{"id":18391,"date":"2022-02-21T17:15:19","date_gmt":"2022-02-21T14:15:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18391"},"modified":"2022-02-21T17:15:21","modified_gmt":"2022-02-21T14:15:21","slug":"boshoyoqli-mollyuskalar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boshoyoqli-mollyuskalar\/","title":{"rendered":"BOSHOYOQLI MOLLYUSKALAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BOSHOYOQLI MOLLYUSKALAR (Cephalopoda) \u2014 yuksak tuzilgan dengiz mollyuskalari sinfi. Tanasi (uzunligi 1 santimetrdan 5 metrgacha) bilateral simmetriyali, odatda, tana va yirik bosh bo&#8217;limlaridan iborat. Oyog&#8217;i voronkaga aylangan. Tanasi qalin mantiya bilan qoplangan. Ichki organlari keng mantiya bo&#8217;shlig&#8217;ida joylashgan. Og&#8217;iz teshigi atrofida 8 yoki 10 ta paypaslagichlari (oyoqlari) bo&#8217;ladi. Paypaslagichlarida bir necha qator bo&#8217;lib joylashgan juda ko&#8217;p so&#8217;rg&#8217;ichlari bor. Ko&#8217;pchilik turlarining chig&#8217;anog&#8217;i evolyutsiya jarayonida reduktsiyaga uchragan yoki mantiya burmalari ichida plastinka holida saqlanib qolgan. Haqiqiy chig&#8217;anoq faqat nautilusda bo&#8217;ladi. Urg&#8217;ochi argonavt chig&#8217;anog&#8217;i esa tuxumlarini olib yurishga moslashgan. Bosh miyasi tog&#8217;ay skelet bilan qoplangan. To&#8217;tiqush tumshug&#8217;iga o&#8217;xshash egilgan bir juft jag&#8217;lari ozig&#8217;ini ushlab turish va maydalash uchun xizmat qiladi. Qirg&#8217;ichlari va 2 juft so&#8217;lak bezlari bor. Orqa ichagiga siyoh xaltasi yo&#8217;li ochiladi. Bosh miyasi yirik, boshining ikki yonida yirik va yaxshi rivojlangan ko&#8217;zlari joylashgan. Boshoqli mollyuskalar rangini tez o&#8217;zgartirish xususiyatiga ega (niqoblanish). Aksariyat turlarida nur taratuvchi organlari bo&#8217;ladi. Qon aylanish sistemasi deyarli yopiq. Ayrim jinsli, ba&#8217;zi turlarida jinsiy dimorfizm yaxshi rivojlangan. Erkagi paypaslagichlarining o&#8217;zgarishidan hosil bo&#8217;ladigan spermatofori (gektokotil) yordamida urug&#8217; hujayralarini urg&#8217;ochisining mantiya bo&#8217;shlig&#8217;iga yoki urug&#8217;qabul qilgichiga kiritadi. Tuxumlari yirik, sariq moddasi ko&#8217;p. Tuxumdan voyaga etgan davriga o&#8217;xshash mollyuska chiqadi. Boshoqli mollyuskalar, odatda, reaktiv usulda faol harakat qiladi. Buning uchun boshining pastida joylashgan 2 ta tirqish orqali suv mantiya bo&#8217;shlig&#8217;iga kiradi; mantiya devorida muskullar kuchli qisqarganda suv voronkasi orqali kuch bilan otilib chiqib, mollyuska tanasini suradi. Ko&#8217;pchilik turlarida tanasining keyingi tomonida va ikki yonida bir juft suzgichlari bo&#8217;ladi. Hozirgi Boshoqli mollyuskalarning 650 ga yaqin turi okean va ochiq dengizlarda tarqalgan, 2 ta (to&#8217;rt jabralilar, ikki jabralilar) kenja sinfga bo&#8217;linadi. To&#8217;rt jabralilar eng qadimgi sodda tuzilgan (masalan, Nautilus), ikki jabralilar esa qolgan barcha hozirgi mollyuskalarni o\u2019z ichiga oladi. Pelagik va dengiz tubida hayot kechiradi. Yirtqich, bentofag va plantofag oziqlanadi. Ko&#8217;pchilik Boshoqli mollyuskalar go&#8217;shti uchun ovlanadi. Ayrim turlari farmatsevtika sanoati uchun xom ashyo hisoblanadi. Dunyo bo&#8217;yicha har yili 1,63 million tonnaga yaqin Boshoqli mollyuskalar ovlanadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOSHOYOQLI MOLLYUSKALAR (Cephalopoda) \u2014 yuksak tuzilgan dengiz mollyuskalari sinfi. Tanasi (uzunligi 1 santimetrdan 5 metrgacha) bilateral simmetriyali, odatda, tana va yirik bosh bo&#8217;limlaridan iborat. Oyog&#8217;i voronkaga aylangan. Tanasi qalin mantiya &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boshoyoqli-mollyuskalar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18391","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18391","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18391"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18391\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18394,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18391\/revisions\/18394"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18391"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18391"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18391"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}