{"id":18764,"date":"2022-02-24T08:15:47","date_gmt":"2022-02-24T05:15:47","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18764"},"modified":"2022-02-24T08:15:48","modified_gmt":"2022-02-24T05:15:48","slug":"boratlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boratlar\/","title":{"rendered":"BORATLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BORATLAR \u2014 borat kislota tuzlari va efirlari. Tuzilishi, tarkibi va tabiatda uchrashiga ko&#8217;ra Boratlar anorganik, organik va tabiiy Boratlarlarga bo&#8217;linadi. Anorganik boratlar (oksoboratlar), ortoborat (N3VO3), metaborat (NVO2) hamda erkin holda ajratib olinmagan poliborat (N BmO3iTMi) kislotalarining tuzlari. Molekulasidagi bor atomlarining soniga qarab mono, Di, tetra, geksaboratlar va boshqalarga bo&#8217;linadi. Boratlarda bor atomining koordinatsion soni 3 yoki 4 ga teng bo&#8217;lib, molekuladagi bor atomlari kislorod atomi orqali ko&#8217;prikli bog&#8217;lanish hosil qiladi. Ammoniy, ishqoriy va oksidlanish darajasi +1 ga teng bo&#8217;lgan boshqa metallar ko&#8217;pincha gidratlangan yoki suvsiz metaboratlar Mevo2, tetraboratlar Me2vo4, pentaboratlar Mev5o,, shuningdek dekaboratlar Me V o pn2o hosil qiladi. Oksidlanish darajasi +2 ga teng bo&#8217;lgan ishqori yer va boshqa metallar odatda gidratlangan metaboratlar, triboratlar Me2v,op, geksaboratlar Mev6o|0, shuningdek suvsiz meta, orto va tetraboratlar beradi. Oksidlanish darajasi +3 ga teng bo&#8217;lgan metallarga gidratlangan va suvsiz ortoboratlar Mevo3 tavsiflidir. Anorganik Boratlar rangsiz, amorf yoki kristall moddalar. Ularning suyuqlanish temperaturalari 500&#8243; dan 2000&#8243; gacha. Ko&#8217;pchilik anorganik Boratlar eritmalari sovish paytida osonlikcha shisha holatiga o&#8217;tadi. Gidratlangan anorganik Boratlar. ortoborat kislotaga metal oksidlari, gidroksidlar va karbonatlar ta&#8217;sir ettirib olinadi. Suvsizlari esa bor oksidiga metall oksidlari yoki karbonatlarini qo&#8217;shib suyuqlantirish esa qizdirish usuli bilan olinadi. Anorganik Boratlar bor birikmalarini sintez u shishda shisha, emal, sir, pigmentlar komponenti sifatida, olovbardosh qoplamalar, elektrolitlar, lyuminoforlar, bo&#8217;yoq mahsulotlar ishlab chiqarishda, metallarni kavsharlashda va boshqalarda qo&#8217;llaniladi. Organik boratlar \u2014 [ortoboratlar, trialkil (aril) boratlar, trialoksiboratlar], umumiy formulasi (RO)3 V bo&#8217;lgan ortoborat kislota efirlari. Bu yerda R \u2014 alkil, aril, allil va boshqa organik radikallar. Quyi alkilboratlar zangori rangda shu&#8217;lalanuvchi uchuvchan suyuqpiklardir. Suv ta&#8217;sirida ular V(on)3 va ROH gacha gidrolizlanadi. Organik Boratlarning olinish usullari turlicha: 1) ortoborat kislota, bor oksidi, bor xlorid yoki buraga spirtlar, fenollar, diollar ta&#8217;sir ettirish; 2) V2N, va boshqa borli organik birikmalarni alkogoliz qilish; 3) R3Bhm oksidlash; 4) Me|B(OR)4] ni termik parchalash va boshqalar. Organik Boratlar antioksidantlar sifatida, parafinlarni oksidlab spirtlar olishda, organik va bororganik birikmalar sintezida, fungisid, antiseptik sifatida, bo&#8217;yoqlar, motor yonilg&#8217;ilari, surkov moylari, polimerlar olishda qo&#8217;llaniladi. Tabiiy boratlar \u2014boratkislota tuzlaridan hosil bo&#8217;lgan minerallar sinfi. Tabiiy Boratlarning kaliyli, natriyli, kaltsiyli, magniyli va temirli 100 ga yaqin minerali ma&#8217;lum bo&#8217;lib, ular asosan rombik va monoklin singoniyada kristallangan rangeiz yoki oq rangdagi moddalar. Ularning strukturasida 1 dan 6 ta gacha, goho 9 ta bor atomlari kislorod atomlari bilan borkislorod guruhlari hosil qilib ishtirok etadi. Borning koordinatsion soniga qarab bu guruhlar o&#8217;zaro borkislorod uchburchaklari [Vo,]1&#8243; yoki tetraedrlar [VO4]4&#8242; holida birlashib, zanjirsimon, tasmasimon, qatlamli va karkasli strukturalar hosil qilishi mumkin. Tabiiy Boratlarga vulqonlar natijasida yuqori tralarda hosil bo&#8217;lgan lyudvigit, asharit, susseksit va suv havzalarida cho&#8217;kindi sifatida hosil bo&#8217;lgan bura, borasit va boshqalar kiradi. Suvli va suvsiz boratlar mavjud (aksarisi suvlidir). Tarkibida suvi bor tabiiy Boratlarning Moos shkalasi bo&#8217;yicha qattiqligi 2-5, suvsizlariniki 9 gacha, zichligi 1500-3400 kg\/m] bo&#8217;ladi. Tabiiy Boratlarning eng katta koilari vulkanogen \u2014 cho&#8217;kindi jinslarda, endogen yo&#8217;l bilan hosil bo&#8217;lgan konlarning ba&#8217;zi jinslarida uchraydi. Cho&#8217;kindi galogen konlari tuzlar bilan birgalikda hosil bo&#8217;ladi. Tabiiy Boratlar O&#8217;zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Jizzax viloyatlarida uchraydi. Kime sanoatida, bor tuzlari olishda, bo&#8217;yoqtayyorlashda, kulolchilikda, sir, emal, shisha, pigmentlar ishlab chiqarishda qo\u2019llaniladi. Ad.: Issledovaniye sinteticheskix Boratov, Riga, 1983; Leonyuk N. I., Leonyuk L. I., Kristalloximiya bezvodnix Boratov, M., 1983. Rustam Ma&#8217;rupov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BORATLAR \u2014 borat kislota tuzlari va efirlari. Tuzilishi, tarkibi va tabiatda uchrashiga ko&#8217;ra Boratlar anorganik, organik va tabiiy Boratlarlarga bo&#8217;linadi. Anorganik boratlar (oksoboratlar), ortoborat (N3VO3), metaborat (NVO2) hamda erkin holda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boratlar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18764","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18764","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18764"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18764\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18773,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18764\/revisions\/18773"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18764"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18764"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18764"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}