{"id":18444,"date":"2022-02-21T19:34:44","date_gmt":"2022-02-21T16:34:44","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18444"},"modified":"2022-02-21T19:34:46","modified_gmt":"2022-02-21T16:34:46","slug":"boshqaruv-tartibiga-qarshi-jinoyatlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boshqaruv-tartibiga-qarshi-jinoyatlar\/","title":{"rendered":"BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR \u2014 O&#8217;zbekistonda maxsus boshqaruv tartib-qoidalariga rioya qilmaslik, davlat muassasalari yoki jamoat birlashmalarining me&#8217;yoriy ish faoliyatini buzishda yoxud hokimiyat vakillarining me&#8217;yoriy faoliyat tartibiga tajovuz qilishda ifodalangan g&#8217;ayriqonuniy harakatlar. Odil sudlovga qarshi, xo&#8217;jalik faoliyati va jamoat xavfsizligi sohasidagi jinoyatlar ham ma&#8217;lum darajada boshqaruv tartibiga tajovuz qiladi. Boshqaruv tartib qarshi jinoyatlarni shartli ravishda sub&#8217;yektiga qarab, 2 guruhga bo&#8217;lish mumkin: 1) mansabdor shaxslar tomonidan sodir qilinadigan jinoyatlar (O&#8217;zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi, 205-210-moddalar); 2) mansabdor bo&#8217;lmagan har qanday shaxslar tomonidan sodir qilinadigan jinoyatlar (O&#8217;zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi, 211 \u2014 229-moddalar). Faqat 18 yoshga to&#8217;lgan mansabdor shaxsgina 1-guruhga kiruvchi jinoyatlarning sub&#8217;yekti bo&#8217;la oladi va uni ayblash uchun bu jinoyatlar faqat hokimiyat yoki mansab vakolati bilan bog&#8217;liq holda sodir qilingan bo&#8217;lishi shart. Mansabdor bo&#8217;lmagan shaxslar bunday jinoyatlarning bajaruvchisi bo&#8217;la olmaydi, ammo ularda ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin. Masalan, pora olish bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo&#8217;lsa (210-modda, 2-qism, &#171;g&#187; bandi), ularni ayblash uchun guruh a&#8217;zolarining barchasi mansabdor shaxs bo&#8217;lishi, mansab vakolati yuzasidan pora beruvchining manfaatlari uchun muayyan harakatlarni bajara olishi, jinoyatlar mansabdor shaxslarning faqat hokimiyat yoki mansab vakolati bilan bog&#8217;liq holda sodir qilingan bo&#8217;lishi shart. Mansabdor shaxsning o&#8217;z hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste&#8217;mol qilishi, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqishi, mansabga sovuqqonlik bilan qarashi, o&#8217;z xizmat vazifasi yuzasidan bajarishi shart yoki mumkin bo&#8217;lgan harakatlarni qasddan bajarmasligi, g&#8217;arazgo&#8217;ylik yoki boshqa manfaatlarni ko&#8217;zlab, rasmiy hujjatlarga bila turib, soxta ma&#8217;lumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib, soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi, o&#8217;z xizmat mavqeidan foydalangan holda pora olishi kabi harakatlari ham boshqaruv tartibiga putur yetkazadi. Mansabdor shaxsni mazkur jinoyatlarda ayblash uchun uning qilmishlari tufayli fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qo&#8217;riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga jiddiy yoki ko&#8217;p miqdorda zarar yetkazilishi asos bo&#8217;la oladi (O&#8217;zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi, 205\u2014210-moddalar). Pora olish berishda vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga og&#8217;dirish, tovlamachilik bilan haq berishni talab etish, davlat ramzlariga hurmatsizlik qilish, faoliyati taqiqlangan jamoat birlashmalari tuzish, yig&#8217;ilishlar, mitinglar, ko&#8217;cha yurishlari yoki namoyishlar o&#8217;tkazish tartibini buzish, taqiqlangan ish tashlashga rahbarlik qilish yoki favqulodda holat sharoitida korxona, muassasa yoxud tashkilotlar ishiga to&#8217;sqinlik qilish va boshqalar ham (O&#8217;zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi, 211\u00a0229-moddalar) belgilangan boshqaruv tartibini amalga oshirishga zarar yetkazadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOSHQARUV TARTIBIGA QARSHI JINOYATLAR \u2014 O&#8217;zbekistonda maxsus boshqaruv tartib-qoidalariga rioya qilmaslik, davlat muassasalari yoki jamoat birlashmalarining me&#8217;yoriy ish faoliyatini buzishda yoxud hokimiyat vakillarining me&#8217;yoriy faoliyat tartibiga tajovuz qilishda ifodalangan g&#8217;ayriqonuniy &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boshqaruv-tartibiga-qarshi-jinoyatlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18444","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18444","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18444"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18444\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18445,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18444\/revisions\/18445"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18444"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18444"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18444"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}