{"id":18486,"date":"2022-02-23T09:17:48","date_gmt":"2022-02-23T06:17:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18486"},"modified":"2022-02-23T09:17:49","modified_gmt":"2022-02-23T06:17:49","slug":"bolalar-adabiyoti","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bolalar-adabiyoti\/","title":{"rendered":"Bolalar adabiyoti"},"content":{"rendered":"\n<p>BOLALAR ADABIYOTI \u2014 bolalar va o&#8217;smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy qismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan o&#8217;zbek xalqi Bolalar adabiyoti tez aytish, topishmoq, o&#8217;yin qo&#8217;shiqlari, rivoyat, afsona, ertak, makal, masal va doston singari aksariyat qismi bolalarga mo&#8217;ljallab yaratilgan og&#8217;zaki ijod namunalaridan boshlanadi. Bolalar adabiyotini bevosita bolalarga mo&#8217;ljallab yaratilgan va aslida bolalarga mo&#8217;ljallanmagan bo&#8217;lsada, keyinchalik Bolalar adabiyotiga o&#8217;tib qolgan asarlarga ajratish mumkin. Bolalar adabiyotining o&#8217;ziga xos xususiyati \u2014 o&#8217;zgaruvchan hodisa bo&#8217;lib, u kitobxon yoshi, tarixiy davr va ijtimoiy muhit bilan bevosita bog&#8217;liq. Kitobxon yoshini hisobga olish Bolalar adabiyotining eng asosiy xususiyatlaridandir. Masalan, maktabgacha yoshdagi bolalarda bu ko&#8217;rgazmalilik, ezgulik va yovuzlik kuchlarining oddiy ko&#8217;rinishdagi ziddiyatlariga asoslangan bo&#8217;lsa, o&#8217;smirlar uchun yaratilgan adabiyotda murakkab hayotdagi murakkab kishilarning ruhiyati ochila boshlaydi. Bolalar adabiyotining yana bir xususiyati uning harakatga boyligidir. Bundan Bolalar adabiyotida syujetga bo&#8217;lgan talab ham kelib chiqadi. U voqealarning tezkor, qiziqarli, fantaziyaga, yumorga boy ravishda yechilishini talab qiladi. Sharq yozma adabiyotida &#171;Pandnoma&#187;, &#171;Mav&#8217;izatnoma&#187;, &#171;Nasihatnoma&#187;, &#171;Axloq kitoblari&#187; singari nomlar bilan tasnif qilinuvchi asarlar Bolalar adabiyotining dastlabki namunalari hisoblanadi. Masalan, Kaykovusning &#171;Mav&#8217;izatnomai Kaykovus&#187; (&#171;Qobusnoma&#187;), Shayx Savdiyning &#171;Guliston&#187; va &#171;Bo&#8217;ston&#187;, Jomiyning &#171;Bahoriston&#187; asarlari shular jumlasidandir. Bular tarjima vositasida o&#8217;zbek Bolalar adabiyotiga kirib kelgan. Alisher Navoiyning &#171;Hayrat ulabror&#187;, &#171;Manttsh uttayr&#187; va &#171;Mahbub ulqulub&#187; asarlari, Xojaning &#171;Miftoh uladl&#187; va &#171;Gulzor&#187;, Gulxaniyning &#171;Zarbulmasal&#187; asarlari esa o&#8217;zbek Bolalar adabiyotining mumtoz namunalari bo&#8217;lib, pand-nasihat ruhidagi maqolat va hikoyatlari bilan asrlar mobaynida yosh avlodni yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda. Bolalar adabiyotining shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan ma&#8217;rifatparvarlik va maktab maorif tizimi islohotlari bilan chambarchas bog&#8217;liq. O&#8217;zbek Bolalar adabiyotining barqarorlashuvi ham 19-asr 2 yarmi \u2014 20-asr boshlaridagi ma&#8217;rifatparvarlik harakatiga borib taqaladi. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza va boshqa o&#8217;nlab ma&#8217;rifatparvarlarning &#171;Yangi usul&#187; (&#171;Usuli jadidiya&#187;)dagi o&#8217;zbek maktablari talabalari uchun yaratgan ellikka yaqin alifbo va o&#8217;qish kitoblari o\u2019zbek Bolalar adabiyotining tom ma&#8217;nodagi yorqin namunalari hisoblanadi. Bolalar adabiyotiga bolalar uchun maxsus yaratilgan asarlar sifatida qarash, uning o&#8217;ziga xos tamoyillarini belgilash 20-asr boshlariga xosdir. O\u2019zbek Bolalar adabiyoti jahon Bolalar adabiyotining ilgor an&#8217;analari ta&#8217;sirida rivojlandi. Jahon Bolalar adabiyotining nodir namunalari uzbek tiliga tarjima qilindi, &#171;Gulliverning sayohatlari&#187; (J. Svift), &#171;Robinzon Kruzo&#187; (D. Defo), &#171;Tom tog&#8217;aning kulbasi&#187; (Bicherstou), &#171;So&#8217;na&#187; (E. Voynich) kabi jahon adabiyotining nodir asarlari