{"id":18970,"date":"2022-02-24T14:38:19","date_gmt":"2022-02-24T11:38:19","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18970"},"modified":"2022-02-24T14:38:20","modified_gmt":"2022-02-24T11:38:20","slug":"botanika","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/botanika\/","title":{"rendered":"BOTANIKA"},"content":{"rendered":"\n<p>BOTANIKA (Yunonch botanikos \u2014 o&#8217;simlikka tegishli, botane \u2014 o&#8217;simlik, o&#8217;t, giyoh) \u2014 o&#8217;simliklar to&#8217;g&#8217;risidagi fanlar majmui. Botanika yer yuzidagi o&#8217;simliklar dunyosini, o&#8217;simliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu jarayondagi o&#8217;zaro aloqalarini, tashqi muhitga nisbatan munosabatlarini ilmiy jihatdan o&#8217;rganadi. Botanika bir-biri bilan o&#8217;zaro bog&#8217;langan o&#8217;simliklar sistematikasi, paleobotanika, geobotanika, morfologiya, anatomiya, tsitologiya, antekologiya, filogeniya, florogenetika, fiziologiya, ekologiya, o\u2019simliklar xom ashyosi, biokimyo, o\u2019simliklar geografiyasi, dendrologiya, palinologiya kabi tarmoqlarga bo&#8217;linadi. Botanika suvo&#8217;tlar, po&#8217;sinlar, qirqbo&#8217;g&#8217;imlar, qirqquloqlar, ochiq urug&#8217;li o&#8217;simliklar, yopiq urug&#8217;li o&#8217;simliklar, zamburug&#8217;lar va lishayniklar deb ataladigan bo&#8217;limlardan iborat. Botanika boshqa biologiya fanlari kabi kuzatish, tarixiy taqqoslash va tajriba usullaridan foydalanadi. Bu usullar kollektsiyalar yig&#8217;ish va tuzishdan, tabiatda va tajriba maydonlarida kuzatish va tajribalar o&#8217;tkazish, olingan ma&#8217;lumotlarni matematik usulda ishlab chiqishdan iborat. Botanika klassik Botanika metodlari bilan bir qatorda zamonaviy kimyo, fizika, kibernetika va boshqa fanlarning ilmiy tadqiqot metodlaridan ham foydalanadi. O&#8217;simliklar to&#8217;g&#8217;risidagi dastlabki ma&#8217;lumotlar qadimgi Sharq xalqlari qo&#8217;lyozmalarida uchraydi. Lekin ilmiy Botanikaga yunonlar asos solishgan. O&#8217;simliklarni tekshirishga bag&#8217;ishlangan eng qadimgi ma&#8217;lumotlar yunon faylasufi Aristotel ishlarida uchraydi. Aristotelning shogirdi Teofrast birinchi bo&#8217;lib o&#8217;simliklarning hayotiy shakllari tasnifini bergan, o&#8217;simliklarni daraxtlar, butalar, yarim butalar va o&#8217;tlarga ajratgan. Teofrast Botanikaning otasi hisoblanadi. O&#8217;rta asrda yashagan vatandoshlarimiz Beruniy va Ibn Sino asarlarida ham shifobaxsh o&#8217;simliklar to&#8217;g&#8217;risida ko&#8217;plab ma&#8217;lumotlar beriladi. Endilikda o&#8217;simliklar qoplamining biosferadagi ahamiyati, biosferaning eng muhim komponenti sifatida ularni muhofaza qilish, o&#8217;simliklar dunyosi genofondini saqlash, o&#8217;simlik boyliklaridan oqilona foydalanish muammolari birinchi o&#8217;ringa chiqdi. O&#8217;zbekistonda. Botanika sohasidagi dastlabki ilmiy tadqiqot ishlari 20-asrning 20-yillarida boshlangan. O&#8217;sha yillari O&#8217;rta Osiyo davlat universiteti, 40-yillar boshida esa O\u2019zbekiston Fanlar Akademiyasi O&#8217;zbekiston o\u2019simliklarini o&#8217;rganish bo&#8217;yicha bir necha ekspeditsiyalar uyushtiradi. Yig&#8217;ilgan o&#8217;simliklar kollektsiyasi O\u2019zbekiston gerbariysini tuzish uchun asos bo&#8217;ldi. Hozir Fanlar Akademiyasi Botanika institutidagi Markaziy gerbariyda 1 milliondan ortiq o\u2019simliklar namunasi va 10000 dan ziyod o&#8217;simlik turlari bor. Bu kollektsiyalar va tabiatda olib borilgan kuzatishlar O\u2019rta Osiyo florasining genezisi va o\u2019simliklar qoplamining rivojlanishi to&#8217;g&#8217;risida yirik nazariy va fundamental ishlarni amalga oshirishda asosiy baza bo&#8217;lib xizmat qildi. Xususan O\u2019zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti tomonidan 1941-62 yillarda 6 jildli &#171;O\u2019zbekiston florasi&#187; asari yaratildi. Unda 4274 o&#8217;simlik turlari, jumladan 390 endemik turlar to&#8217;g&#8217;risida ma&#8217;lumot berilgan. O\u2019zbekiston botaniklari O\u2019rta Osiyo respublikalari olimlari bilan hamkorlikda 8 mingdan ortiq turni o&#8217;z ichiga olgan 10 jildli &#171;O\u2019rta Osiyo o&#8217;simliklari aniqlagichi&#187;ni tuzib chiqishdi. Zamburug&#8217;lar bo&#8217;yicha esa 10 jildli &#171;O&#8217;zbekiston zamburug&#8217;lari&#187; nomli