{"id":19313,"date":"2022-02-26T12:54:36","date_gmt":"2022-02-26T09:54:36","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19313"},"modified":"2022-02-26T12:54:38","modified_gmt":"2022-02-26T09:54:38","slug":"boka-tumani","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boka-tumani\/","title":{"rendered":"BO&#8217;KA TUMANI"},"content":{"rendered":"\n<p>BO&#8217;KA TUMANI \u2014 Toshkent viloyati tarkibidagi tuman. Viloyatning Janubiy g&#8217;arbiy qismida joylashgan. 1943 yil 18 mayda tashkil etilgan. Shimoli g&#8217;arbda viloyatning Oqqo&#8217;rg&#8217;on, shimoli Sharqda Piskent, Janubda Bekobod tumanlari bilan, g&#8217;arbda Sirdaryo viloyatining Oqoltin va Guliston tumanlari, Sharqda Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,59 ming kilometr kvadrat. Aholisi 111,8 ming kishi (2001). Bo&#8217;ka tumanida 1 shahar (Bo&#8217;ka), 8 qishloq fuqarolari yig&#8217;ini (Bo&#8217;ston, Ko&#8217;korol, Namuna, Ravot, Turon, Chig&#8217;atoy, Qoraqo&#8217;yli, Qo&#8217;shtepa) bor. Markazi \u2014 Bo&#8217;ka shahri. Tabiati. Bo&#8217;ka tumani hududi Janub va Janub g&#8217;arbga tomon Sirdaryoga kiya tushgan tog&#8217;oldi tekisligidan iborat. Iqlimi keskin kontinental, quruq iqlim. Yanvarning o&#8217;rtacha temperaturasi -1&#8243; dan -1,5&#8243; gacha, iyulniki 27\u00b0. Vegetatsiya davri 210-215 kun. Yiliga 250-350 millimetr yog&#8217;in tushadi. Bo&#8217;z tuproqlar bilan qoplangan, lyossli tekislikning ko&#8217;p qismi o\u2019zlashtirilgan. Daryo terrasalarida allyuvial tuproqlar, Sirdaryo sohillarida to&#8217;qayzorlar bor. Ularda chiyabo&#8217;ri, quyon, tustovuq uchraydi. Aholisi, asosan o&#8217;zbeklar; shuningdek rus, tojik, qozoq, qirg\u2019iz, turk va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o&#8217;rtacha zichligi 1 kilometrga 155 kishi. Shaharliklar 20,5 ming kishi, qishloq aholisi 91,3 ming kishi (2001). Xo&#8217;jaligi. Bo&#8217;ka tumani sanoati kam rivojlangan. Paxta tozalash zavodi, maishiy xizmat ko&#8217;rsatish, ta&#8217;mirlash, xalq iste&#8217;moli mollari ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar, avtobazalar, avtobus taksomotor parki bor. Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan &#171;Akkummashservis&#187; korxonasi traktor va avtomobillar uchun akkumulyator batareyalari ishlab chiqaradi. 168 kichik korxona, 15 kooperativ korxona mavjud. Qishloq xo\u2019jalik tuman xo\u2019jaligining yetakchi tarmog&#8217;i bo&#8217;lib, asosan paxtachilik, sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan. Tuman hissasiga Toshkent viloyati qishloq xo\u2019jalik yalpi mahsulotining 8,2%, paxta yalpi hosilining 15,2%, g&#8217;allaning 9,7% to&#8217;g&#8217;ri keladi (1995). Bo&#8217;ka tumanidagi 22 shirkat xo&#8217;jaligining 21 tasi paxtachilikka, bittasi bog&#8217;dorchilik, tokchilikka ixtisoslashgan, 1 ta xo&#8217;jalikaro qishloq xo\u2019jalik korxonasi, 279 fermer xo&#8217;jaligi, 206 shaxsiy kichik korxona bor. Umumiy ekin maydoni (tomorqalar bilan birgalikda) 38,7 ming gektar bo&#8217;lib, asosan sug&#8217;oriladigan yerlardir. Ekin maydonining asosiy qismi paxta, g&#8217;alla, sabzavot, kartoshka, yem xashak ekinlari bilan band. Pilla yetishtiriladi. Baliqchilik bilan shug&#8217;ullaniladi. Chorvachiligi asosan go&#8217;sht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Tumanda 25,8 ming qoramol, shundan 11,8 ming sigir, 19,9 ming qo&#8217;y va echki bor. Bo&#8217;ka tumani Toshkent viloyati va respublika tumanlari bilan avtomobil yo&#8217;llari orqali bog&#8217;langan. 1999\/2000 o&#8217;quv yilida 52 umumiy ta&#8217;lim maktabida 23400 o&#8217;quvchi o&#8217;qidi. Akademik litsey, musiqa maktabi, Agrokollej, 50 maktabgacha yoshdagi bolalar muassasasi, 48 kutubxona, muzey, madaniyat saroyi, kinoteatr mavjud. Markaziy kasalxona (370 o&#8217;rinli), 3 qishloq kasalxonasi, feldsherakusherlik punktlarida 160 vrach, 975 o&#8217;rta tibbiy xodim faoliyat ko&#8217;rsatadi. &#171;Xalq ovozi&#187; tuman gazetasi (1952 yildan) nashr etiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BO&#8217;KA TUMANI \u2014 Toshkent viloyati tarkibidagi tuman. Viloyatning Janubiy g&#8217;arbiy qismida joylashgan. 1943 yil 18 mayda tashkil etilgan. Shimoli g&#8217;arbda viloyatning Oqqo&#8217;rg&#8217;on, shimoli Sharqda Piskent, Janubda Bekobod tumanlari bilan, g&#8217;arbda &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/boka-tumani\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19313","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19313","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19313"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19313\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19315,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19313\/revisions\/19315"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19313"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19313"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19313"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}