o&#8217;zbek bolalarning ham mulki bo&#8217;lib qoldi. Sharq adabiyoti eng yaxshi namunalarini Arab, fors tilidan tarjima qilish Bolalar adabiyoti tarjimachiligidagi bir yo&#8217;nalish bo&#8217;lsa, G&#8217;arb adabiyoti, xususan rus adabiyoti namunalarini o&#8217;zbekchalashtirish ikkinchi yo&#8217;nalishni tashkil etdi. I. A. Krilov masallari, A. S. Pushkinning &#171;Baliqchi va baliq haqida ertak&#187; asari, K. D. Ushinskiy hamda L.N. Tolstoyning bir qancha hikoya, ertaklari va boshqa ayni shu davrda tarjima qilinib, yangi usuldagi maktablar alifbo va o&#8217;qish kitoblariga kiritildi. Ijodkorlar tarjima vositasida realistik Bolalar adabiyotining o&#8217;ziga xos xususiyatlarini yanada mukammal egalladilar, bolalar uchun yozuvchi adiblar guruhi shakllandi. 20-asrning 20-30-yillarida Hamid Olimjon, G&#8217;afur G&#8217;ulom, G&#8217;ayratiy, Shokir Sulaymon, Ilyos Muslim, Gulom Zafariy, Ayniy, Elbek, Zafar Diyor, Sulton Jo&#8217;ra, Qudrat Hikmat, Quddus Muhammadiy, Shukur Sadulla, Hakim Nazir, Po&#8217;lat Mo&#8217;min va boshqa ijodkorlarning asarlari o\u2019zbek Bolalar adabiyotining rivojlanishida, maxsus adabiyot sifatida shakllanishida muhim ahamiyatga ega bo&#8217;ldi. O\u2019zbek Bolalar adabiyotida ayniqsa, adabiy ertak janri rivojlandi. Hamid Olimjonning Oygul va Baxtiyor, &#171;Semurg&#8217;yoki Parizod va Bunyod&#187;, Mirtemirning &#171;Ajdar&#187;, Shukur Sa&#8217;dullaning &#171;uch ayiq&#187;, &#171;Ayyor chumchuq&#187;, Zafar Diyorning &#171;Yangi ertak&#187;, &#171;Toshxon bilan Moshxon&#187;, &#171;Tulkining hiylasi&#187;, Sulton Jo&#8217;raning &#171;Zangor gilam&#187; va &#171;Qaldirg&#8217;och&#187; singari adabiy ertaklari xalq og&#8217;zaki ijodi an&#8217;analari asosida yaratilgan, shakl va mazmun jihatdan puxta badiiy asarlar sirasiga kiradi. 30-yillarda o\u2019zbek bolalar she&#8217;riyati yuksalib, uning mavzu doirasi kengaydi. 40-60-yillarda o\u2019zbek Bolalar adabiyoti yanada rivojlandi, bolalar yozuvchilarining safi Nosir Fozilov, Xudoyberdi To&#8217;xtaboyev, Tolib Yo&#8217;ldosh, Farhod Musajonov, Latif Mahmudov va boshqa qalamkashlar hisobiga kengaydi. Uyg&#8217;un, Mirtemir, Asqad Muxtor, Sayd Ahmad, Shuhrat, Mirzakalon Ismoiliy, Mirkarim Osim singari kattalar adabiyoti vakillari ham bolalarga atab asarlar yaratdilar. Quddus Muhammadiyning besh kitobdan iborat &#171;Tabiat alifbosi&#187; yosh kitobxonlarni ona tabiatga, hayvonot va o&#8217;simliklar dunyosiga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalovchi, quvnoq kulgi bilan yo&#8217;g&#8217;rilgan, mavzular rang-barangligi va tasvirning mukammalligi bilan e&#8217;tiborga sazovor. 50-60-yillarda G&#8217;afur G&#8217;ulomning &#171;Shum bola&#187;, Oybekning &#171;bolalik&#187;, Abdulla Qahhorning &#171;O&#8217;tmishdan ertaklar&#187;, Nazir Safarovning &#171;Ko&#8217;rgan kechirganlarim&#187; qissalari nasriy Bolalar adabiyoti rivojiga munosib ulush bo&#8217;lib qo&#8217;shildi. Xudoyberdi To&#8217;xtaboyevning &#171;Sehrli qalpoqcha&#187;, &#171;Sariq devni minib&#187;, &#171;Sariq devning o&#8217;limi&#187; asarlari ham sara asarlar qatoridan o&#8217;rin oldi. Bular ko&#8217;pgina xorijiy tillarga tarjima qilindi. Hakim Nazirning &#171;So\u2019nmas chaqmoqlar&#187;, &#171;Yonar daryo&#187;, &#171;Kichkintoy&#187; qissalari, &#171;Lochin qanotlari&#187; romani davrning dolzarb muammolarini qamrab olishi, badiiy tasvirning o&#8217;ziga xosligi bilan e&#8217;tibor qozondi. 