{"id":18306,"date":"2022-02-21T10:27:38","date_gmt":"2022-02-21T07:27:38","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18306"},"modified":"2022-02-21T10:27:39","modified_gmt":"2022-02-21T07:27:39","slug":"boysungur","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boysungur\/","title":{"rendered":"BOYSUNG&#8217;UR"},"content":{"rendered":"\n<p>BOYSUNG&#8217;UR, Boysunqur, Boysunqar (1397.16.9\u2014Hirot \u2014 1433.20.12) \u2014 temuriy Shahzoda. Shohrux Mirzo bilan Gavharshodbegimnning o&#8217;g&#8217;li. Boysung&#8217;ur 1414 yil Mozandaron, Astrobod va Jurjon viloyatlari hokimi, 1416-20 yillarda esa otasi Shohruxning vaziri bo&#8217;lgan. Eron Ozarbayjoni (1420) va Astrobod (1431) hokimi. Og&#8217;ir dardga chalinib 36 yoshida vafot etgan. Boysung&#8217;ur insonparvar, adolatpesha, ilm va adab ahliga muruvvatli hukmdor bo&#8217;lish bilan birga, o&#8217;zi ham g&#8217;azallar bitgan, xattotlik va naqqoshlik san&#8217;atini mukammal egallagan. U Hirotda noyob qo&#8217;lyozmalar jamlangan juda boy kutubxona tashkil qilgan, unda 40 dan ortiq xattot mo&#8217;g&#8217;ullar istilosi davrida yo&#8217;q qilingan qo&#8217;lyozmalarning bo&#8217;lak nusxalarini topib, ulardan nusxalar ko&#8217;chirish yoki yaroqsiz holga kelganlarini tiklash bilan mashg&#8217;ul bo&#8217;lgan. Hirotdagi Gavharshodbegim masjidi bezaklari va kitobalarini shaxsan Boysung&#8217;ur ning o&#8217;zi bajarganligi tarixiy manbalarda qayd etilgan. Uning rahbarligi va bevosita ishtirokida Abulqosim Firdavsiy &#171;Shohnoma&#187;sining tanqidiy matni tuzilgan (1425-26). Unga Boysung&#8217;urning o&#8217;zi so&#8217;z boshi yozgan. &#171;Shohnoma&#187; ning bu nusxasi &#171;Shohnomai Boysung&#8217;uriy&#187; deb atalgan (rasmlar bilan bezatilgan mazkur qo&#8217;lyozma Tehron muzeyida saqlanadi). Shuningdek Boysung&#8217;ur jahon san&#8217;ati tarixida muhim o&#8217;rin tutgan Hirot miniatyura maktabita asos solgan. Bu maktab vakillari tomonidan ko&#8217;chirilgan asarlarning ko&#8217;pchiligi Istanbul kutubxonalarida saqlanadi.<\/p>\n\n\n\n<p>BOYSUNG&#8217;UR, Boysunqur, Boysunqar (1477\/78\u20141499) \u2014 Movarounnahr hukmdori (1495, 1497). Temuriylardan. Sulton Mahmud Mirzonint o&#8217;g&#8217;li, otasi hayotlik chog&#8217;ida Buxoro hokimi bo&#8217;lgan. U vafot etgach, ikki marta Samarqand taxtini egallagan, ammo tez orada akaukalar o&#8217;rtasida taxt uchun kurashda halok bo&#8217;lgan. Bobur uni Jasur va adolatli hukmdor deb ta&#8217;riflaydi. Boysung&#8217;ur &#171;Odiliy&#187; taxallusida g&#8217;azallar ham bitgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOYSUNG&#8217;UR, Boysunqur, Boysunqar (1397.16.9\u2014Hirot \u2014 1433.20.12) \u2014 temuriy Shahzoda. Shohrux Mirzo bilan Gavharshodbegimnning o&#8217;g&#8217;li. Boysung&#8217;ur 1414 yil Mozandaron, Astrobod va Jurjon viloyatlari hokimi, 1416-20 yillarda esa otasi Shohruxning vaziri bo&#8217;lgan. &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boysungur\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18306","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18306","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18306"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18306\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18308,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18306\/revisions\/18308"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18306"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18306"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18306"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}