{"id":19752,"date":"2022-03-02T16:59:46","date_gmt":"2022-03-02T13:59:46","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19752"},"modified":"2022-03-02T16:59:47","modified_gmt":"2022-03-02T13:59:47","slug":"buvayhiylar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buvayhiylar\/","title":{"rendered":"BUVAYHIYLAR"},"content":{"rendered":"\n<p>BUVAYHIYLAR \u2014 G&#8217;arbiy Eron va Iroqda hukmronlik qilgan sulola (932-1055). Asoschilari \u2014 aka-uka Ahmad, Hasan va Ali. Ularning otasi Buvayh (sulola nomi shuning ismidan olingan) Eron podshohi Bahrom go&#8217;r naslidan bo&#8217;lib, Daylam (Gilon viloyatining tog&#8217;li qismi) dagi jangari qavmlar sardori edi. Shu boisdan mazkur sulola vakillari &#171;Daylamiylar&#187; deb ham atalgan. Buvayh 930 yil Somoniylardan ajrab chiqib, ziyoriylarta qo&#8217;shilgan. Ziyoriylar hukmdori Mardovij (928\u2014 935) Buvayhning o&#8217;g&#8217;illaridan Alini Karaj shimolga voliy, Ahmad va Hasanni esa yirik harbiy qismlarga boshliq qilib tayinlagan. So&#8217;ng, Buvayhiylar 932-945 yillarda Arrajon, Nubinjon, Isfahon, Hamadon, Ray, Kirmon, Ahvoz, Sheroz shaharlarini bosib olganlar. Shunda Bag&#8217;dod xalifasi Almustakfiy billoh (Abdulloh) (944\u2014 946) aka-uka Buvayhiylarni o&#8217;zlari istilo qilgan viloyatlarga noib etib tayinlashga majbur bo&#8217;lib, Aliga &#171;Imoduddavla&#187; (&#171;Davlat tayanchi&#187;), Hasanga &#171;Ruknuddavla&#187; (&#171;Davlat ustuni&#187;) va Ahmadga &#171;Muizzuddavla&#187; (&#171;Davlat qudrati&#187;) degan faxriy unvon bergan. Keyin, Buvayhiylar 945 yil Bag&#8217;dodni ham bosib olib, abbosiylar xalifaligining siyosiy mavjudligiga chek qo&#8217;yganlarda, amalda davlatni o&#8217;zlari boshqara boshlaganlar. 10-asrning 2-yarmida Buvayhiylar qadimgi Eron hukmdorlarining &#171;Shahanshoh&#187; degan unvonini qabul qilganlar. Buvayhiylarning eng mashhur vakili\u2014Adududdavla (949\u2014 983) mamlakatdagi barcha uluslarni birlashtirishga muvaffaq bo&#8217;lgan. Uning davrida sug&#8217;orish tarmoklari kengaytirilgan, Sheroz, Bag&#8217;dod va boshqa shaharlarda katta qurilish ishlari olib borilgan, iqto yerlari ko&#8217;paytirilgan, ilm-fan va san&#8217;at birmuncha taraqqiy etgan. Adududdavla vafotidan so&#8217;ng mamlakatda boshlangan taxt uchun kurash oqibatida Buvayhiylar zaiflashib qolib, mamlakat erlarining Sharqiy qismi Mahmud G&#8217;aznaviy tomonidan ishg&#8217;ol etilgan (1029). Saljuqiylarning 1055 yil qilgan bosqini esa Buvayhiylar sulolasi hukmronligini butunlay tugatgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BUVAYHIYLAR \u2014 G&#8217;arbiy Eron va Iroqda hukmronlik qilgan sulola (932-1055). Asoschilari \u2014 aka-uka Ahmad, Hasan va Ali. Ularning otasi Buvayh (sulola nomi shuning ismidan olingan) Eron podshohi Bahrom go&#8217;r naslidan &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buvayhiylar\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19752","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19752","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19752"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19752\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19756,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19752\/revisions\/19756"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19752"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19752"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19752"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}