{"id":19595,"date":"2022-03-01T15:56:20","date_gmt":"2022-03-01T12:56:20","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19595"},"modified":"2022-03-01T15:56:22","modified_gmt":"2022-03-01T12:56:22","slug":"brom","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/brom\/","title":{"rendered":"BROM"},"content":{"rendered":"\n<p>BROM (lotincha Bromum, Yunoncha bromos), Br \u2014 Mendeleev davriy sistemasining VII guruhi kimyoviy elementi, galogenlardan biri; tartib raqami 35, atom molekulasi 79,904; odatdagi sharoitda yoqimsiz hidli, qizg&#8217;ish-qo&#8217;ng&#8217;ir suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi \u2014 7,25\u00b0, qaynash temperaturasi 59,2\u00b0. Frantsuz kimyogari A. J. Balar 1826 yilda O&#8217;rta dengiz tuz konlarining sho&#8217;r suvini o&#8217;rganayotganda Bromni kashf etgan. Tabiiy Brom ikkita barqaror izotop: 79vg (50,54%) va 81vg (49,46%) dan iborat. Bromning sun&#8217;iy yo&#8217;l bilan olingan radioaktiv izotoplaridan 80Vg diqqatga sazovor. I. V. Kurchatov shu izotop misolida yadro izomeriyasi hodisasini kashf etgan. Yer po&#8217;stidagi miqdori (og&#8217;irligi bo&#8217;yicha 1,610&#8243;%) 10151016 temperatura atrofida bo&#8217;lib, doimo xlor bilan birga uchraydi. Bromli tuzlar (NaBr, KBr, MgBr2) xlorid tuzlarida (osh tuzida Vg miqdori 0,03% gacha, kaliyli tuzlar silvin va karnallitda 0,3% gacha), dengiz suvida (0,065%), sho&#8217;r ko&#8217;llarda (0,2% gacha) bo&#8217;ladi. Suyuq Bromning zichligi 3,10 g\/sm3 (20\u00b0). Suvda oz (100 gramm suvda 3,58 gramm), organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Brom qattiq, suyuq va gaz holatda 2 atomli molekuladan iborat molekula holida bo&#8217;ladi. 800\u00b0 atrofida atomlarga dissotsiasiyalana boshlaydi. Dissotsiasiya yorug&#8217;lik ta&#8217;sirida ham kuzatiladi. Kimyoviy jihatdan Brom faol bo&#8217;lib, reaktsiyaga kirishish faolligi jihatidan xlor bilan yod o&#8217;rtasida turadi. Oltingugurt, selen, tellur, fosfor, margimush va surmalar bilan birikkanda ko&#8217;p issiqlik ajraladi, goho alanga hosil bo&#8217;ladi. Brom kaliy va alyuminiy bilan tez birikadi. Kislorod, azot va uglerod bilan reaktsiyaga kirishmaydi. Brom kuchli oksidlovchi. Brom suvda eriganda bromid kislota (NVg) va beqaror bo&#8217;lgan gipobromit kislota (Nvgo) hosil bo&#8217;ladi. Bromning suvdagi eritmasi brom suvi deb ataladi. Brom dengiz suvlari, ko&#8217;lmak va yer osti sho&#8217;r suvlaridan hamda kaliy sanoati chiqindilaridan olinadi. 1 m3 havoda 1 mgb.bo&#8217;lsa, kishi yo&#8217;talib, burni qonaydi, boshi og&#8217;riydi va boshqa kasalliklarga duchor bo&#8217;ladi. Kontsentratsiya yuqori bo&#8217;lsa, kishi bo&#8217;g&#8217;ilib qoladi, bronxlari yallig&#8217;lanadi, ba&#8217;zan o&#8217;limga olib boradi. Brom bromli tuzlar olishda benzinning detonatsion pishiqligini oshirishda ishlatiluvchi etil bromid hamda dibrometan sintezida qo&#8217;llaniladi. Brom birikmalari fotografiyada, bo&#8217;yoqlar sanoatida, insektisidlar olishda, o&#8217;t o&#8217;chirishda, tibbiyotda hamda kimyoviy analizlarda ishlatiladi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BROM (lotincha Bromum, Yunoncha bromos), Br \u2014 Mendeleev davriy sistemasining VII guruhi kimyoviy elementi, galogenlardan biri; tartib raqami 35, atom molekulasi 79,904; odatdagi sharoitda yoqimsiz hidli, qizg&#8217;ish-qo&#8217;ng&#8217;ir suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/brom\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19595","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19595","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19595"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19595\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19608,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19595\/revisions\/19608"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19595"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19595"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19595"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}