{"id":18305,"date":"2022-02-21T10:27:31","date_gmt":"2022-02-21T07:27:31","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18305"},"modified":"2022-02-21T10:27:34","modified_gmt":"2022-02-21T07:27:34","slug":"boysuntog","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boysuntog\/","title":{"rendered":"BOYSUNTOG&#8217;"},"content":{"rendered":"\n<p>BOYSUNTOG&#8217; \u2014 Hisor tog&#8217; tizmasining eng uzun Janubiy g&#8217;arbiy tarmog&#8217;i. Surxondaryo viloyatining asosan Boysun, qisman Sariosiyo tumanlari hududida joylashgan. Shimol sharqdan Janubi g&#8217;arbga 150 kilometrga cho&#8217;zilgan. Eng baland joyi \u2014 4425 metr (Xo&#8217;japiryox tog&#8217;i). Boysuntog&#8217;ning ayrim qismlari turli nomda ataladi: (shimoli sharqdan Janubi g&#8217;arbga) Qushtang (3723 metr), Ketmonchopti, Sarimas (1886 metr), Suvsiztog&#8217; (2124 metr). O\u2019rtacha balandligi 2500-3000 metr. Boysuntog&#8217; tizmalari Sheroboddaryo bilan Surxondaryoning suvayirg&#8217;ichi. Boysuntog&#8217;da 3000 metrdan baland dovonlar (Belovti \u2014 3712 metr, Gaza \u2014 3018 metr) bor. Boysuntog&#8217; gersin va Alp orogenezlari davrida burmalangan. Asosan paleozoy erasi granit, granodiorit, gneys, slanes jinslaridan tarkib topgan. Yon bag&#8217;irlari soy o&#8217;zanlari bilan parchalangan, denudatsiya tektonik shakllari kup tarqalgan. Karst hodisasi rivojlangan. Boysuntog&#8217;ning Janubi Sharqiy yon bag&#8217;rilari tik va kambar, shimoli g&#8217;arbi esa qiya. Janubiy Sharqiy yon bag&#8217;rining iqlimi ancha yumshoq (3000 metrgacha) va sernam. Dengiz sathidan 1200-1500 metr balandlikda yozda temperatura 25\u00b0, qishda 0\u00b0, 2500-3000 metr balandlikda esa yozda 17\u00b0, qishda \u2014 6\u00b0. 750-1800 metr balandlikda minimal temperatura -17\u00b0, 1800-2800 metr balandlikda \u2014 17\u00b0 dan -25\u00b0 gacha. O&#8217;rtacha yillik yog&#8217;in miqdori Boysunda 445 millimetr, 2000 metr balandlikda 800 millimetr. Boysuntog&#8217;dan kup sersuv daryo va soylar boshlanadi (Machaydaryo, Qayroqsoy, Xo&#8217;jaipok, Boysunsoy, Shotutsoy, Palg&#8217;ar va boshqalar). Bo&#8217;z tuproq, qo&#8217;ng&#8217;ir, qoraqo&#8217;ng&#8217;ir tog&#8217;-o&#8217;rmon, ochqo&#8217;ng&#8217;ir o&#8217;tloqidasht, ochqo&#8217;ng&#8217;ir baland tog&#8217;tuproqlarida tog&#8217;dasht, archazorsiyrak daraxtli o&#8217;rmon, o&#8217;rmon, o&#8217;tloq dasht yaylov o&#8217;simliklari o&#8217;sadi. Boysuntog&#8217; dorivor, efir moyli, mevali daraxtlar, yem-xashak va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan o&#8217;simliklarga boy. Antropogen ta&#8217;sir oqibatida o&#8217;simlik qoplamlari maydoni qisqarib, turlarning zaxiralari kamaymoqda. Boysuntog&#8217;da yovvoyi hayvonlar ham ko&#8217;p. Tog&#8217;dan asosan yaylov sifatida foydalaniladi. Lalmi va sug&#8217;orma dehqonchilik, bog&#8217;dorchilik rivojlangan. Boysuntog&#8217;da tuproq eroziyasi, yaylov degressiyasi, tog&#8217; landshaftlari degradatsiyasi (yemirilishi), tabiiy ofat hodisalari (sel, o&#8217;pirilish, ko&#8217;chki), sodir bo&#8217;lishi keng tarqalgan. Boysuntog&#8217;da 60 million yil ilgari yashab o&#8217;tgan dinozavr izlari topilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOYSUNTOG&#8217; \u2014 Hisor tog&#8217; tizmasining eng uzun Janubiy g&#8217;arbiy tarmog&#8217;i. Surxondaryo viloyatining asosan Boysun, qisman Sariosiyo tumanlari hududida joylashgan. Shimol sharqdan Janubi g&#8217;arbga 150 kilometrga cho&#8217;zilgan. Eng baland joyi \u2014 &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boysuntog\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18305","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18305","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18305"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18305\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18307,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18305\/revisions\/18307"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18305"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18305"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18305"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}