{"id":18972,"date":"2022-02-24T14:39:15","date_gmt":"2022-02-24T11:39:15","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=18972"},"modified":"2022-02-24T14:39:17","modified_gmt":"2022-02-24T11:39:17","slug":"botanika-instituti-va-botanika-bogi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/botanika-instituti-va-botanika-bogi\/","title":{"rendered":"BOTANIKA INSTITUTI VA BOTANIKA BOG&#8217;I"},"content":{"rendered":"\n<p>BOTANIKA INSTITUTI VA BOTANIKA BOG&#8217;I, O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti va botanika bog&#8217;i \u2014 Toshkent shahridagi ilmiy muassasa. Unda tabiiy sharoitda o&#8217;sadigan o&#8217;simliklar dunyosi har tomonlama o&#8217;rganilib, muhofaza qilish, qayta tiklash, ulardan oqilona foydalanish, o&#8217;simliklar introduktsiyasi va biotexnologiyasiga oid muammolar ustida tadqiqot ishlari olib boriladi. Botanika instituti 1932 yilda O&#8217;zbekiston fanlari qo&#8217;mitasi qoshidagi o&#8217;simliklar xom ashyosi bo&#8217;limi asosida shakllangan va 1941 yildan Botanika va tuproqshunoslik instituti deb atala boshlagan. 1948 yilda Tuproqshunoslik bo&#8217;limi mustaqil institut bo&#8217;lib ajralib chiqqach, botanikaga oid ishlar Botanika va zoologiya ilmiy tadqiqot institutida olib borildi. 1950 yilga kelib mustaqil Botanika ilmiy tadqiqot instituti tashkil topdi. 1998 yilda institutga botanika bog&#8217;i qo&#8217;shilgach, Botanika instituti va botanika bog&#8217;i deb ataladigan bo&#8217;ldi. Institutda 11 laboratoriya bo&#8217;lib, bular orasida deyarli barcha qit&#8217;alardan yig&#8217;ilgan 1 milliondan ziyod o&#8217;simlik nusxalariga ega bo&#8217;lgan yirik Markaziy gerbariy laboratoriya O&#8217;rta Osiyoda yagona laboratoriya hisoblanadi. Institut bevosita tabiatda ish olib boradigan &#171;Qizilqum cho&#8217;l stantsiyasi&#187;ga, G&#8217;arbiy Tyanshan (Ugam tizmasi)da va Orol dengizi bo&#8217;yida joylashgan tayanch nuqtalarga ega. Institutda o&#8217;simliklar qoplami, ekologiya, tabiatni muhofaza qilish, paleobotanika, o&#8217;simliklar xom ashyosi, anatomiyasi, tsitoembriologiyasi, Orol dengizi atrofidagi qurib qolgan erlarni qayta o&#8217;zlashtirish, chorva mollari uchun emxashak bazasini tashkil etish, ifloslangan suvlarni biologik usulda tozalashga oid muammolar ustida tadqiqot ishlari olib boriladi. O&#8217;rta Osiyo, jumladan O&#8217;zbekistonning tabiiy florasi va o&#8217;simliklar jamoasini o&#8217;rganish ustida olib borilgan fundamental tadqiqotlar natijasida 4274 tur, 1023 turkum va 138 oilani o&#8217;z ichiga olgan va Beruniy mukofotiga sazovor bo&#8217;lgan 6 jildli (rus tilida) &#171;O&#8217;zbekiston florasi&#187;, 125 oilaga mansub 8097 tur va 1152 turkumni o&#8217;zida mujassamlashtirgan 10 jildli &#171;O&#8217;rta Osiyo o&#8217;simliklari aniqlagichi&#187;, 10 jildli &#171;O&#8217;zbekiston zamburug&#8217;lari florasi&#187;, &#171;O&#8217;rta Osiyo suv havzalari suv o&#8217;tlari florasi&#187;, 3 jildli &#171;O&#8217;rta Osiyo ko&#8217;k-yashil suvo&#8217;tlar aniqlagichi&#187;, 2 jildli &#171;Zarafshon florasi va o&#8217;simliklari&#187;, 2 jildli &#171;O&#8217;rta Osiyo va Janubiy Qozog&#8217;iston o&#8217;simliklari&#187;, 4 jildli &#171;O&#8217;zbekiston o&#8217;simliklar qoplami va undan oqilona foydalanish&#187;, 3 jildli &#171;O&#8217;zbekiston paleobotanikasi&#187;, &#171;O&#8217;zbekiston qizil kitobi&#187;, &#171;Cho&#8217;l o&#8217;simliklarining ekologik anatomiyasi&#187; kabi 120 dan ziyod monografiya va to&#8217;plamlar nashr etildi. Intda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari o&#8217;z maktablari bilan dunyoga tanilgan E.P. Korovin, A.M. Muzaffarov, Q.Z. Zokirov, J.K. Saidov kabi olimlar faoliyati bilan bevosita bog&#8217;liq. Institut Germaniya, Angliya, Hindiston, Finlyandiya, Isroil, Xitoy, Vetnam, Turkiya hamda MDH davlatlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib boradi. Institutda botanikaning turli sohalariga bag&#8217;ishlangan xalqaro simpoziumlar o&#8217;tkazib kelinadi, jumladan 1998 yil may oyida &#171;G&#8217;arbiy Janubiy Osiyo va O&#8217;rta Osiyo o&#8217;simliklari hayoti&#187; nomi ostida botaniklarning 5-xalqaro anjumani o&#8217;tkazildi. Institutda 1 akademik, 14 fan Doktori, 50 ga yaqin fan nomzodlaridan iborat 90 dan ziyod ilmiy