{"id":19379,"date":"2022-02-26T15:25:48","date_gmt":"2022-02-26T12:25:48","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19379"},"modified":"2022-02-26T15:25:49","modified_gmt":"2022-02-26T12:25:49","slug":"bosh-vaqt","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bosh-vaqt\/","title":{"rendered":"BO&#8217;SH VAQT"},"content":{"rendered":"\n<p>BO&#8217;SH VAQT \u2014 kishining majburiy ijtimoiy mehnati va boshqa majburiy mashg&#8217;ulotlardan tashqari vaqtining bir qismi; o&#8217;z xohishiga ko&#8217;ra ma&#8217;naviy va jismoniy rivojlanish, dam olish uchun sarflanadigan vaqt. Ijtimoiy hayotda kishilarning umumiy vaqtini 2 qismga \u2014 ish vaqti va ishdan tashqari vaqtga bo&#8217;lish mumkin. Ishdan tashqari vaqt asosan uy ishlariga, o&#8217;ziga qarash, uxlash va ovqatlanish uchun sarflanadigan vaqg hamda Bo&#8217;sh vaqtga bo&#8217;linadi. Bo&#8217;sh vaqt shaxsning har tomonlama kamoloti, qobiliyatlarini rivojlantirishi, bilim darajasini oshirishi, dam olishi va shu kabilar uchun kerak bo&#8217;ladigan ishdan tashqari vaqtdir. Bo&#8217;sh vaqt shaxsning erkin faoliyati va kamoloti uchun zarur bo&#8217;lgan haqiqiy boyligi hisoblanadi. Bo&#8217;sh vaqt jamiyat ma&#8217;naviy kuchining, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning zarur sharti. U individual xarakterga ega bo&#8217;lib qolmay, ijtimoiy zaruriy vaqg hamdir. Chunki ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, mehnat unumdorligini oshirish, ilmiy texnika ravnaqi uchun Bo&#8217;sh vaqt juda zarur. O&#8217;z navbatida ular Bo&#8217;sh vaqt me&#8217;yori va mazmuniga ta&#8217;sir qiladi. Jamiyatning tarixiy taraqqiyoti davomida Bo&#8217;sh vaqtning miqdori va ahamiyati tobora ortib boradi. Bu, birinchidan, mehnat unumdorligining ortishi, ilmiy-texnika ravnaqi va jamiyatning barcha a&#8217;zolari o&#8217;rtasida mehnatning teng taqsimlanishi hisobiga bo&#8217;lsa, ikkinchidan, ishga borib kelishdagi ortiqcha harakatlarni, uy mehnatiga ketadigan vaqtni qisqartiritsh hisobiga yuz beradi. Ijodiy mehnat qilish, o&#8217;z malakasini, ma&#8217;lumoti va ilmiy-madaniy saviyasini oshirish, ijtimoiy-siyosiy faoliyatini kengaytirish, san&#8217;at va sport bilan shug&#8217;ullanish va boshqalar Bo&#8217;sh vaqtning mazmundor o&#8217;tishini ta&#8217;minlaydi. Masalan, jahondagi rivojlangan mamlakatlarda, shuningdek O&#8217;zbekistonda ham 2 kunlik dam olish va 5 kunlik ish haftasiga o&#8217;tish Bo&#8217;sh vaqtni ko&#8217;paytirish yo&#8217;lidagi tadbirlardandir. Bo&#8217;sh vaqt miqdorini ko&#8217;paytirish va undan unumli foydalanish uchun etarli sharoit yaratish zarur. Bunga mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va ilg&#8217;or texnologiyani joriy etish orqali mehnat samaradorligini oshirish va vaqtni tejash, ommaning umumiy madaniy saviyasini oshirish va boshqalar orqali erishiladi. Bo&#8217;sh vaqtdan samarali foydalanish turmushning mazmundor bo&#8217;lishiga yordam beradi. Sodir Salimov.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BO&#8217;SH VAQT \u2014 kishining majburiy ijtimoiy mehnati va boshqa majburiy mashg&#8217;ulotlardan tashqari vaqtining bir qismi; o&#8217;z xohishiga ko&#8217;ra ma&#8217;naviy va jismoniy rivojlanish, dam olish uchun sarflanadigan vaqt. Ijtimoiy hayotda kishilarning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/bosh-vaqt\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19379","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19379","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19379"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19379\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19383,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19379\/revisions\/19383"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19379"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19379"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19379"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}