{"id":19816,"date":"2022-03-03T13:49:59","date_gmt":"2022-03-03T10:49:59","guid":{"rendered":"https:\/\/milliycha.uz\/?p=19816"},"modified":"2022-03-03T13:50:00","modified_gmt":"2022-03-03T10:50:00","slug":"buyrak","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buyrak\/","title":{"rendered":"BUYRAK"},"content":{"rendered":"\n<p>BUYRAK \u2014 odam va umurtqali hayvonlarda siydik hosil qiluvchi va uni ajratuvchi juft a&#8217;zo; loviya shaklida, qorin bo&#8217;shlig&#8217;ining orqa tomonida, umurtqa pog&#8217;onasi bel qismining ikki yonida joylashgan, qorin parda Buyraklarning old yuzasini qoplab turadi. Old va orqa yuzalari yassilangan, har bir Buyrakning bo&#8217;yi 10-12 santimetr, eni 6 santimetr, yo&#8217;g&#8217;onligi 3-4 santimetr, og&#8217;irligi o&#8217;rtacha 140-150 gramm. O&#8217;ng Buyrak tepasida jigar borligi tufayli, chap Buyrakka nisbatan bir oz pastroqsa yotadi. Buyrakning yuqori uchi umurtqaga yaqin, pastki uchi esa umurtqadan uzoqroq bo&#8217;ladi. Buyrakning umurtqaga qaragan ichki tomoni o&#8217;rtasida botik joy bo&#8217;lib, u Buyrak darvozasi deyiladi. Buyrakning botiq yuzasiga buyrak jomi taqalib turadi. Buyrak darvozasidan Buyrak arteriyasi va nervlar kirib, vena, limfa tomirlari va siydik yo&#8217;li chiqadi. Bularning hammasi birgalikda Buyrak oyoqchasi deb ataladi. Buyrak ichida buyrak usti bezlari bor. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo&#8217;ladigan chiqindi va zararli moddalar organizmdan Buyrak orqali chiqib ketadi. Shu bilan birga Buyrak organism uchun zarur miqdordagi suv va mineral tuzlarni saqlab, tashqariga chiqarmay qo&#8217;yadi, organizmning ichki muhitini ta&#8217;minlaydi. Buyrak siydik bilan birgalikda siydikchil (mochevina), siydik kislota, tuzlar va suvni chiqarib turadi. Buyrakda biologik faol moddalar (renin, prostoglandin va boshqalar) hosil bo&#8217;lib, ular qon tarkibi, qon ivishi va qon bosimini maromga solib turadi. Buyrakni fibroz parda, yog\u2019 kapsulasi va biriktiruvchi to&#8217;qimadan iborat fassiyalar o&#8217;rab, ushlab turadi. Buyrak po&#8217;stloq va mag&#8217;iz qismdan iborat. Po&#8217;stloq qismining qalinligi 4-13 millimetr keladi. Bu qism ostida mag&#8217;iz kismi joylashgan; u 12-15 ta konussimon Buyrak piramidalaridan iborat. Yondosh piramidalar orasiga po&#8217;stloq qism suqilib kirgan bo&#8217;lib, Buyrak ustunchalarini hosil qiladi. Piramidalar o&#8217;rtacha 1 million mayda kanalcha (nefron)lardan iborat, shu nefronlarda siydik hosil bo&#8217;ladi, bunda suyuqlik qondan sizib o&#8217;tadi (filtrlanadi), qayta so&#8217;riladi va sekresiya ro&#8217;y beradi. Har bir nefron Buyrak tanachalari bilan siydik kanalchalaridan iborat. Siydik Buyrak tanachalarida filtratsiya yo&#8217;li bilan paydo bo&#8217;ladi. Buyrak tanachasi qo&#8217;sh devorli kapsula (Shumlyanskiy\u2014Boumen kapsulasi) bo&#8217;lib, devorlari orasida yoriqsimon bo&#8217;shliq bor; siydik chiquvchi naycha (kanalcha) shu bo&#8217;shliqdan boshlanadi. Kapsulada mayda qon tomirlar koptokchasi (kalavasi) bor. Siydik kanalchalarida birlamchi siydik qayta so&#8217;riladi, kontsentratsiyasi oshadi va shakllangan siydikka aylanadi. Siydik kanalchalari qo&#8217;shilib, yirikroq yig&#8217;uvchi kanalchalar hosil qiladi. Siydik kanalchalardan Buyrakning avval kichik, keyin katta kosachalariga va nihoyat Buyrak jomiga o&#8217;tadi, undan siydik yo&#8217;li orqali qovuqqa quyiladi. Buyrakdan o&#8217;rtacha 1,5 l siydik ajralishi uchun organizmdagi qon Buyrakdan bir kecha-kunduzda o&#8217;rtacha 360 marta o&#8217;tib, yetarlicha tozalanib turadi. Buning uchun Buyrakka keladigan qon miqdori va bosimi doimo yetarli bo&#8217;lishi kerak. Agar qon bosimi pasayib Buyrakka qon kam kelsa, u renin modda ajratib qon bosimini oshiradi. Bu holat surunkali qaytarilsa, qon tomirlar devorining sikilishi tufayli qon bosimi ko&#8217;tarilib, Buyrak bosimi paydo bo&#8217;ladi. Buyrak rivojlanishida nefron naychasining uchi berk bo&#8217;lsa, buyrak istisqosi kuzatiladi. Buyrak kasalliklarini nefrologiya o&#8217;rganadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>BUYRAK \u2014 odam va umurtqali hayvonlarda siydik hosil qiluvchi va uni ajratuvchi juft a&#8217;zo; loviya shaklida, qorin bo&#8217;shlig&#8217;ining orqa tomonida, umurtqa pog&#8217;onasi bel qismining ikki yonida joylashgan, qorin parda Buyraklarning &hellip; <a href=\"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/buyrak\/\" class=\"more-link\">Read More<\/a><\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":16402,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[114],"tags":[],"class_list":["post-19816","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-b-harfi","entry"],"translation":{"provider":"WPGlobus","version":"3.0.2","language":"ru","enabled_languages":["uz","kr","ru"],"languages":{"uz":{"title":true,"content":true,"excerpt":false},"kr":{"title":false,"content":false,"excerpt":false},"ru":{"title":false,"content":false,"excerpt":false}}},"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19816","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=19816"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19816\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19821,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/19816\/revisions\/19821"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media\/16402"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=19816"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=19816"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/milliycha.uz\/ru\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=19816"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}