asar yuzaga keldi. O&#8217;zbekistonning qazilma florasi bo&#8217;yicha Botanika instituti olimlari tomonidan bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari olib boriddi. Tadqiqot natijasida 3 jildli &#171;O&#8217;zbekiston paleobotanikasi&#187; paydo bo&#8217;ldi. Cho&#8217;l, yarimcho&#8217;l, tog&#8217;oldi o&#8217;tloqlarining hosildorligini oshirishning fitomeliorativ va agrotexnikaviy metodlari asoslab berildi va amaliy foydalanishga taqdim etildi. O&#8217;zbekiston florasi va o&#8217;simliklar qoplami bo&#8217;yicha ilmiy tadqiqotning natijalari M. G. Popov (1927), E. P. Korovin (196162), I. I. Granitov (196467), Q. Z. Zokirov (1955-61) ishlarida keng yoritiddi. 1965 yilga kelib O&#8217;zbekiston o&#8217;simliklarining yirik masshtabli geobotanik xaritasi tuzildi. Botanika institutida olib borilgan geobotanikaga oid materiallar asosida 4 jilddan iborat &#171;O&#8217;zbekistonning o&#8217;simliklar qoplami va ulardan oqilona foydalanish&#187; asari nashr qilindi. Botanika institutida dorivor va efir moyli yem-xashak hamda oziq-ovqat sifatida ishlatiladigan o&#8217;simliklarni aniqlash va ulardan foydalanish sohasida ham bir qancha ilmiy tadqiqot ishlari bajarildi. J. K. Saidov rahbarligida o\u2019simliklarning cho&#8217;l sharoitiga moslashuv xususiyatlari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. Noyob va yo&#8217;qolib borayotgan turlarni muhofaza qilish sohasida olib borilgan ishlar asosida 1984 yilda 163 o&#8217;simlik turini o&#8217;z ichiga olgan &#171;O&#8217;zbekiston Qizil kitobi&#187; yaratildi. O&#8217;simliklar morfologiyasi, anatomiyasi, ekologiyasi va fiziologiyasi sohasida cho&#8217;l o&#8217;simliklarining qurg&#8217;oqchilikka moslanishining o&#8217;ziga xos morfologik xususiyatlariga oid ko&#8217;p ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi va yirik monografiya hamda to&#8217;plamlar nashr etildi. Suv o&#8217;tlarini o&#8217;rganish ishlari akademik A. M. Muzaffarov rahbarligida olib borildi. Suv o&#8217;tlarini jadal ko\u2019paytirish, ulardan chorvachiliqda va xalq xo&#8217;jaligining boshqa sohalarida foydalanish usullari ishlab chiqildi va O&#8217;rta Osiyo hamda O&#8217;zbekistonning algoflorasiga oid qator asarlar chop etildi. Kelgusida botanika sohasida olib boriladigan ishlar ekologiya, tabiat muhofazasi, o&#8217;simlik xom ashyolaridan oqilona foydalanish, Respublikada uchraydigan zambo&#8217;rug&#8217;, tuban va yuksak o&#8217;simliklar turlarini aniqlash, ular orasidan muhofazaga molik turlarni ajratish, o&#8217;simliklar qoplamining hozirgi holatini aniqpash, eroziyaga uchragan erlarning katta hajmdagi xaritalarini tuzish va o\u2019simliklarning qayta tiklanishi bilan bog&#8217;liq muammolarni ishlab chiqish, o\u2019simliklarning ayniqsa cho&#8217;l sharoitida usishga moslanish qonuniyatlarini, Orol dengizining suvi qurib qolgan joylarda tuzga, issiqlikka va qurg&#8217;oqchilikka chidaydigan o&#8217;simliklarni topib o&#8217;stirish hamda turli darajada ifloslangan oqova suvlarni biologik (botanik) usulda tozalash hamda eng foydali (dorivor, yem-xashak va boshqalar) o&#8217;simliklar biologiyasini o&#8217;rganib, ularni ekma o&#8217;simliklar qatoriga kiritish kabi masalalarga qaratiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOTANIKA (Yunonch botanikos \u2014 o&#8217;simlikka tegishli, botane \u2014 o&#8217;simlik, o&#8217;t, giyoh) \u2014 o&#8217;simliklar to&#8217;g&#8217;risidagi fanlar majmui. Botanika yer yuzidagi o&#8217;simliklar dunyosini, o&#8217;simliklar organizmlarining yashash va rivojlanish qonuniyatlarini hamda ularning bu &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/botanika\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18970","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18970","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18970"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18970\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18977,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18970\/revisions\/18977"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18970"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18970"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18970"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}