80-yillar Bolalar adabiyotida Anvar Obidjon, Safar Barnoyev, Rauf Tolipov, Qambar Utayev, Hamza Imonberdiyev va boshqa ijodkorlarning asarlari yosh avlodni eng yaxshi insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi bilan e&#8217;tiborga sazovor bo&#8217;ldi. Bolalar adabiyotida badiiylik bilan bir qatorda ma&#8217;rifiylik ham yetakchi o&#8217;rin tutadi. Chunki Bolalar adabiyoti namunalari yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashga ham xizmat qiladi. Barcha davrlar Bolalar adabiyotining taraqqiyot tamoyillari, avvalo, ma&#8217;rifiylik va tarbiyaviylikda aks etadi. Biroq Bolalar adabiyoti rivojlanib borgani sari uning sof badiiyat unsurlarini egallashga intilishi va umumadabiyot taraqqiyot tamoyillari bilan hamkorligi ham ko&#8217;zga tashlanadi. Jumladan, 20 asr boshlarida o\u2019zbek Bolalar adabiyotida ko&#8217;proq ma&#8217;rifatparvarlik g&#8217;oyalari yetakchilik qilsa, 30-yillar Bolalar adabiyotida realistik adabiyot tamoyillari ustuvor, 5060- yillar Bolalar adabiyotida sarguzasht fantastik adabiyot elementlari kuchaydi. 80-yillar Bolalar adabiyotida psixologizmning kuchayishi, yosh qahramon talqinida uni yosh bola tarzida emas, hayotga tobora jadal kirib kelayotgan, o&#8217;z qarashlariga ega bo&#8217;lgan shaxs sifatida tasvirlashga intilish ruhi mavjud. O\u2019zbek Bolalar adabiyoti taraqqiyotida 90-yillar yangilanish davri bo&#8217;ldi. Istiqlol sharofati bilan milliy, madaniy, adabiy va diniy qadriyatlarning tiklanishi Bolalar adabiyoti namoyandalari ijodiga ham sezilarli ta&#8217;sir qildi, ularning asarlarida haqiqiy o\u2019zbek qiyofasi tasviri yetakchi o&#8217;rin egallay boshladi. Bolalar adabiyotining o&#8217;ziga xosliklari uning qahramoni tasvirida yanada yorqinroq namoyon bo&#8217;ladi. Masalan, 20-asr boshlari Bolalar adabiyoti namunalari ko&#8217;proq ijodkorning faolligi, qahramon tasviri emas, targ&#8217;ibiy tashviqiy ruh ustuvorligi bilan ajralib tursa, 30-yillar Bolalar adabiyotida ko&#8217;proq xalq og&#8217;zaki ijodiga murojaat qilingan, bu davrda yaratilgan asarlarda ham hali faol qahramon obrazi deyarli yo&#8217;q edi. 50-60-yillar Bolalar adabiyoti namunalari bevosita yosh qahramonlarning asarlar voqealarida hal qiluvchi o&#8217;rin tutish bilan chinakam Bolalar adabiyotiga aylandi. 70-80- yillar Bolalar adabiyoti namunalaridan esa tobora hayotga o&#8217;z nuqtai nazari bilan qaraydigan, balandparvoz, ritorik ta&#8217;riflardan ko&#8217;ra tanqidiy nigohi o&#8217;tkirroq yosh qahramon qiyofasi gavdalana boshladi, shu davrda o\u2019zbek Bolalar adabiyotiga ilk bora bolalarning o&#8217;ziga xos, endigina uyg&#8217;onib kelayotgan pok muhabbati kirib keldi. 90-yillar adabiyotida bu borada yangi qadam tashlandi, o&#8217;zbek bolasi o&#8217;zbekning farzandi ekanligidan faxrlanish, ulug&#8217; ajdodlarga munosib bo&#8217;lish ruhidagi, tom ma&#8217;nodagi vatanparvarlik g&#8217;oyasi ustuvor asarlarni o&#8217;qish baxtiga musharraf bo&#8217;ldi. Ad.: Suyumov A., Kichkintoylar adabiyoti, T., 1962; Jahongirov F., O&#8217;zbek bolalar folklori, T., 1975; Bolalar adabiyoti va zamonaviylik, T., 1981;Safarov O., O&#8217;zbek bolalar poetik folklori, T., 1985; O\u2019zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon, T., 1989; Barakayev R., Jonajonim, she&#8217;riyat, T., 1997. Rahmatilla Barakayev, Kavsar Turdiyeva.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOLALAR ADABIYOTI \u2014 bolalar va o&#8217;smirlar uchun yaratilgan badiiy, ilmiy, ilmiy-ommabop va publitsistik asarlar majmui. Bularning asosiy qismini badiiy asarlar tashkil etadi. Jahon xalqlari, shu jumladan o&#8217;zbek xalqi Bolalar adabiyoti &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bolalar-adabiyoti\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15012,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18486","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18486","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18486"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18486\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18487,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18486\/revisions\/18487"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15012"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18486"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18486"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18486"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}