo rastalari muayyan mollar yoki hunarmandchilik mahsulotlariga mo&#8217;ljallangan. Ba&#8217;zan mahsulot shu yerning o&#8217;zida ishlab chiqarilib xaridorlarga sotilgan. Masalan, Buxoro zargarlar rastasi (Toqi Zargaron), Sarroflar rastasi (toki Sarrofon), Miskarlar rastasi (Toqi Miskaron) va boshqalar. O&#8217;rta asrda Toshkentning Markaziy Bozorida 3 mingdan ortiq do&#8217;kon maxsus rastalarga joylashgan. Xorazm vohasidagi Xiva Bozorida 260 do&#8217;kon, Urganchda 300, Qo&#8217;ng&#8217;irotda 315, Xo&#8217;jaylida 150 ga yaqin do&#8217;kon bo&#8217;lgan. Shahar va qishloqlarda muayyan kunga belgilangan (seshanba, chorshanba, juma kabi) katta Bozorlar bo&#8217;lib, ularga butun Markaziy Osiyo va chet ellardan savdogarlar kelgan. Bozorda savdogar, do&#8217;kondor, kosib, dehqon va mayda bozorchilar savdo qilishgan. Bozor do&#8217;konlarini eng boy savdogar va qunarmandlar egallagan. Bunday Bozorlardagi yirik karvon saroylar va ombor (kappon)lar ulgurji savdo markazlari hisoblangan. Karvonsaroylarning soniga qarab hatto savdo-sotiqning hajmi belgilangan (masalan, Toshkentda 45, Buxoroda 50 ga yaqin, Samarqandda 25, Xiva va Qo&#8217;qonda 10 dan ortiq karvonsaroylar bo&#8217;lganini va ularda savdo-sotiq ancha rivojlanganligi yozma manbalardan ma&#8217;lum). Karvonsaroylarda va savdo rastalarida savdo ishlarida xizmat qiladigan qorovul, hammol, farrosh, yuk tashuvchi va joylashtiruvchi mardikorlar ko&#8217;p bo&#8217;lgan. Yirik savdogarlar maxsus mirzolarni saqlagan. Mirzolar barcha savdo ishlarini, ayniqsa ulgurji savdoni rasmiylashtirishda bevosita ishtirok qilgan. Hisobkitob ishlarini kosid boshqargan. Yirik savdogarlar maxsus jamoaga birikkan. Uni jamoa a&#8217;zolarining eng obro&#8217;li katta savdogarlar orasidan saylangan oqsoqol karvonboshi boshqargan. Jamoaga savdogarlar tabaqasining yirik namoyandalari kirgan. O&#8217;z navbatida ayrim savdo rastalari birikib shu rastadagi do&#8217;konlardan o&#8217;zining oqsoqolini (ba&#8217;zi joylarda rais ham deyiladi) saylaganlar. Oqsoqol savdo tartiblari va qoidalariga amal qilinishini kuzatib, xaridorlar va savdogarlar orasidagi mojaroning hal qilinishiga, ba&#8217;zan tashqaridan kelgan molning do&#8217;konlar orasida odilona tarqatilishiga bosh bo&#8217;lgan. Buxoro amirligi va Xiva xonligi bilan Rossiya o&#8217;rtasidagi savdo aloqalari ayniqsa Zakaspiy temir yo\u2019l qurilgach, ancha rivojlangan. Toshkentdagi eski jo&#8217;va Bozori karvonlar kelibketadigan yirik savdo markazi bo&#8217;lgan. Shaharning barcha darvozalaridagi yo&#8217;llar Bozorga kelib taqalgan. Atrofida karvonsaroy, omborxona, ustaxonalar, do&#8217;konlar va boshqalar joylashgan. 19-asr 2-yarmidan boshlab bu yerda sanoatchi boylar o&#8217;z do&#8217;konlari, omborlari va idoralarini qurishgan. Farg&#8217;ona vodiysida o&#8217;zining kattaligi va savdo aylanmasi jihatidan Qo&#8217;qon Bozori alohida ajralib turadi. O&#8217;zining obodonligi va qulayligi bilan Buxoro Bozori. mintaqada birinchi o&#8217;rinda turgan. Ipak gazlamalari bilan butun Sharqda tanilgan Marg&#8217;ilonda qator-qator tizilgan do&#8217;konlar (ko&#8217;cha bo&#8217;ylab 2,5 kilometrgacha cho&#8217;zilgan)da savdo-sotiq qilingan. O&#8217;rta Osiyoda mustaqil davlatlarning paydo bo&#8217;lishi xususiy mulkchilikni qayta tiklab, savdo erkinligiga keng yo&#8217;l ochib