xodim faoliyat ko&#8217;rsatadi (2001). Institutda o&#8217;simliklar qoplamining kamayib ketish sabablari va cho&#8217;llarning kengayib boorish jarayonlarini o&#8217;rganish, ekologik xaritalar tuzish, o&#8217;simliklarning turli muhitlarga moslanishi va insonlar ta&#8217;sirida ularning kamayib ketishini oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, uning xom ashyolarini saqlab qolish va o&#8217;tloqlar hosildorligini oshirish, Orol muammolari, shuningdek qimmatbaho suvo&#8217;tlar, zamburug&#8217;lar, yuksak o&#8217;simliklardan fiziologik faol moddalar ajratib olish, yo&#8217;qolib borayotgan va kam uchraydigan o&#8217;simliklarni saqlab qolish ustida ilmiy izlanishlar olib boriladi. Botanika bog&#8217;i. Toshkent davlat unti qoshidagi botanika bog&#8217;i asosida tashkil topdi, rasmiylashuvi va qurilishi 1950 yildan boshlandi. 1968 yil 1 yanvardan bog&#8217;ga ilmiy tadqiqot instituti maqomi berildi. Botanika bog&#8217;i Respublika miqyosida o&#8217;simliklarni introduktsiya qilish (ilgari o&#8217;stirilmagan yangi o&#8217;simliklarni o&#8217;stirish, iqlimlashtirish va ulardan xalq xo&#8217;jaligida foydalanish) masalasini o&#8217;rganish va ishlab chiqishda ilmiy markaz hisoblanadi. Bog&#8217;ning 64 gektar maydoni bo&#8217;lib, unda introduktsiya qilingan o&#8217;simliklarning turi va navlari 1997 yil boshida 6 mingga yetdi. Shundan 2500 turi daraxt va buta, qolgani bir, ikki va ko&#8217;p yillik o&#8217;tlardir. Bu o&#8217;simliklar Osiyo va Yevropa mamlakatlari, Kavkaz, Uzoq Sharq o&#8217;lkalaridan, shim. Amerika, Xitoy va O&#8217;rta dengiz bo&#8217;yidagi mamlakatlardan keltirilgan. Tropik mamlakatlardan olingan 800 dan ortiq o&#8217;simlik turlari oranjereyalarda o&#8217;stiriladi. Introduktsiya qilingan o&#8217;simliklar orasida manzarali va mevali daraxtlar, xilma-xil rezavor mevali butalar, shifobaxsh o&#8217;simliklar bor. Ko&#8217;chatlari ko&#8217;kalamzorlashtirish uchun ekiladigan Lola daraxti, Lenkoran akasiyasi, piramidal eman, pushti gulli akasiya, yirik bargli jo&#8217;ka, Xitoy teragi; manzarali ko&#8217;p yillik piyozli o&#8217;simliklardan Lola, Krokus, giasint; ildizpoyali o&#8217;simliklardan gulsafsar, sallagullar, 90 dan ortiq duragay gibiskus \u2014 paxtagul o&#8217;simliklari yetishtirildi. Bog&#8217; har yili 15 mingga yaqin urug&#8217; namunalarini tarqatadi va o&#8217;z navbatida boshqa botanika bog&#8217;laridan ham urug&#8217;olib turadi. U chet mamlakatlardagi 477 bog&#8217; va 200 dan ziyod turli ilmiy tashkilotlar bilan aloqa qiladi. Botanika bogi mavzuli to&#8217;plam va urug&#8217;larning nomi yozilgan indeks risola (broshyura) chiqaradi. Studentlar, maktab o&#8217;quvchilari, tabiatshunoslar va boshqalar uchun bilim laboratoriya bo&#8217;lib xizmat qiladi. Angliyada e&#8217;lon qilingan &#171;Dunyodagi eng yirik botanika bog&#8217;lari&#187; nomli asarda O&#8217;zbekiston botanika bog&#8217;i ham tilga olingan. Akad. F.N. Rusanov rahbarligida bog&#8217;xodimlari tomonidan 14 jildli &#171;O&#8217;zbekiston dendrologiyasi&#187; (ruscha), &#171;O&#8217;simliklar introduktsiyasi&#187; nomli 27 to&#8217;plam va ko&#8217;plab monografiya hamda maqolalar nashr etdi. O&#8217;ktam Pratov, Ozodbek Ashurmetov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BOTANIKA INSTITUTI VA BOTANIKA BOG&#8217;I, O&#8217;zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti va botanika bog&#8217;i \u2014 Toshkent shahridagi ilmiy muassasa. Unda tabiiy sharoitda o&#8217;sadigan o&#8217;simliklar dunyosi har tomonlama o&#8217;rganilib, muhofaza qilish, qayta &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/botanika-instituti-va-botanika-bogi\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-18972","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18972","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=18972"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18972\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18979,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/18972\/revisions\/18979"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=18972"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=18972"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=18972"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}