{"id":19358,"date":"2022-02-26T14:51:55","date_gmt":"2022-02-26T11:51:55","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19358"},"modified":"2022-02-26T14:51:57","modified_gmt":"2022-02-26T11:51:57","slug":"bori-qashqir","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bori-qashqir\/","title":{"rendered":"BO&#8217;RI, QASHQIR"},"content":{"rendered":"\n<p>BO&#8217;RI, QASHQIR (Canis lupus) \u2014 itsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Yevropa, Osiyo va shimoliy Amerikada tarqalgan. O&#8217;zbekistonning cho&#8217;l, dashtlari, o&#8217;rmon, to&#8217;qay, tog&#8217;va tog&#8217; etaklarida tarqalgan; qor va muz bilan qoplangan baland tog&#8217;lar va tundrada ham yashaydi. Bo&#8217;ri qoyalar orasiga, to&#8217;qaylik va jarliklarga, quruq qamishzorlarga in quradi. Tulki inlaridan ham foydalanadi. Bo&#8217;ri inida bolalaydi va bolalarini parvarish qiladi. Chorvachilik rayonlarida podalardan uzoqqa ketmaydi. Bo&#8217;ri yanvar oyidan boshlab urchiydi. Urchish vaqtida erkaklari urg&#8217;ochisini talashib qattiq urishadi. Bo&#8217;ri monogam hayvon. Jufti uzoq muddat saqlanib qoladi. Homiladorlik davri 62\u2014 65 kun. Yosh bo&#8217;ri 3-5 ta, Qarisi 6-8 ta, ba&#8217;zan 10-13 ta bola tug&#8217;adi. Bolasini 5-6 hafta emizadi. Bolasi 3 haftaligida inidan chiqa boshlaydi. Urg&#8217;ochisi emizikli davrida erkagi ovqat olib kelib turadi. Bolalari go&#8217;sht bilan oziqlanishga o&#8217;tgandan so&#8217;ng ona bo&#8217;ri ham o&#8217;lja tutib kela boshlaydi. Avgust oxiridan boshlab yosh bo&#8217;rilar har xil mayda kemiruvchilarni tutib yeya boshlaydi. Sentabrda kattalari bilan birgalashib, uy hayvonlarini va yovvoyi hayvonlarni ov qilishga o&#8217;rganadi. Noyabrga qadar 10-15 ta bo\u2019ri gala bo&#8217;lib yuradi. O&#8217;lja topish qiyin bo&#8217;lib qolganda bitta yoki ikkitadan bo&#8217;lib, tarqalib ketadi. Erkagi 2 yoshida, urg&#8217;ochisi 2-3 yoshida voyaga yetadi. Bo&#8217;ri 15-16 yil yashaydi. Yilda ikki marta \u2014 bahor va kuzda tullaydi. Bo&#8217;ri kuchli, chidamli va chaqqon, hid bilish va eshitish organlari yaxshi rivojlangan hayvon. Go&#8217;sht bilan oziqlanadi, ba&#8217;zan olma, qovun, tarvuz kabi mevalarni ham yeydi. Asosan, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, quyon, yumronqoziq kabi kemiruvchilar, qushlar, hatto o&#8217;limtiklar bilan oziqlanadi. Bo&#8217;ri juda ochko&#8217;z va xo&#8217;ra, ikkitasi bitta qo&#8217;yni yeb qo&#8217;yishi mumkin. Podaga hujum qilganda ko&#8217;p qo&#8217;yni nobud qiladi. Bir nechta Bo&#8217;ri birgalikda yoki tuda bo&#8217;lib ov qiladi. Quturgan va ochiqqan bo&#8217;rilar odamga ham hujum qilishi mumkin. Bo&#8217;rining 12 ta kenja turi bor. O&#8217;rta Osiyoning cho&#8217;l, dasht va past tog&#8217;larida cho&#8217;l bo&#8217;risi (S. 1. campestris), Pomir tog&#8217;larida Tibet bo&#8217;risi (S. 1. laniger) kenja turlari yashaydi. Ba&#8217;zan qora Bo&#8217;ri ham uchraydi, uning terisi qimmatbaho hisoblanadi. O&#8217;zbekistonda cho&#8217;l bo&#8217;risi tarqalgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BO&#8217;RI, QASHQIR (Canis lupus) \u2014 itsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon. Yevropa, Osiyo va shimoliy Amerikada tarqalgan. O&#8217;zbekistonning cho&#8217;l, dashtlari, o&#8217;rmon, to&#8217;qay, tog&#8217;va tog&#8217; etaklarida tarqalgan; qor va muz &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bori-qashqir\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19358","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19358","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19358"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19358\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19363,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19358\/revisions\/19363"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19358"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19358"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19358"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}