berdi. Jumladan O&#8217;zbekistonda Bozor iqtisodiyotining hayotga tatbiq qilinishi an&#8217;anaviy savdoni yangi zamonaviy uslub va vositalar bilan boyitib, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojiga katta yo&#8217;l ochib berdi. Mustaqil O&#8217;zbekiston barcha chet el mamlakatlari bilan o&#8217;z manfaatiga qarab erkin, siyosiy, iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalarini o&#8217;rnatdi va bu sohada yangi-yangi yo&#8217;llarni topishda tinmay izlanmoqda. O&#8217;zbekiston Respublikasida Bozor faoliyatini rivojlantirish yo&#8217;lida juda ko&#8217;p yangi savdo uyushmalari, kontsern va firmalar paydo bo&#8217;lmoqda, davr talabiga javob bera oladigan iste&#8217;dodli ishbilarmonlar safi ko&#8217;paymoqda. Bozorlar Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Andijon kabi yirik shaharlarning markazida me&#8217;moriy yechimlari o&#8217;ziga xos milliy an&#8217;analar asosida yaratilmoqda. Bozorlar shaharni bog&#8217;lab turuvchi asosiy shohko&#8217;chalar, yirik savdo inshootlari majmuasi va turar joy massivlari, temir yo\u2019l, avtovokzal yaqinida va mikrorayonlar markazida joylashtirilmoqda. Bozorlar an&#8217;anaviy qator ustunli bostirmalar, gumbazli, toq va Tim, soyabonsimon, oynaband uslubida barpo etilmoqda. Bularda sotuvchi va xaridorlarga qulaylik yaratish maqsadida savdo rastalarining atrofida do&#8217;konlar, madaniy-maishiy xizmat ko&#8217;rsatish shoxobchalari mujassamlashtirilgan holda qurilmoqda. Bozor hududida ko&#8217;p tarmoqli savdo do&#8217;konlari, choyxona, dehqonlar mehmonxonasi, muzlatkichli omborxonalar, yuk ko&#8217;targich, nonvoyxona va boshqa mavjud. Toshkentdagi &#171;eski jo&#8217;va&#187;, &#171;Oloy&#187;, &#171;Qo&#8217;yliq&#187; Bozorlari, Buxoro bozori, Samarqanddagi &#171;Siyob&#187;, Urgutdagi &#171;Urgut&#187; va boshqa an&#8217;anaviy va zamonaviy me&#8217;morlikni o&#8217;zida mujassamlantirgan eng yirik Bozorlardan. Hozir O&#8217;zbekistonda Bozor asosiy sotiladigan mahsulotlarga ko&#8217;ra dehqon bozori (qishloq xo\u2019jalik mahsulotlari), buyum Bozori, ulgurji Bozor, mol (chorva mollari) Bozor kabi asosiy turlarga bo&#8217;linadi. Ad:. To&#8217;xliyev N., Osiyo va bozor, T., 1992; O&#8217;lmasov A., Iqtisodiyot asoslari, T., 1997. Ahmadjon O&#8217;lmasov, Muhammadamin Rasulov, Hamza Ubaydullayev.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOZOR \u2014 1) sotuvchilar bilan xaridorlar o&#8217;rtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan iste&#8217;molni o&#8217;zaro bog&#8217;lovchi mexanizm. Bozor ob&#8217;yekti nafligi bor tovar va xizmatlar, sub&#8217;yekti esa Bozor ishtirokchilari (sotuvchi va &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bozor\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-17807","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17807","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=17807"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17807\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":17808,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/17807\/revisions\/17808"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=17807"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=17807"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=17807"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}