{"id":19289,"date":"2022-02-26T11:01:52","date_gmt":"2022-02-26T08:01:52","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19289"},"modified":"2022-02-26T11:01:52","modified_gmt":"2022-02-26T08:01:52","slug":"boshliqichlilar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boshliqichlilar\/","title":{"rendered":"BO&#8217;SHLIQICHLILAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BO&#8217;SHLIQICHLILAR, kovakichlilar (Coelenterata) \u2014 tuban tuzilgan suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. Bo&#8217;shliqichlilar eng qadimgi ko&#8217;p hujayralilar, vend davridan ma&#8217;lum. Ko&#8217;pchilik turlari dengizlarda yakka yoki koloniya bo&#8217;lib yashaydi. Dengiz Bo&#8217;shliqichlilarning hayot tsiklida o&#8217;troq yashovchi polip va erkin suzib yuruvchi Meduza davrlari gallanib turadi (metagenez). Ayrim Bo&#8217;shliqichlilar (gidralar, korall poliplar) ning meduza davri bo&#8217;lmaydi, ba&#8217;zi stsifomeduzalar va gidroidlarning polip davri yo&#8217;qolgan. Alohida Bo&#8217;shliqichlilarning tanasi tashqi ektoderma va ichki endodermadan iborat ikkita qavatdan tashkil topgan. Ektoderma va endoderma oralig&#8217;ida hujayrasiz, quyuq modda \u2014 mezogliy bo&#8217;ladi. Bo&#8217;shliqichlilar tanasi hujayralari to&#8217;la ixtisoslashmaganligi uchun to&#8217;qima va organlari rivojlanmagan. Ektodermasidagi hujayralarning asosiy qismi epiteliymuskul, otuvchi va ixtisoslashmagan oraliq hujayralardan iborat. Epiteliymuskul hujayralari qoplash va harakatlanish funktsiyalarini bajaradi. Otuvchi hujayralar o&#8217;ljani falajlab ushlash va himoya vazifasini bajaradi, ularda otiluvchi ipchalarga ega bo&#8217;lgan otuvchi kapsula shakllanadi. Oraliq xujayralar boshqa hamma hujayralarni hosil qiladi. Endodermada epiteliymuskul va oziqni qamrab olib hazm qiluvchi bezli xujayralar bo&#8217;ladi. Tana bo&#8217;shlig&#8217;i qopga o&#8217;xshash bo&#8217;lib, maxsus to&#8217;siq (septa) lar yordamida kameralarga bo&#8217;lingan, meduzalarda murakkab naylar sistemasidan iborat. Tana bo&#8217;shlig&#8217;i og&#8217;iz teshigi orqali tashqariga ochiladi. Og&#8217;iz teshigi paypaslagichlar bilan o&#8217;ralgan. Og&#8217;iz teshigi orqali oziq moddalar tana bo&#8217;shlig&#8217;iga o&#8217;tadi va hazm bo&#8217;lmagan oziq moddalar chiqib ketadi. Oziq tana bo&#8217;shlig&#8217;ida va endoderma hujayralari ichida hazm bo&#8217;ladi. Nerv sistemasi diffuz (tarqoq), tartibsiz joylashgan, o&#8217;simtalari orqali bir-biri bilan tutashib ketadigan nerv hujayralaridan iborat. Meduzalarda bundan tashqari soyaboni chetida ikkita nerv halqasi, sezgi organlari \u2014 yorug&#8217;lik sezuvchi ko&#8217;zchalar, muvozanat organlari (statosistlar) va ropaliyalar (stsifomeduzalar) bo&#8217;ladi. Jinsiy va jinssiz ko&#8217;payadi. Jinssiz kurtaklanish orqali bir qancha turlar koloniya hosil qiladi. Ko&#8217;pchiligi ayrim jinsli. Gidroidlarning jinsiy hujayralari ektodermada; stsifoid va korall poliplarda endodermada hosil bo&#8217;ladi. Ko&#8217;pchilik dengiz Bo&#8217;shliqichlilarda urug&#8217;langan tuxum hujayradan erkin suzib yuradigan planula lichinkasi chiqadi. Planuladan metamorfoz orqali polip, ba&#8217;zan Meduza vujudga keladi. O&#8217;troq yashovchi poliplarda meduzalar polipning kurtaklanishi tufayli hosil bo&#8217;ladi. 4 sinf: Gidrozoylar, stsifomeduzalar, korall poliplar va qirilib bitgan konulyatlar (Conulata) ga bo&#8217;linadi. 9000 dan ortiq turi ma&#8217;lum,barcha dengizlarda, ba&#8217;zi turlari (gidralar va ayrim meduzalar) chuchuk suvlarda uchraydi. Yirtqich yoki plankton bilan oziqlanadi. Ayrim turlari boshqa organizmlar uchun oziq bo&#8217;ladi. Yirtqich turlari oziq uchun baliqlarga konkurentlik qilishi tufayli zararli hisoblanadi. Bo&#8217;shliqichlilar orasida yashil xivchinlilar, turli yashil o&#8217;simliklar bilan simbioz yashovchilari ham bor. Koloniya bo&#8217;lib yashovchi korall poliplar orollar hosil qiladi va ko&#8217;pchilik dengiz hayvonlari uchun pana joy hisoblanadi. Korall poliplar qisman qurilish materiali va zebziynat uchun foydalaniladi. Ochil Mavlonov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BO&#8217;SHLIQICHLILAR, kovakichlilar (Coelenterata) \u2014 tuban tuzilgan suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. Bo&#8217;shliqichlilar eng qadimgi ko&#8217;p hujayralilar, vend davridan ma&#8217;lum. Ko&#8217;pchilik turlari dengizlarda yakka yoki koloniya bo&#8217;lib yashaydi. Dengiz Bo&#8217;shliqichlilarning hayot &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boshliqichlilar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19289","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19289","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19289"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19289\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19291,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19289\/revisions\/19291"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19289"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19289"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19289"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}